TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
107
Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual Basic .NET 2002
yilda paydo bo`ldi.
Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi
mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida
paydo bo'ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan
platformaga (Operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda
ishlovchi yangi avlod aqlli
qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun
hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz
kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga
almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar
qilishdi.
Java Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming)
tili va u
C++ ga ancha o'xshash.Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib
tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.
Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt
kod(bytecode) ga o'tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o'qib yurgizdiriladi.
C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun mo`ljallangan dasturlash tili.
1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini
kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida
ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes“ deb atalgan, 1983-yili
hozirgi nom bilan
yaʼni C++ deb o`zgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi,
ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador
qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM o`yinlarini, kundalik ehtiyojda qo`llaniladigan
dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni
ishlab chiqarishda
qo`llaniladi.
Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
108