TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
116
Misollar,
oracle ning
isqlplus muhitida sinab boriladi va natijalar chiqariladi. Isqlplus
dan boshqa muhitlarda ham bu komandalar ishlaydi, lekin ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi
mumkin(sqlplus, mysql). Komandalarni, o‘rganishga qulay va soddadan qiyinga
ko‘tarilib borish tartibida ko‘rsatib boraman. Iloji boricha to‘liq ma’lumot berishga
xarakat qilamiz.
Bu darsda quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
Bu jadval “
misol”
deb nomlanib, 4 ta ustun va 6 ta qatordan iborat. Yuqoridagi qatorda
faqat qator nomlari aks ettirilgan, ular ma’lumot vazifasini bajarmaydi. 5 ta qatordan
iborat ma’lumot, bizning jadvalimizda joylashgan va biz bu ma’lumotlarni sql so‘rov tili
orqali har xil ko‘rinishda chiqarib olishimiz mumkin. Albatta haqiqiy ma’lumotlar
bazasida bunday kam ma’lumotlar saqlanmaydi, biz misollarni shu kichik ma’lumotlarda
bajaramiz.
Demak birinchi komanda bu –
SELECT.
1
select *
from misol;
Bu so‘rovning ma’nosi, “
misol” jadvalidagi barcha ma’lumotlarni chiqar deganidir. “*”
barcha ustunlardagi ma’lumotlarni degani. “
select” – esa ekranga chiqar degani. Natijani
ko‘ramiz:
Agar bizga barcha ustun ma’lumotlar emas, faqatgina ba’zi birlari kerak bo‘lsa, kerakli
ustun nomlarini vergul orqali nomma nom yozamiz.
1
select name, surname, year from misol;
Natija:
Ma’lumotlar bazasidan, ma’lumotlarni chiqarishda mantiqiy amallar orqali( + , — , * ,/
,() ), ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritib, ekranga chiqarishimiz mumkin bo‘ladi.
1
select name, year+15, num*10 from misol;
Natijani ko‘rsangiz, so‘rov tili orqali, ma’lumotlarni o‘zgartirganimizni ko‘rishingiz
mumkin bo‘ladi.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
117
yoki bo‘lmasa quyidagicha
1
select year+10*num,
name from misol;
Agar bazadagi ustun nomlari sizga yoqmasa, siz ularni o‘zingiz hohlaganday nom bilan
ekranga chiqarishingiz mumkin bo‘ladi, bunda ma’lumotlar bazasidagi ustun nomlari
o‘zgarmaydi, faqat ekranda o‘zgargan ko‘rinishi chiqadi. Bunda bizga “
as” kalit so‘zi
yordam beradi.
1
select name as ism,
surname as familiya from misol;
Agar nomlarni qo‘shtirnoq ichiga olsangiz, qo‘shtirnoqdagi katta kichik harflar farqli
bo‘lib qoladi.
1
select name as “IsM”, surname as “FamiliyA” from misol;
Agar 2 ta ustun natijalarini birlashtirib, ekranga chiqarmoqchi bo‘lsangiz “||” belgisidan
foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
1
select year||num, name from misol;
yoki
1
select year||’OK’||num, name from misol;
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
118
Agar chiqarayotgan natijaning davomiga qandaydir belgilar(qo‘shtirnoq, vergul, nuqta)
chiqarmoqchi bo‘lsangiz, maxsus “q” va qo‘shtirnoq belgilari
orasiga kerakli belgilarni
yozishingiz mumkin bo‘ladi.
1
select name||q'[ , so? it’s ]' from misol;
SQL so‘rov komandasi: where haqida
Bu dars davomida sql so‘rov tilining asosiy shart qo‘yish operatori(
where) haqida
yozmoqchiman. Bu operatorni o‘rganishda bizga “
test” nomli quyidagi jadval kerak
bo‘ladi.
Shu jadvalga so‘rovlar berish orqali “
where” operatorini o‘rganamiz.
“Where” operatori so‘rovni 2 ga bo‘lib beruvchi hisoblanadi. Undan so‘ng so‘rovga
qo‘yiladigan shartlar yoziladi. Uning umumiy ko‘rinishi: