TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
119
>= — kichik yoki tenglikni anglatuvchi belgi
< — katta belgisi
<= — katta yoki teng belgisi
<> — teng emasni anglatuvchi belgi.
YUqoridagi belgilarga misol ko‘ramiz. “test” jadvalidagi, yoshi 20 dan kichik bo‘lgan,
insonlarning familiyasini chiqaruvchi so‘rov quyidagicha bo‘ladi.
1
select familiya from test where yosh<20;
Yoki bo‘lmasa, ismi “
David” bo‘lmagan insonlar haqida ma’lumotni ekranga chiqarish
so‘rovi.
1
select * from test where ism<>'David';
Agar biz biror aniq qiymatni bilmasak, u holda qandaydir oraliq orqali bizga kerak
qiymatni topib olishimiz mumkin bo‘ladi. So‘rovda biror oraliqni ishlatish uchun
“
between” va “
and” operatorlaridan foydalanamiz. Misol, yoshi 20 dan 25 gacha bo‘lgan
insonlarning maoshini chiqaruvchi so‘rov tuzish kerak.
1
select maosh from test where yosh between 20 and 25;
Natijani ko‘ramiz:
Oraliq qiymatlar emas aksincha bir necha aniq qiymatlar berib, shu orqali kerakli
ma’lumotlarni chiqarish kerak bo‘lsa, “
in” operatoridan foydalanamiz. Misol, yoshi 18 va
30 ga teng bo‘lgan ism va familiyalarni ekranga chiqaruvchi so‘rov quyidagicha bo‘ladi
1
select ism, familiya from test where yosh in(18, 30);
Agar biror ustunga hech qanday ma’lumot kiritilmagan bo‘lsa, shu bo‘sh ustunga tegishli
qolgan ma’lumotlarni chiqarish kerak bo‘lsa, “
null” kalit so‘zidan foydalanami. Misol,
maoshi kiritilmagan ustunga tegishli bo‘lgan boshqa ustun ma’lumotlarini chiqaramiz.
1
select * from test where maosh is null;