• Tayanch so‘z va iboralar
  • Axborot tizmlari va texnologiyalari




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    Nazorat savollari 
    1. SQL haqida nimalarni bilasiz? 
    2. Select haqida gapirib bering. 
    3. Where haqida gapirib bering. 
    4. SQL tilida qanday mantiqiy operatorlar bor?  
    5. SQL orqali ma’lumotlarni tartiblash qanday amalga oshiriladi?  


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    120 
    6. count, min, max, avg, sum va group by funksiyalarini fazifasini aytib bering. 
    7. lower, upper, substr, concat, initcap, replace, length funksiyalarini fazifasini aytib 
    bering. 
    8. instr, lpad, rpad, trim, round, trunc, mod funksiyalarini fazifasini aytib bering. 
    4. PHP tili 
    Reja: 
    1. PHP nima? 
    2. PHP dasturlash tili. 
    3. RNR ni SHEXMga o’rnatish 
    4. O’zgaruvchilar. Ma’lumotlar tipi 
     
    Tayanch so‘z va iboralar: PHP, personal home page, Rasmus Lerdorf, PHP.ini, server, 
    html, print, echo, izoh, o’zgaruvchilar, Integer, Double, String, Boolean, Object 
     
    PHP nima? 
    PHP – o’z nomini yetarlicha tanitib ulgurgan dasturlash tili xisoblanadi. Dastlab ushbu til 
    uncha qiyin bo’lmagan shaxsiy WEB –saxifalarini yaratish uchun mo’ljallangan oddiy 
    makroslar to’plamidan iborat bo’lgan bo’lib, PHP-personal home page (shaxsiy uy 
    saxifasi) so’zlarining qisqartmasidan iborat. 
    Vaqt o’tishi bilan makroslar to’plami mukammal dasturlash tiliga aylanib 
    zamonaviy ma’lumotlar bazasi bilan ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo’lgan WEB 
    tarmoq sahifalarini yaratuvchi tilga aylandi. Tilning imkoniyatlari kengaygani sari uning 
    ommaviyligi ham o’sib bormoqda. Netcraft (
    http://www.netcraft.com
    ) kompaniyasining 
    ma’lumotlariga ko’ra 1999 yil noyabrь oyida RNR texnologiyasi Web tarmoqlarining bir 
    milliondan ortig’idan foydalanilgan 2000 yil 1400000 taga yetgan.
    RNRning 1-versiyasi Rasmus Lerdorf (Rasmus Lerdorf) ismli programmist 
    tomonidan yaratilgan bo’lib, Web sahifalarini yaratishni yengillashtirish uchun makroslar 
    to’plamidan iborat bo’lgan. 
    Tez orada u foydalanuvchilar nazariga tusha boshladi, hamda tezlik bilan takomillashib, 
    ommalashib bordi. 1997 yildan bu til ustida programistlar guruxi ish olib boradi.
    MySQL ma’lumotlar bazasi va Apeche serveri bilan ishlash uchun PHP ning 
    imkoniyatlari yanada kengayib bordi. Apeche serveri hozirgi kunda dunyodagi eng keng 
    tarqalgan Web -server xisoblanadi va PHP tili Apache serveri uchun modul ko’rinishida 
    qo’llanilishi mumkin. MySQL - bu zamonaviy ma’lumotlar bazasi bo’lib pulsiz (tekin) 
    tarqatiladi, shuning uchun ham PHP ning barcha funktsiyalari shu bazaga bog’langan. 
    Tan oligsh lozimki Apeche, MySQL va PHP larning o’zaro bir-biri bilan bog’liq ravishda 
    ishlashi o’rtadagi raqobatga barham beradi. 
    Bu esa PHP boshqa MBSI bilan ishlamaydi degani emas. Bu texnologiya juda 
    MBSI va Web serverlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. 
    WEB saxifalarni va tarmoqni yaratish yo’llari o’zgarishi bilan PHP ham 
    takomillasha bordi. 1990 -yil o’rtalariga kelib katta tarmoqlarda ham HTML da yozilgan 
    yuzlab statik saxifalar ishlatilar edi. xozir esa jarayon o’zgarib bormoqda. WEB 
    saxifalarini yaratuvchilar ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi WEB saxifalarni yaratish 
    imkoniga ega bo’lib, foydalanuvchilarni qayta ishlash imkoniga ega bo’lgan WEB 
    saxifalarni yaratmoqdalar. 
    Ma’lumotlarni saqlash va ma’lumotlarga murojat qilish uchun ma’lumotlar 
    bazasidan foydalanish yanada aktuallashib, mobil telefonlar, raqamli televideniya va 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    121 
    xokazolar. Turli xil qurilmalarda ma’lumotlarni uzatishda sifatni o’sishiga 
    erishishmoqda. 
    Bu fikrlar asosida aytish mumkinki, kelgusida PHP tili yanada takomillashib 
    o’zining o’ta yuqori darajadagi dasturlash tili ekanligini namoyon qiladi. 
    PHP tilini o’rganishga kirishishdan avval uning konfiguratsiyasini sozlash va o’rnatishni 
    o’rganib olish lozim. PHP xar xil sistemalarda va ko’plab serverlarda ishlashi mumkin.

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish