TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
115
1970 yil iyun oyida
E. F. KODD o‘zining
E.F. Codd, “A Relational Model of Data for
Large Shared Data Banks” darssini ommaga taqdim etdi. Bu dars
“Communications
of the ACM” jurnalida chop etildi.Hozirgi kunda Koddning bu modeli “
relyastion
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(RMBBT)” ning yakuniy modeli deb
qabul
qilindi. Kodd ning modelni yo‘lga qo‘yish maqsadida IBM firmasi
SEQUEL(Structured
English Query Language) tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga o‘zgartirildi,
lekin haligacha “
sikvel” deb ham yuritilmoqda. 1979 yil
Relational Software(hozirgi
vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQL ning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim
etdi. Hozirgi kunda SQL tili RMBBTning standart tili hisoblanadi.
SQL tili so‘rov-natija ko‘rinishida ishlaydi. So‘rovlar har
bir element uchun emas, butun
bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma’lumotlar
bazasidagi
ma’lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo‘q,
foydalanuvchilar ham bu ma’lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to‘g‘ri
yozish orqali istalgan ma’lumotlarni chiqarish mumkin bo‘ladi.
SQL tili barcha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
uchun umumiy standart til
hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o‘rganib olsangiz,
istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan
biror sql operatorlar
yig‘indisi(kichik so‘rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko‘chirish mumkin bo‘ladi.