Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/90
Sana19.01.2024
Hajmi4,03 Mb.
#141375
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
Bog'liq
TTAT MAJMUA NAMANGAN

Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari 
Beta versiya - bu versiya programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha 
programmaga turli o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi. Programmaning bu versiyasi, 
odatda, tekin bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu versiyasi 
orqali sizga yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning 
buzilishi va h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta versiyasini 
chiqarib, o`z mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
110 
chiqarish bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft korporatsiyasi ham mustasno 
emas(Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va h.k.).
Release Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u haqiqiy, 
sotuvga chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi versiyalar qisqacha RC 
deb ataladi. Shu turdagi versiyalar esa, RC1, RC2 kabi nomlanadi. Ko`pchilik RC 
versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu versiya o`zida ma'lum bir imkoniyatlarni 
jamlagan bo`ladi va bu versiya orqali yetkazilgan zarar programmani yaratgan firma 
tomonidan qoplanadi.
Final Release(so`nggi versiya) - programmani yaratishda qo`yilgan maqsadni "to`liq" 
amalga oshiruvchi versiya. Bu versiyani "alfa" versiya deb ham atashadi. Bu versiya o`z 
bahosida sotiladi, unga ko`rsatiluvchi xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi 
tomonidan ko`rsatiladi.
Build XXXX(XXXX - qurish) - bu, odatda, versiya hisoblanmaydi. XXXX ning o`rnida 
biror son keladi. Bu son programmaning kompilyatsiya (programmalash tilidan haqiqiy 
bajariluvchi kodga o`tkazish) sonini bildiradi. Programma yadrosi(qo`shimchalarsiz, 
asosiy qism)ga nisbatan yuritiladi. Masalan, Windows Vista Beta 2 Build 5308 - 
Windows Vistaning Beta 2 versiyasi turkumida 5308-kompilyatsiya (OSga nisbatan 
"kompilyatsiya"ni ishlatish noo`rinroq:)).
Update(yangilash) - programmaning biror teshigini(biror kichik xato, kamchiligi) 
tuzatuvchi kichik yordamchi programma. Bu yordamchi programmaning hajmi, odatda, 
kichik bo`lib, faqat o`sha kamchilikni tuzatishgagina xizmat qiladi. Ya'ni bu 
programmacha biror *.dll faylni yoki programmaishlatuvchi funksiyalardan birortasini 
"tuzatib" qo`yadi, xolos. Bunday Update("qarz")lar har doim tekin bo`ladi.
Service Pack(xizmat paketi) - o`zida bir qancha Update lar bajaruvchi amallarni 
saqlovchi paket. Uning qisqacha nomi SP. Programmaning haqiqiy versiyasi yoki avvalgi 
SP dan shu paytgacha bo`lgan xatoliklarni birdaniga tuzatuvchi programma. Ya'ni, u bir 
qancha Update lar ishini o`zi bajaradi. Masalan, Windows XP chiqqanidan so`ng, 
taxminan bir yildan keyin SP1 chiqdi. Bundan kelib chiqadiki, Windows XP SP1 bir yil 
davomidagi xatoliklarni tuzatuvchi paket hisoblanadi. SP ham programma ishlab 
chiqaruvchi firmaning xatolari tufayli kelib chiqqan xatolarni tuzatgani uchun tekin 
bo`ladi.
Trial(yoki demo)-versiya(vaqtinchalik) - bu versiya, programma sotuvga chiqarilgandan 
so`ng tekin tarqatila boshlaydi. Bu versiyaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarni ushbu 
programmani sotib olishga jalb qilish va ularni programma bilan tanishtirish. Trial 
versiyalar, odatda, ikki xil bo`ladi: a) vaqt bo`yicha chegalangan; b) imkoniyatlar 
bo`yicha. Vaqt bo`yicha chegaralangan versiya ma'lum muddat, masalan, 30 kun ishlaydi 
va shundan so`ng boshqa ishga tushmaydi. Bu holatda siz programmani sotib olishingiz 
kerak. Odatda, vaqt bo`yicha trial-versiyalar programmaning hamma imkoniyatlarini 
o`zida saqlaydi. Imkoniyatlar bo`yicha versiya esa programmaning sotib olingan 
versiyasining nechadir foiz imkoniyatlarini o`zida saqlaydi yoki ma'lum cheklanishlar 
qo`yilgan bo`ladi. Bu versiyaning ishlash muddati chegaralanmaydi. Yuqo`ridagi ikki 
holatdan tashqari yana bir holat bor. Bunda programmaning hamma imkoniyati 
saqlanadi, muddat ham berilmaydi, faqat foydalanuvchiga programmani sotib olish 
haqida eslatib turiladi. Bu esa ko`pchilikning jig`iga tegishi mumkin. Ko`pchilikka 
ma'lum Total Commander programmasi shu kabi programmadan biri, u har ishga 
tushganida 1, 2, 3 deb nomlangan knopkalardan birini bosishingizni talab qiladi. 
Dasturlashni o'rganishni nimadan boshlash kerak?
Eng avvalo insonda kuchli qiziqish bo'lishi kerak. Lekin bu hammasi emas. Dasturchi 
bo'lish uchun matematika yoki geometriya fanlarini ham yaxshi o'qigan bo'lishingiz 
kerak deb o'ylaymiz. Aslida dasturlash uchun matematika yoki geometriya unchalik 
ishlatilmasligi mumkin. Aytmoqchimizki aniq fanlarni yaxhsi tushunaolgan inson 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
111 
dasturchi bo'lishi ham oson bo'ladi. Agar dasturchi bo'lishga qaror qilgan bo'lsangiz, 
Dastlab eng sodda tildan boshlash kerak
1-navbat HTML tilini o'rganasiz.
2-navbat CSS va Javascript asoslarini o'rganasiz.
3-navbat Delphi yoki Java asoslarini o'rganasiz. Yana Mobile telefonlar (Android, iOS) 
uchun dastur tuzish usullari bilan qiziqib ko'rasiz.
Endi oldingizda 3 ta katta yo'l chiqadi. Siz esa shu yo'lning biridan yurishingiz kerak.
1-yo'l. Web App yoki web dasturlash yo'nalishi. asosan internet bilan ishlaydigan 
dasturlar yaratish
2-yo'l Win, Linux App ya'ni Faqat Komputer uchun dasturlar tuzish
3-yo'l Mobile dasturlash ya'ni Hozirda ommabop Android, iOS (Iphone) uchun dasturlar 
tuzish 

Download 4,03 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari

Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish