TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
95
Asosiy maqsad – so‘rovlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va kutish vaqtini
qisqartirish hisobiga fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishini engillashtirish
Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20dan oshiq
loyihalar amalga oshirildi. Ular sirasida:
Gov.uz O‘zbekiston
Respublikasi Hukumat portali, u tashkilotlar,
shuningdek, yuridik
shaxslar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi elektron-axborot munosabatlari
infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi unsuri sanaladi. Har qanday fuqaro yoki korxona,
tashkilot, muassasa vakili bu yerdan O‘zbekiston davlat hokimiyatining barcha unsurlari
haqida to‘liq ma'lumot olishi, shuningdek, bevosita gov.uz portali orqali u yoki bu
hokimiyat organiga elektron shaklda rasmiy so‘rov yuborishi mumkin. Bu portalda,
shuningdek, Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari to‘liq reestri chop etilgan.
«E-kommunal.uz» portali – kommunal xo‘jalik sohasidagi umumiy axborot
infratuzilmasi bo‘lib, aholi, nazorat organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari,
shuningdek, kommunal xizmatlar o‘rtasida axborot almashinuvini soddalashtiradi.
Ushbu
portalda qulay shaklda O‘zbekiston uy-joy va kommunal xo‘jalikka oid barcha masalalar
bo‘yicha ma'lumotlar joylashtirilgan. Har bir xohlovchi portalda kommunal xo‘jalik
borasidagi u yoki bu muammo haqida axborot, fotosurat joylashtirish mumkin, bu
muammolar davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Statistika, soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan elektron
ko‘rinishda yig‘ish va qayta ishlash tizimi (stat.uz, soliq.uz). Davlat soliq qo‘mitasi
saytida istalgan soliq to‘lovchi,
ham yuridik, ham jismoniy shaxs maslahat olish, elektron
ko‘rinishda soliq hisoboti yoki daromadlar haqida deklaratsiya topshirish yoki o‘z
STIRini tasdiqlash kabi qator xizmatlardan foydalanishi mumkin. Davlat statistika
qo‘mitasi sayti orqali har bir tadbirkorlik subyekti statistik hisobotni elektron ko‘rinishda
topshirishi mumkin.
25 mingdan ziyod me'yoriy hujjatlarni erkin foydalanish uchun yig‘gan O‘zbekiston
Milliy qonunchilik bazasi (lex.uz). Lex.uz milliy tizimining asosiy maqsadi aholining
huquqiy madaniyatini yuridik va jismoniy shaxslarning me'yoriy-huquqiy hujjatlardan
keng foydalanishini ta'minlash orqali yuksaltirish, aholini huquqiy axborot
bilan
ta'minlashni takomillashtirishdan iborat.
Elektr energiya iste'molchilarining har biri uchun o‘z shaxsiy ma'lumotlaridan
foydalanishini ta'minlovchi elektrenergiya iste'molchilari shaxsiy kabinetlari
(uzbekenergo.uz).
Chet el fuqarolarining O‘zbekistonga viza rasmiylashtirishlari uchun onlayn-so‘rovnoma
(mfa.uz). Tizim O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi veb-saytining bir qismi bo‘lib, hozirda
o‘zbek, ingliz va rus tillarida ishlamoqda.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari va ruxsat berish taomillari ro‘yxati, litsenziya,
ruxsatnoma va boshqalarni olish uchun talab qilinadigan hujjatlar haqida axborot olish
imkonini beruvchi umumiy litsenziyat portali (license.uz). O‘zbekistonda
litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxati muntazam
qisqarmoqda va ularni olish
taomili soddalashmoqda. Ushbu loyiha barcha axborotni olish va zarur litsenziyalarni
olishdagi qog‘ozbozlik darajasini qamaytirish imkonini beradi.