TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
51
Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi bu elektron hujjatlarni yaratish, saqlash,
manipulyatsiya qilish va joylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishga imkon
beruvchi kirilmalar va dasturlar to’plamidir.
Fan va texnikaning misli ko’rinmagan yutuqlariga ega hayotning o’zi axborotlarni
yangicha, ilg’or usulda tez yaratish, saqlash, uzatish va ularga ega bo’lishning qulay
yo’llarini ko’rsatib bermoqda.
Kutubxonalar o’z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini, axborot
yetkazuvchilardan keng foydalana boshladilar. Bu o’z navbatida axborotlarni elektron
holida tez va qulay usulda olish imkoniyatini yaratdi.
Zamonaviy kutubxonalarda axborot texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etilishi,
elektron axborot olish usuli bosma axborot olish usulidan anchagina qulayligini isbotlab
bermoqda.
Axborot makoniga kirish, axborot olish usullari osonlashgani uchun kutubxonalardan
foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bugungi kunda elektron
kutubxonalardan ilmiy-texnik axborot muassasalari, ilmiy-ta'lim jamoalari, nashriyot va
jurnallarning tahririyatlari, internet tizimidan foydalanuvchi tashkilotlar, arxivlar,
muzeylar va ilmiy izlanuvchilar keng foydalanmoqdalar.