TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
46
Linux operastion tizimida Windows operastion tizimi
oilasiga mansub operastion
tizimlardagidek «ПУСК»menyusi yoki bo‘lmasa, lokal disk “С:/” ning yo‘qligi yangi
foydalanuvchiga biroz o‘zgacha tuyulishi mumkin. Bu albatta moxir foydalanuvchi yoki
dasturlovchi uchun hech qanday to‘siq bo‘la olmaydi.
Linux bu birgina operastion tizim emas, balki shu nomdagi yadro asosida yaratilgan
operastion tizimilar oilasidir. Linuxning juda ko‘p distributivlari mavjud: Debian, Fedora,
Gentoo, Mandriva, openSUSE, Red Hat, Slackware, Ubuntu.
Ularning barchasini birgina
yadro birlashtirib turadi.
Biz ushbu saxifamizda Linuxning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini sanab o‘tamiz.
Linux operastion tizimi distributivlari mutlaqo bepul tarqatiladi va yangi chiqqan utilitlar
va dasturlar ham shular jumlasidandir. Linux operastion tizimiga egalik qilish huquqi
xech kimga berilmagan. U erkin tarqatiladi. Linux distributivlari uchun qo‘shimcha
yangiliklar, dasturlar, utilitlar dunyodagi ko‘pgina dasturlovchilar birlashgan forum va
loyixalarda ishlab chiqiladi.
Windows operastion tizimida biror bir xato yoki kamchilik paydo bo‘lsa uni
faqatgina
Microsoft kompaniyasining o‘zigina to‘g‘rilay oladi va faqatgan rasmiy saytdan uning
yangilangan paketlarini yuklab olish mumkin. Linux operastion tizimida xato yuzaga
kelsa, uni dasturchilar forumi yordamida bartaraf etish mumkin. Buning sababi Linux
ochiq kodli operastion tizim, Windows esa yopiq kodli operastion tizimligidadir.
Linux ni faqat dasturchilar yoki moxir foydalanuvchilar
uchun yaratilgan operatsion
tizimi deb o‘ylovchilar qattiq yanglishadi. Chunki xozirgi kunga kelib oddiy
foydalanuvchilar uchun qo‘l keladigan KDE, GNOME, Unitykabi grafik muxitlar
mavjud. Ular yordamida turli xil darajadagi foydalanuvchilar operastion tizimida
ishlashlari mumkin.
Windows muxitida ishlab o‘rgangan foydalanuvchi Linux operastion
tizimi grafik
muxitiga moslashishi qiyin kechishi aniq chunki unda menyular va boshqa yarliklar
odatiy joyda joylashmagan. Xuddi shunday Linux grafik interfeysida ishlab o‘rgangan
foydalanuvchi Windows muxitiga moslashishi qiyin kechadi va bir qancha
noqulayliklarga duch kelishi aniq.
Linux da viruslar yo‘q!
Umuman olganda Linux operastion tizimi uchun ham viruslar mavjud ammo ularni
topish juda qiyin. Operastion tizimning xavfsizlik mexanizmi sodda va ishonchli
tuzilgan: operatsion tizimning ishlashiga bevosita ta’sir qiluvchi va xavf tug‘diruvchi
omillar(tizim sozlashlarini o‘zgartirish, dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish uchun
administrator paroli so‘raladi) yuzaga kelmaydi. Administrator
ruxsatisiz tizimda hech
qanday o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi. Linux muxiti faqat siz ruxsat bergan dastur uchun
zarur jarayonni ishga tushiradi.
Linux o‘rnatish jarayoni biroz qiyin
Linux distributivi turiga qarab, uni o‘rnatish jarayoni farq qiladi. Ba’zi distributivlarda
Windows kabi grafik muxit mavjud bo‘lsa, ba’zilarida konsol muxitida o‘rnatish amalga
oshiriladi. Ana shu konsol muxiti buyruqlar bilan ishlashni talab qiladi.
Bu esa hamma
foydalanuvchilarni qo‘lidan kelmaydi.
Linux geymerlar uchun emas.
Hozirgi kunga kelib Linux operatsion tizimi uchun yaratilgan o‘yinlar Windows uchun
yaratilgan o‘yinlar bilan tenglasha olmaydi. Linux ni tanlagan foydalanuvchi undan o‘yin
o‘ynashni niyat qilmasligi aniq. Agar siz kelajakda katta video xajmdagi o‘yinlarni
o‘rnatish niyatingiz bo‘lsa, u holda Windows ni tavsiya qilamiz.
Linux, mohir dizaynerlar uchun emas.
Afsuski, bu xaqiqat. Ammo bu sizning qaysi soxa mutaxassisi ekanligingizga ham
bog‘liqdir. 3D grafikasi bilan ishlovchi dizaynerlar uchun Linux operastion tizimi da
Blender dasturi qo‘l keladi. Ammo ushbu dastur 3ds Max kabi natija bermasligi mumkin.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
47
Yoki bo‘lmasa Windows dagi Adobe Photoshop uchun Linux da GIMP dizaynerlik
dasturi mavjud.
Linux IT – texnologiya bilan bevosita bog‘liq foydalanuvchilar uchun yaratilgan
operastion tizimdir.
Linux ga drayverlar kerak emas.
Linux sizni kompyuteringiz uchun drayverlar qidirishdan ozod etadi. Shuningdek linux
birinchi yuklangandayoq unda kolonka,
mikrofon, printer, skaner kabi qurilmalar
ishlashni boshlaydi. Ular uchun qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish shart emas. Ammo
video adapterlar uchun qo‘shimcha drayverlarni o‘rnatish lozim. Biroq ular Windows
operastion tizimidagi kabi yuqori ishlab chiqaruvchanlik bilan ishlamaydi.