TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
45
Linux operatsion tizimi.
Linux yoki GNU/Linux?
Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni Nan Linux, ba’zida GNU/Linux deb
nomlashadi. Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion
tizimni ishlashini ta’minlovchi ko‘pgina dasturlar GNU dasturiy ta’minoti hisoblanadi.
GNU bu Unix emas degan ma’noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin
bo‘lgan barcha dasturiy ta’minot, tahrirlovchi dasturlar, kompilyatorlar, ishlab chiqarish
vositalari, utilitlar, paketlar va boshqa barcha yangiliklar mutlaqo bepul bo‘lishi kerak
deganidir. Shunday ekan operatsion tizimni GNU/Linux deb nomlash to‘g‘riroq bo‘ladi,
Linux termini esa uning yadrosiga nisbatan ishlatish mumkin.
Linux operastion tizimi boshqa operatsion tizimlar kabi uzoq o‘tmishga ega bo‘lmasada,
ochiq tizimli operatsion tizimlar ichida eng ommabopi hisoblanadi. EHM ning birinchi
davrida operatsion tizim hali ishlab chiqilmagan davrda katta va qimmat hisoblash
mashinalarini faqatgina bitta odam(foydalanuvchi) foydalana olgan. Unga misol
qilib,
IBM 701, Fortran Monitor System uchun yaratilgan
General Motors Operating
System(GMOS) va
IBM 709 uchun ishlab chiqilgan
North American Aviation ni
keltirishimiz mumkin. 1960 yilda
Massachusets texnologiya universitetida
GE-
645 mashinasi uchun eksperemental operatsion tizim -
Multics (Multiplexed Information
and Computing Service) yaratildi. Ushbu operatsion tizimni yaratuvchilaridan biri AT&T
kompaniyasi loyihadan ajralib chiqib, 1970 yilda o‘zining shaxsiy Unix operatsion
tizimini yaratdi va uni ishlashi uchun C dasturlash tilidan foydalanadi.
Yigirma yildan so‘ng Endru Tannenbaum shaxsiy kompyuterlarda ishlovchi Unix
ning MINIX (minimal Unix) deb nomlanuvchi mikroyadroli versiyasini ishlab chiqadi.
Ochiq kodli MINIX operatsion tizimi Xelsinki universiteti talabasi Linus Torvalds ni
ilxomlantirib yubordi va 1990 yillar boshida Linux yadrosini yaratishga olib keldi.
1991 yil 25 avgusta USENET nomli konferenstiyada Linus Torvalds o‘zining Linux
nomli operatsion tizimini e’lon qilib, bu unchalik katta loyiha emasligini ta’kidlab o‘tdi.
Bir necha oylardan so‘ng Tarvalds barchani bu loyiha ustida ishlashga taklif etdi.
Shundan so‘ng C dasturlash tilidan xabardor juda ko‘p foydalanuvchilar o‘z kodlarini
jo‘natib, operatsion tizimni mukammal ko‘rinishga olib kelishga xarakat qilishdi.
Operatsion tizimning ishlovchi yaxshi varianti 1995 yilda shakllandi. Shunday bo‘lishiga
qaramasdan, 1997 yilga borib 6 millnga yaqin shaxsiy kompyuter va serverlarga
GNU/Linux operatsion tizimi o‘rnatildi.
Bu operatsion tizimni foydalanuvchilarini aniq hisoblab bo‘lmaydi, chunki bu operatsion
tizimni istalgan foydalanuvchi, istalgan kompyuteriga o‘rnatish mumkin, eng asosiysi
hech qayerda ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
Hozirgi kunda Linux operatsion tizimini asosan server kompyuterlariga o‘rnatishmoqda.
Chunki bu tizim xavfsizlik jihatidan juda kuchli hisoblanadi. Bu tizimni juda ko‘p
distributivlari (Mandriva, Gentoo, Redhat,..) mavjud bo‘lib, ularning versiyalari ham juda
tez suratda yangilanib bormoqda.