Tarmoq operatsion tizimining strukturasi




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/90
Sana19.01.2024
Hajmi4,03 Mb.
#141375
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
Bog'liq
TTAT MAJMUA NAMANGAN

Tarmoq operatsion tizimining strukturasi 
Tarmoq operatsion tizimi har qanday hisoblash tarmog‘ining asosini tashkil etadi. 
Tarmoqdagi har bir kompyuter ma’lum bir darajada avtonom hisoblanadi, shuning uchun 
tarmoq operatsion tizimi ostida keng ma’noda ma’lumotlar almashish maqsadida o‘zaro 
aloqa qiluvchi va resurslarni bitta qoida – protokollar asosida taqsimlab beruvchi alohida 
kompyuterlar operatsion tizimlarining yig‘indisi tushuniladi. Tor ma’noda Tarmoq 
operatsion tizimi – bu alohida kompyuterning unga tarmoqda ishlashni ta’minlab 
beruvchi operatsion tizimidir. 
5.6-Rasm. Tarmoq operatsion tizimining strukturasi. 
Alohida mashinaning tarmoq operatsion tizimida bir qancha qismlarni ajratish mumkin 
(5.6-rasm.): 
Kompyuterning lokal resurslarini boshqarish vositalari: jarayonlar o‘rtasidagi operativ 
xotirani taqsimlash funksiyalari, jarayonlarni rejalashtirish va dispetcherizatsiyalash, 
multiprotsessor mashinalarida protsessorlarni boshqarish, periferiya qurilmalarini 
boshqarish va lokal operatsion tizimi resurslarini boshqarishning boshqa funksiyalari. 
Shaxsiy resurslar va hizmatlarni umumiy foydalanishga taqdim etish vositalari - 
operatsion tizimning server qismi (server).Bu vositalar fayllar va yozuvlarni birgalikda 
ishlashida kerak bo‘ladigan himoyasini, tarmoq resurslari ismlarini ma’lumotnomasini 
olib borishni, shaxsiy fayl tizimi va ma’lumotlar bazasiga masofadan ruhsat berish 
so‘rovlarini qayta ishlashni, masofadagi foydalanuvchilarni o‘zining periferiya 
qurilmalariga so‘rovlari navbatini boshqarishni ta’minlaydi. 
Masofadagi resurs va hizmatlarga bo‘lgan ruxsat so‘rovlari vositasi va ularni ishlatish – 
OT ning klient qismidir (redaktor). Bu qism aniqlanishni va ilovalardan va 
foydalanuvchilardan so‘rovlar tarmog‘idagi uzoqlashtirilgan resurslarga qayta 
yo‘naltirishni bajaradi, shu bilan birga so‘rov lokal formadagi ilovalardan tushadi, lekin 
tarmoqqa server talablariga to‘g‘ri keladigan boshqa formada uzatiladi. Klient qism yana 
server javoblarini qabul qilish va ularni lokal formatga o‘tkazishni ham amalga oshiradi, 
shuning uchun ilovada lokal va uzoqlashgan so‘rovlarni bajarishni farqi yo‘q. 


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
48 
OT ning kommunikatsion vositalari yordamida tarmoqda ma’lumot almashinishi ro‘y 
beradi. Bu qism ma’lumotlarni adresatsiyasi va buferizatsiyasini, tarmoqda ma’lumot 
uzatish marshrutini tanlash, uzatish ishonchliligi kabilarni ta’minlaydi, ya’ni 
ma’lumotlarni o‘tkazib qo‘yish vositasi hisoblanadi.
Biror konkret kompyuterga qo‘yilgan funksiyaga qarab uning operatsion tizimida yo 
klient qismi yo server qismi yo‘q bo‘lishi mumkin.
6.7-rasmda tarmoq komponentlarini o‘zaro aloqasi ko‘rsatilgan. Bu erda kompyuter 1 
“sof” klient vazifasini, kompyuter 2 esa “sof” server vazifasini bajaradi, mos ravishda 
birinchi mashinada server qismi ikkinchi mashinada klient qismi yo‘qdir. Rasmda klient 
qismining redirektor komponentasi alohida ko‘rsatilgan. Xuddi shu redirektor ilovalardan 
kelayotgan hamma so‘rovlarni ushlab oladi va ularni tahlil qiladi. Agar berilgan 
kompyuter resursiga so‘rov jo‘natilagn bo‘lsa, unda u lokal OT ning taaluqli osttizimiga 
qayta adreslanadi, agarda bu so‘rov uzoqlashtirilgan resursga bo‘lsa, unda u tarmoqqa 
qayta yo‘naltiriladi. Bunda klient qism lokal formadan tarmoq formatiga o‘tuvchi so‘rov 
yaratadi va uni ko‘rsatilgan serverga ma’lumotlar etkazilishiga javob beruvchi transport 
osttizimiga beradi. Komyuter 2 OTning server qismi so‘rovni qabul qiladi, qayta ko‘radi 
va uni o‘zining lokal OT sini bajarish uchun berib yuboradi. Natija olingan keyin, server 
transport osttizimiga murojaat qiladi va so‘rov bergan klientga javobni yuboradi. Klient 
qism natijani kerakli formatga o‘tkazadi va uni so‘rov jo‘natgan dasturga qayta 
adreslaydi.

Download 4,03 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq operatsion tizimining strukturasi

Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish