TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
50
Elektron hujjatning to’liq matni bo’yicha biron bir ma'lumotni izlash katta axborotlar
makonidan relevant manbaalarni topish imkoniyatini vujudga keltiradi. Hozirgi davrda
elektron hujjatlar kutubxona faoliyatining ajralmas ob'yekti deb tan olinmoqda. Shuning
uchun kutubxonlar jamgarmasi tizimida sohasi va yo‟nalishiga qarab
ajratib olingan
maxsus to‟plamlar yaratilmoqda.
Elektron hujjatning yana bir ustunligi uni tashkil etuvchi so’zlari darajasida oson bo’linib
ketish imkoniyatiga egaligidir. Shuning uchun zamonaviy dasturiy vositalar hujjatning
tarkibini to’liq proindeksatsiya qilishlari mumkin.
Elektron hujjatdan zarur kalit so’zlarni ajratib olish va so’rov uchun shakllantirish
imkoniyati axborotni mutlaqo yangi texnologik asosda differension bibliografik axborot
yetkazishni tizimini yaratadi.
Shunday qilib, elektron hujjatdan foydalanuvchilarda juda
katta hajmdagi axborotlarni zudlik bilan ko’rib chiqish, izlanayotgan mavzu bo’yicha
yangi manbaalarni topish imkoniyati tug’iladi.
Elektron hujjatdan foydalanishning yana bir afzalligi shuki, uni bir necha marotaba nusxa
olish mumkin, bunda uning sifati kamayib
qolmaydi, balki ayrim holatlarda qo’shimcha
kompyuter ishlovidan so’ng uning sifati ortadi.
Elektron hujjatlarni aloqa kanallari orqali tez uzatilishi foydalanuvchilarga dunyoning
bir necha mamlakatlarida va kutubxonalarida suralgan ma'lumotlarni to’liq tekst shaklida
olish imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, kutubxonalarda va axborot markazlarida
elektron hujjatlardan foydalanish axborot bibliografiya xizmati ko’rsatish
sifatini
oshiradi, tezkorligini ta'minlaydi va samaradorligini oshiradi.
Kutubxonalar elektron hujjatlarni saqlash, ularni topish va ulardan foydalanishda muhim
rol o’ynaydi.