Nazorat savollari:
1. Tizim deganda nimani tushunasiz.
2. Axborot tizimi nima?
3. Axborot tizimi qanday turlari bor?
4. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi nima?
5. Avtomatik axborotlar tizimi nima?
6. Axborot tizimini qo‘llanilish sohalarini aytib bering.
7. Axborot ta’minoti nima?
8. Tashkilot deganda nimani tushunasiz?
9. Boshqarish deganda nimani tushunasiz?
10. Axborot konturi nima?
4. Axborot jarayonlarning dasturiy ta’minoti.
Reja:
1. Dasturiy ta’minot tushunchasi
Dasturiy ta’minot kategoriyalari
Drayverlar
Tayanch so‘z va iboralar: apparat ta’minot, dasturiy ta’minot, hardware, software,
interfeys, dasturiy interfeys, apparat-dasturiy interfeys, foydalanuvchi interfeysi,
sistemaviy dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot, dasturlash texnologiyasining
uskunaviy vositalari, asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot, yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi)
dasturiy ta’minot, operatsion tizim, drayverlar, utilitlar.
Shaxsiy kompyuter uchta tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi darslarimizda aytib
o‘tgan edik. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) va
algoritmik ta’minotlardir.
Apparat ta’minoti - bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va
qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot – kompyuterning ikkinchi muxim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga
ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan
xujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz xar qanday kompyuter bamisoli bir
parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday amalga
oshiriladi?
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
39
Avvalo ular orasidagi bog‘lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim.
Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish - bu, apparat interfeysi,
dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar
orasidagi o‘zaro bog‘lanish - apparat - dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi
ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda to‘tish lozim. Inson
kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning
dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy
ta’minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:
- sistemaviy dasturiy ta’minot;
- amaliy dasturiy ta’minot;
- dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) - kompyuterning va kompyuter
tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet sohasi
buyicha ma’lum bir masalalar sinfini echishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish
jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar
dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab
chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
- kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini
ta’minlash;
- kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va
profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot
va yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot
kompyuter bilan birgalikda etkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida,
qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi
dasturlarining minimal to‘plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:
- operatsion tizim (OT);
- tarmoq operatsion tizimi.
YOrdamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot
imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayrok
tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini
oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Shunday qilib, sistemaviy dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash
mumkin.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
40
TDT
ASOSIY DT
XIZMAT KO`RSATUVCHI DT
OPERATSION
TIZIM
TARMOQ
OT
TASHXIS
DASTURLARI
ANTIVIRUS
DASTURLARI
ARXIVLASHTIRIS
H DASTURLARI
TARMOQ
DASTURLARI
Operatsion tizim (OT). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur
kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi urinlar va xokazo) boshqaradi,
foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy
dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay
muloqotni(interfeysni) ta’minlaydi.
Drayverlar. Kompyuter qurilmalari bilan OS o‘rtasidagi aloqani o‘rnatib berivchi maxsus
dasturlardir. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish -
chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni boshqarishda
yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki
mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqka ulanishi
bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo‘lmagan das-
turlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o‘xshash tilni qo‘llovchi, ya’ni uni tushunib,
unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo‘lar edi. Ushbu til
buyruqlarini urganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so‘ngra kompyuterga uncha
murakkab bulmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bular edi.
Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni xam yuklash imkoniyati yaratildi.
Buning uchun bitta, LOAD buyrug‘i kifoya edi, xolos.
Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo‘lgan zaruriyat paydo buldi. Disk
yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish
mumkin.
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab
chiqildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom oldi.
DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita
faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda fayllarni o‘chirib
tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko‘chirish (nusxa olish) kabi ishlarni xam
bajara oladi.
Har bir yangi paydo bo‘layotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan yanada yaxshi,
unumlirok foydalana oladi va yanada quvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi MS DOS
edi. SHu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini
bosib o‘tdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o‘rtasidagi «vositachi»
bo‘lib xizmat qildi. SHuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga yaqinrokdir.
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
41
Kompyuterni ta’mirlash va o‘nga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘pgina ishlar xam MS
DOSda bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98 lar grafik interfeysli OTlar hisoblanadi,
chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliklar, belgilar) yordamida muloqot
qilish imkonini beradilar.
Tarmoq OT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda ishlashini
ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT- tarmoq operatsion tizimi deb
ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta
ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat ko‘rsatuvchi
dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar - bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki
kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash,
diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir.
|