• Ilmiy axborot tizimlari
  • Tashkiliy boshqaruvning axborot tizimlari
  • Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimlari
  • Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

    Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash 
    funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi. 
    Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha 
    funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik 
    jarayonlarni avtomatik boshqarish). 
    Qo‘llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: 
    • ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; 
    • loyihalashtirishni avtomatlashtirish; 
    • tashkiliy jarayonlarni boshqarish; 
    • texnologik jarayonlarni boshqarish. 
    Ilmiy axborot tizimlari ilmiy-xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil 
    etish, tajribalami boshqarish uchun mo‘ljallangan. 
    Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab 
    chiqaruvchilar va loyihachi muhandislar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
    Tashkiliy boshqaruvning axborot tizimlari - shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun 
    mo‘ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat obyektlari (bank, birja, sug‘urta 
    kompaniyalari, mehmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning 
    axborot tizimlari kiradi. 
    Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimlari turli texnologik jarayonlarni 
    avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, 
    energetika va hokazolar). 
    Dastlabki axborot tizimlari 1950-yillarda paydo bo‘ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini 
    qayta ishlash uchun mo'ljallangan bo‘lib, elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida 
    amalga oshirilgan. Bu qog‘oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga 
    olib kelgan. 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    32 
    60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o'zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot 
    davriy hisobot uchun ko'pgina parametrlar bo'yicha qo‘liana boshlandi. Buning uchun 
    tashkilotlarda ko'pgina funksiyalarga ega bo‘lgan EHMlar bo‘lishi talab etila boshlandi. 
    70-80-yillarning boshlarida axborot tizimlari qarorlarni qo'llab-quvvatlovchi va tezlashtiruvchi 
    jarayonga ega bo‘lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshladi. 
    80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi yanada o'zgarib 
    kelmoqda. Ular axborotning strategik manbayi bo‘lib qolmoqda va istalgan sohada tashkil 
    etishning barcha darajalarida foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o‘z 
    vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda. 
    Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlarni umumiy holda quyidagicha 
    tasavvur etish mumkin: 
    • tashqi yoki ichki manbalardan axborotni kiritish; 
    • kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko'rinishda taqdim etish; 
    • iste’molchiga axborotni uzatish; 
    • teskari aloqa, ya’ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uchun foydalanuvchilar tomonidan 
    qayta ishlangan axborot bilan ta’minlash. 
    Qo'llash sohasidan qat’i nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bir qator 
    ta’minotlar bilan bog‘liqdir. Ularni axborot, dasturiy, texnik, huquqiy, tashkiliy, matematik 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish