• Tayanch so‘z va iboralar
  • Topshiriq va nazorat savollari




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/90
    Sana19.01.2024
    Hajmi4,03 Mb.
    #141375
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
    Bog'liq
    TTAT MAJMUA NAMANGAN

     
    Topshiriq va nazorat savollari 
    1. Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz? 
    2. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash sohalari va ularning axborotlashgan jamiyatdagi 
    o'rni qanday? 
    3. Modellashtirish jarayoni nima va u kompyuterda qanday paydo bo'lgan? 
    4. Axborotlami kodlashtirish deganda nimani tushunasiz? 
    5. SSlar necha xil bo`ladi? 
    6. Axborot o`lchov birliklarni bilasizmi?
     
    Mavzu: Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, dasturiy, lingvistik
    ta’minoti va ularni ishlash texnologiyalari. 


    TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
    30 
    Reja: 
    1. Kompyuter tizimlari.
    2.Kompyuter tizimlarining texnik, dasturiy, lingvistik ta’minoti va ularni ishlash 
    texnologiyalari. 
    3. Elektron hujjatlar. Muharrir dasturlar.
    4. Elektron hujjatlar yaratishning ko’p foydalanuvchi rejimi. Gipermatn hujjatlarini yaratish va 
    ulardan foydalanish. Konvertor dasturlar. Nashriyot tizimlari. Publisher dasturi. 
    5. Maxsus amaliy dasturlar Tex, Latex, Equation dasturlarini texnik tizimlardagi elektron 
    hujjatlarni rasmiylashtirishda qo’llash. Elektron jadvallar bilan ishlashning zamonaviy vositalari.
    6. Sohaga oid jadval ma’lumotlarini guruhlash, tartiblash, saralash va filtrlash. Umumlashgan 
    elektron jadvallar bilan ishlash texnologiyasi vositalari va ularni muhandislik masalalarini 
    yechishda qo’llash. 
    Tayanch so‘z va iboralar: tizim, element, axborot tizimi, boshqaruv tizimi, boshqaruv obyekti, 
    axborot oqimlari, avtomatlashtirilgan, avtomatik, ilmiy axborotlar tizimi, axborot, dasturiy, 
    texnik, huquqiy, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minot, axborot konturi 
    Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o'zaro 
    bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har 
    qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan shahar 
    telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak-qon tomiri tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy 
    yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo'yiladigan barcha 
    shartlarga javob beradi, ya’ni har biri o'ziga xos yagona maqsad y o‘lida faoliyat ko‘rsatadi va 
    tizimni tashkil etuvchi elementlardan iboratdir. 
    Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan tizimlarga yana bir nechta misollar 
    keltirilgan. 
    1-jadval 
    Tizim turlari 
    Tizimning elementlari 
    Tizimning asosiy maqsadi 
    Korxona 
    Odamlar, qurilmalar materiallar, bino 
    va boshqalar 
    Mahsulot ishlab chiqarish 
    Kompyuter 
    Elektron va elektromexanik
    uskunalar 
    Ma’lumotlarni qayta ishlash 
    Telekommunikat 
    sion tizim 
    Kommunikatsiya vositalari,
    aloqa kanallari, qurilmalar 
    Aloqa kanallarini o‘zaro bog‘lash 
    va ma’lumot
    almashuvini ta’minlash 
    Axborot tizimi 
    Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, 
    odamlar, axborot va dasturiy ta’minot 
    va boshqalar 
    Ma’lumotlarni yaratish, yig‘ish, 
    qayta ishlash va masofaga uzatish 
    Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq texnik vositalar, asosan kompyuterlar va murakkab 
    obyektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi.»Tizim» tushunchasiga «axborot» so‘zining 
    qo‘shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. 

    Download 4,03 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




    Download 4,03 Mb.
    Pdf ko'rish