|
Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi
|
bet | 8/57 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #135275 |
Bog'liq 7-sinf-informatika-dars-ishlanmasiI. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:
Kodlash deganda nima tushuniladi?
Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?
Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?
Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Hozirgi kunda ishlatilib kelayotgan 1, 2, 3, ... , 9, 0 raqamdan iborato'nlik sanoq sistemasi axborotni kodlashning yana bir usuli hisoblanadi.Yurtdoshimiz Muhammad al-Xorazmiy 0 raqamini kiritib bu arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi turgan o'rniga bog'liq holda amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirgan. Shuning uchun ham bu kodlash sistemasi ustida qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish kabi arifmetik amallarni bajarish juda oson.
Tarixiy ma'lumotlar
Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til kabi sonlarning ham o'z tili mayjud bo'lib, u ham o'z alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlarni ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda qo'llanadigan arab raqamlari 1, 2, ... , 9, 0 yoki rim raqamlari I, II, V, X, L, C, M, H, . . . , sonlar alifbosining elementlari hisoblanadi.
Turli davrlarda turli xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlarni ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar.
Qadimda ba'zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosi beshta (qadimgi Afrika qabilalarida), o'n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (XVI-XVII asrlarda Amerika qit'asida yashagan astek, mayya qabilalarida; eramizdan avvalgi II asrda G'arbiy Yevropada yashagan keltlarda; fransuzlarda), ba'zilari oltmishta (qadimgi bobilliklarda) belgini o'z ichiga olgan. Ular mos ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq sistemasi, o'n ikki raqamii (o'n ikkilik) sanoq sistemasi, yigirmata raqamii (yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanadi
Soatning oltmishga, sutkaning o'n ikkiga karraliligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, inglizlarda uzunlik o'lchov birhgi bo'lmish 1 futning 12 dyuymga tengligi, fransuzlarning bir franki yigirma suga tengligi turli sanoq sistemalarining qo'llanilishi natijasidir. Inson har bir sistemani ishlatganda ma'lum vositalardan ham foydalangan. Masalan, o'n ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qo'l barmoqlaridagi bo'g'inlardan foydalanilgan, biz kundalik hayotimizda qo'llayotgan sonlar alifbosi o'nta arab raqamini o'z ichiga olgan bo'lib, uning kelib chiqishida va qo'llanilishida tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l barmoqlarimiz asosiy o'rin tutadi.
|
| |