Axborot urushi va uning mazmuni




Download 292,44 Kb.
bet1/2
Sana27.05.2024
Hajmi292,44 Kb.
#254731
  1   2
Bog'liq
Axborot urushi va uning mazmuni



Axborot urushi va uning mazmuni. Insonlararo o‘zaro munosabatlardagi xar qanday ziddiyat – bu, axborotlar ziddiyatidir. Axborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo‘lib, u nafaqat, to‘qnashuv paytida optimal xatti-harakatlarni amalga oshirish, balki, maqsadga yo‘nalgan faoliyatni boshqarish imkonini beradi. Tizim mavjudligi va barbod bo‘lishini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi.
Qadim davrlardan buyon axborotni o‘zaro urush va nizolar jarayonida hujum uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin etishga urinishlar bo‘lib keladi. Biroq hozirga kelib ilmiy doirada «axborot urushi» kategoriya sifatida rasmiy.lashdi. bunday urushlarning moxiyatini anglashga doir metodologik yoidashl’lar, nazariyalar shakllandi. «Bunday sharoitda, – deb yozadi NA.Kostin, – axborot dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, «axborot urushi» deb nomlanayotgan faol kurash shakli paydo bo‘lmokda».
Bugungi kunda axborot urushlari haqida ko‘p yozilmokda. Bu tushunchaning paydo bo‘lish tarixi, ilk marotaba ko‘llanilishi haqida turli, ba’zida bir-biriga zid fikr-mulohazalar mavjud. Ularga alohida ravishda to‘xtalmagan holda, bu boradagi ayrim nuqtai nazarlarga e’tiborni qaratish joiz. Manbalarda ta’kidlanishicha, «axborot urushi» atamasi ilk bor 1976-yil. «Boeing» kompaniyasi uchun tayyorlangan «Qurol tizimi va axboro urushi» deb nomlangan hisobotda Tomas Rona tomonidan ishlatilgan. Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi AQSH iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot sohasi ham urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq bo‘lib qolayogganini ta’kidlagan.
T.Rona tomonidan ilgari surilgan ushbu g‘oya harbiylar ommaviy axborot vositalari xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi, bu borada ilmiy tahlillar, intervyular, chiqishlar avj oldi. 1980-yillarga kelib esa jamoatchilikda axborotning maqsad hamda qurol, vosita sifatida namoyon bo‘lishi haqida yagona xulosa shakllandi.
«Sovuq urushi»ning nihoyasi va AQSH oldida yangi vazifalar paydo bo‘lishi bilan «axborot urushi» atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi. 1991-yil «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi.
2. Yuqorida yozilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratning oltinchi yili Umra ibodatini qilish uchun Madinadan Makkaga borgan edilar. Musulmon kishilarga, qudrati yetsa hajga borish farz, umra qilish sunnatdur. Uch marta umra qilgan bir hajning savobini topgay. Bir kecha Rasululloh tush ko‘rsalar, Makkaga borib sahobalar bilan umra qildilar. Tushlarining to‘g‘ri kelishida shak yo‘q edi. Chunki payg‘ambarlarning tushlari esa vahiy o‘rnida bo‘lur. Lekin qaysi yilda bo‘lishini bilmadilar. Shu yili bo‘lg‘aymu deb, umid bilan Rasululloh boshliq bir ming to‘rt yuz kishi Madinadan chiqqan edilar. Makkaga kelsalar, Quraysh mushriklari bu ishga to‘sqinlik qilishib, Baytullohni ziyorat qilishga yo‘l qo‘ymadilar. Ikki orada uzoq tortishishlar bo‘lgandan so‘ngra, besh moddalik shartnoma tuzib, Hudaybiya sulhi qilinmish edi. Aning birinchi sharti ersa, kelasi yili Rasululloh shu kishilari bilan Makkaga kelib, bu yili qilolmagan umraning qazosini qilg‘aylar. Musulmonlar shahar ichiga ziyorat uchun kirganlarida Makka mushriklari uch kungacha shahar tashqarisida turgaylar. Mana shu sulhnoma bo‘yicha bir yil o‘tgandan keyin oldingi yili umraga borishgan bir ming to‘rt yuz kishi bilan Makkaga qarab yo‘lga chiqdilar. O‘tgan yili bormagan odamlardan ham qo‘shilib askar soni ikki mingga yetdi. Bular ichida yuz kishilik Bashir ibn Sa’d qo‘mondasida otliq askar ham bor edi. Sulhnomada qurol ko‘tarmaslik shart qilingan bo‘lsa ham, askar uchun kerakli qurollarini birga olmoqqa buyurdilar. — Shartimizga ko‘ra, Makka shahrining ichiga kirganimizda yolg‘iz qilichdan boshqa qurol ko‘tarmaymiz. Soqliq yuzasidan boshqa qolgan yaroq-jabduqlarimizni shahar tashqarisida qoldiraylik. Askarlarimizning bir bo‘lugi uni saqlab tursinlar. Agarda dushman tomonidan biror turlik xiyonat sezilar ersa, u chog‘da ani ishga yaratqaymiz, — dedilar. Rasulullohning bu qilgan ishlari barcha ummatlariga, ayniqsa, askar boshchilariga katta ibrat bo‘lib, urush kunlarida qanchalik soq bo‘lishi kerak ekanligini bildirdi. Chunki Rasululloh shu payg‘ambarlik davri — yigirma uch yil ichida aytgan so‘zlari, amal qilgan ishlari ersa butun ummatlar uchun ikki dunYo davlatini topish yo‘llarini o‘rgatish edi.

Shuning uchun Xudo Qur’onda aytgandur: «Laqod kana lakum fi rasulillahi usvatun hasanatun», ya’ni, «Rasulullohning aytgan so‘zlari, qilgan ishlarida musulmonlarga yaxshilikka ulgu bo‘lg‘udek ko‘p foyda bordur». Bundan boshqa ham shu mazmunda kelgan oyatlar Qur’onda ko‘pdir. Agar, biz musulmonlar, shu yo‘lda kelgan oyat, hadislarning birortasiga amal qilgan bo‘lsak edik, bugungi kunda islomiy, insoniy haqlarimizdan mundog‘ ajrab qolmas edik. Endi nima chora qilgali bo‘lur, ish vaqtidan o‘tdi. Qachonlardan beri yig‘ilib yotgan yozuqlarimiz endi boshimizga yetdi. Allohning ulug‘ qudratidan o‘zgaga umid etarlik o‘rin qolmadi. Yo‘q esa Islomdek dini bor, Haq yuborgan Muhammad alayhissalomdek payg‘ambari bor, ko‘kdan tushgan Qur’ondek kitobi bor bir millat hech qachon bunday xor-zorlikka qolishi mumkin emasdur. Chunki Alloh aytmishdur: «Innalloha la yug‘ayyiru ma biqavmin xamma yug‘oyyiru ma bianfusihim» Ma’nosi: «Alloh taolo bir qavmga bergan ne’matni o‘zgartirmaydi, qachonki, u ne’matning shukrini qilmasalar, aning qadriga yetib yaxshi kutmasalar, ul chog‘da ne’matdan ajragaylar, davlatlari qo‘llaridan ketgay». Bu oyatning mazmunicha, o‘zimizdan o‘tmagan bo‘lsa edi, hech qachon vatanimiz, davlatimiz qo‘limizdan ketmas edi. Bu qayg‘ulik qissani gapirish bu joyga sig‘maganlikdan, yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu safarga chiqar chog‘larida Madina masjidining eshigida turib, o‘tgan yili qazo bo‘lgan umra niyati bilan ehrom bog‘ladilar. Musulmonlar haj yoki umra qilmoqchi bo‘lsalar ehrom bog‘lagaylar, ya’ni ko‘ylak, tanbol o‘rnida ikki lo‘ngini birisini beldan tubanga bog‘lab, yana birisini orqa yelkaga tashlab turib haj yoki umra qilmoq uchun niyat qiladilar. Shu chog‘da «Labbayka» qichqirish shartdur. Rasululloh ehrom bog‘laganlarida sahobalar ham Payg‘ambarimizga ergashib barchalari «Labbayka» aytishdilar. Madinadan bir manzil yurib Zulxulayfa degan joyga kelganda, qorovullik qilib otliq askar olg‘a yursin, deb buyurdilar. Makka shahri yaqinida Marri- zahron degan bir joy bo‘lib, qorovul askarlari shu yerga yetganlarida, Quraysh ahlidan bir qancha kishilar bularga qarshi chiqdilar. Bu xilda saylangan qurollik otliq askar kelishini ko‘rib, ularga qo‘rqinchlik tushdi. Tezlikda qaytishib, bu ishdan Qurayshga xabar berdilar. Alar ersa, o‘z raislaridan Mikraz ibn Hafsni boshchi qilib bir necha kishini Rasulullohga yubordilar. Bular Batnu Ya’juj degan joyga kelishganda Rasulullohga yo‘liqib: Ey Muhammad, kichikligingdan beri shu yoshga yetguncha hech bir xiyonat ishini sendan ko‘rmagan edik. Endi bu qandoq ishdur, o‘rtamizdagi ahdnomamiz qarshi ustimizga qurollik askar keltirmishsan? — deyishdi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Ey Mikraz, Quraysh ustiga qurol ko‘tarib kirmagaymiz. O‘shal sulhnomada qanday shartlar qo‘yilmish bo‘lsa, albatta, unga rioya qilgaymiz, — dedilar. So‘ngra Rasululloh o‘zlari Marri-Zahron manziliga tushib, yaroq-jabduqlar ustiga Avs ibn Xavloni boshchi qilib ikki yuz kishi qo‘ydilar. Shu bilan har ikki tomon ham bir-birlariga ishonishib qoldi. Sulhnoma bo‘yicha Quraysh xalqi shaharni bo‘shatib uch kungacha o‘zlari tashqarida turishlari shart edi. Shunga binoan mushriklar Makkani bo‘shatib, shahar tashqarisiga chiqishib turdilar. Lekin Islomning shon-shavkatini ko‘rishga ko‘zlari yo‘q edi. Dushmanlarimiz Baytullohni tavof qilishib yurganlarida, unga qarab turib qanday chidar ekanmiz, deyishdi. Shahar bo‘shagani xabari Rasulullohga yetgach, Qasvo nomli tuyalarini minib, butun sahobalar atroflarini qurshagan holda Makkaga kirdilar. Jilovlarida Abdulloh ibn Ravoha, oldi-orqalarini o‘ragan askarlar ushbu oyatni qichqirishib o‘qishar edi: «La ilaha illallohu vahdahu, sadaqo va’dahu va nasaro abdahu va a’azza jundahu va hazamal ahzoba vahdahu». Ma’nosi: «Bir Allohdan o‘zga Yaratguvchi yo‘qdur. Va’dasini chinga chiqardi.

3. XX asming 80-90 yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobik sovetlardan keyingi makonda xam uz aksini topdi. Bu davr jamiyat tarakkiyotida, bir jixatdan diniy extikodning ijtimoy madaniy xayotdagi tabiiy mavkei tiklayotgan, ikkinchi tomondan mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tugilishi vakti buldi. Markaziy Osiyodagi yangi davlatlar mustakilligining karor topishi va mustaxkamlanishi davrida "islom omili", "islom uygonishi", "islom fenomeni", “kayta islomlashish” kabi iboralar tobora kuprok ishlatilib, bu xol ularning bekiyos faollashuvini uzida aks etirdi




Download 292,44 Kb.
  1   2




Download 292,44 Kb.