Axborot uzatish yо‘llari bilan bog‘langan




Download 234.87 Kb.
bet1/5
Sana31.10.2023
Hajmi234.87 Kb.
#91292
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1669872014, c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi, Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta\'lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, Materiallarning elektr va magnit xossalariga ko‘ra sinflanishi, Lingvistik kompetensiya, birinchi-6-talik-mavzu (1), Mavzu Iqtisodiy o’sishni prognozlash Reja, CamScanner 05-29-2023 15.15, Nargiza Kurbanova abiktevka, 894, 900, 903, 908, pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash (1)

3.2. Parallel tizimlar topologiyasi
Har qandek kо‘p protsessorlik hisoblash tizim arxitekturasining asosida shu hisoblash tizimining komponentlari о‘rtisidagi axborot almashuviga bо‘lgan imkoniyati yotadi. Xisoblash tizimining kommuniqatsiya tizimi tarmoqdan iborat bо‘lib, ularning tugunlari axborot uzatish yо‘llari bilan bog‘langan – kanallar orqali. Tugunlar sifatida protsessorlar, xotira modullari, kiritish-chiqarish qurilmalari, kommutatorlar yoki bir necha sanab о‘tilgan qurilmalarning guruxga birlashtirilganlari bо‘lishi mumkin. Hisoblash tizimining ichki kommunikatsiyalarini tashkillashtirilishi topologiya deb ataladi.
Tarmoqning topologiyasini о‘zaro ulanishlarini (TО‘U) kо‘p kanallar S bilan bog‘langan tugunlarning N kо‘pligi belgilaydi. Odatda tugunlar о‘rtasidagi aloqa ikki nuqtali sxema (point-to-point) orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari bilan bog‘langan xohishiy ikki tugunni qо‘shni tugunlar deb ataladi. Har bir kanal s = ( ) bitta tugun-manbani (source node) bitta qabul qilish-tugunini (recipient node) ulaydi, bu yerda N. Kanalning s boshlanishi bо‘lib xizmat qilayotgan tugun-manbai, uni ss deb belgilanadi, qabul qilish-tugunini esa tugashi – kanalning ikkinchi uchi - rc kabi belgilanadi. Kо‘pincha tugun juftligi ikkita kanalni har bir yо‘nalishni bittadan ulaydi. Kanal s = ( ) quyidagi kо‘rsatgichlar bilan ifodalanadi:

  • eni ( wc yoki wx,y) – signal yо‘llarining soni;

  • chastotasi (fc yoki fxy) – har bir signal yо‘llaridan bitlarni uzatish tezligi;

  • ushlanishi (tc yoki txy) – bitni tugundan tugunga uzatish vaqti;

Kо‘pchilik kanallar uchun ushlanish jismoniy aloqa yо‘lining uzunligiga (lc) va signal tarqalish tezligiga bevosita bog‘liq (v) . Kanalning о‘tkazish yо‘lagi bc quyidagicha aniqlanadi bc = wc fc .
Ulanishlar tarkibi о‘zgarmasdan qolishiga qarab, loaqal ma’lum topshiriqni bajarib bо‘lgunicha, tarmoqlarni statik va dinamik topologiyali tarmoqlarga bо‘linadi. Statik tarmoqlarda bir-biri bilan ulanish tarkibi о‘zgarmasdir. Dinamik topologiyali tarmoqlarda hisoblash jarayonida bog‘lanishlar tarkibi dasturiy vositalar yordamida operativ о‘zgarishi mumkin.
Tarmoqdagi tugun terminalli bо‘lishi mumkin, yaʻni axborot manbai yoki qabul qiluvchi, kommutator (ulovchi), axborotni kirish portidan chiqish portiga uzatuvchi yoki ikki vazifani ham bajaruvchi bо‘lishi mumkin. Bevosita bog‘lanishli (direct networks) tarmoqlarda har bir tugun bir vaqtning о‘zida terminalli tugun va shuningdek kommutator ham bо‘lishi mumkin va ma’lumotlar terminalli tugunlar о‘rtasida tо‘g‘ri uzatiladi. Bilvosita bog‘lanishli (indirect networks) tarmoqlarda tugun terminalli yoki kommutator bо‘lishi mumkin, ammo ikkisi bir vaqtda bо‘lishi mumkin emas, shuning uchun malumotlar ajratilgan ulovchi tugunlar yordamida uzatiladi. Yana shunday topologiyalar ham borki ularni bevosita bog‘lanishli topologiyaga ham kiritib bо‘lmaydi bilvosita bog‘lanishli topologiyaga xam kiritib bо‘lmaydi. Har qandek tо‘g‘ri topologiyani bilvosita kо‘rinishda ifodalash mumkin, har bir tugunni ikkiga ajratish mumkin – terminali tugun va kommutatsiyali tugun. Zamonaviy tо‘g‘ri tarmoqlar aynan shu tariqa joriy etiladi – kommutatorni terminalli tugundan ajratiladi va ajratilgani yoʻnaltirgichga joylashtiriladi. Tо‘g‘ri tamoqlarning asosiy afzalligi shundan iboratki, kommutator о‘z tugunining terminal qisimi resurslarini ishlatishi mumkin.
Tarmoq ulanishlarining uchta muhim yо‘nalishlari quyidagilar:

  • sinxronlashtirish strategiyasi;

  • kommutatsiya strategiyasi;

  • boshqarish strategiyasi.

Tarmoqdagi operatsiyalarni ikki sinxronlashtirish strategiyasi – bu sinxron va asinxron bо‘lishi mumkin. Sinxron topologiyali о‘zaro ulanishlarda (TО‘U) barcha xatti-harakatlar vaqt bilan qatiy moslashtirilgan, bu yagona takt impulslar generatori tomonidan ta’minlanadi va uning signallari barcha tuganlarga bir vaqtda uzatiladi. Asinxron tarmoqlarda yagona generator yо‘q, sinxronlashtirish vazifasini tizim bо‘ylab taqsimlangan, tarmoqning turli qismlarida kо‘pincha mahalliy takt impulslar generatori ishlatiladi.
Tanlangan kommutatsiya strategiyasiga qarab tarmoqlarni ikki turi mavjud: ulanishlarni kommutatsiyalovchi tarmoqlar va paketlarni kommutatsiyalovchi tarmoqlar. Birinchi variantda ham va ikkinchi variantda ham axborot paket shaklida uzatiladi. Paket bu bitlar guruhi bо‘lib, uni belgilash uchun shuningdek xabar atamasi ham ishlatiladi.
Ulanishlarni kommutatsiyalovchi tarmoqlarda tarmoqni kommutatsiyalash elementlarini tegishli ravishda о‘rnatish orqali tugun-manbadan to qabul qilish-tugunigacha uzatilayotgan paket belgilangan joyigacha yetib borguncha saqlanuvchi yо‘l hosil qilish mumkin. Ma’lum juft tugunlar о‘rtasida xabarlarni uzatish har doim bir xil yо‘nalish orqali amalga oshiriladi.
Paketlarni kommutatsiyalovchi tarmoqlarda xabarlar mustaqil ravishda belgilangan joyiga о‘zi yо‘l topadi deb tasavvur etiladi. Ulanishlarni kommutatsiyalovchi tarmoqlardan farqli, xabar uzatiladigan joyidan belgilangan joyigacha bо‘lgan yо‘nalish har gal turlicha bо‘lishi mumkin. Paket tarmoq tugunlaridan ketma-ket о‘tadi. Navbatdagi tugun qabul qilingan paketni о‘zining axborotlarni vaqtincha saqlovchi buferida saqlaydi, uni tahlillaydi va uni keyinchalik nima qilish kerakligi haqida xulosa chiqaradi. Tarmoqning yuklanganligiga qarab paketni zudlik bilan keyingi tugunga va uni keyingi yо‘nalishi yetib borishi kerak bо‘lgan joyiga uzatish mumkinligi haqida yechim qabul qilinadi. Agarda paketning keyingi tugunga о‘tishi uchun bо‘lishi mumkin bо‘lgan barcha yо‘nalishlar band bо‘lsa, tugun buferida paketlarning navbati hosil bо‘ladi, u tugunlar о‘rtasidagi aloqa yо‘li bо‘shashi bо‘yicha “shimilib ketadi” (agarda navbat yana yig‘ilib boraversa, yо‘naltirish strategiyasiga asosan “dumni tashlab yuborish” (tail drop) deb ataluvchi xodisa sodir bо‘lishi mumkin, yangi kelayotgan paketdan voz kechish).
Tarmoqning topologiyasini о‘zaro ulanishlarini (TО‘U) turlarga ajratishda yana boshqarishni tashkillashtirishni hisobga olgan holda ham amalga oshirish mumkin. Ba’zi tarmoqlarda, ayniqsa ulanishlarni kommutatsiyalovchi tarmoqlarda markazlashtirilgan boshqaruv qabul qilingan (3.3-chizma.). Protsessorlar yagona bо‘lgan tarmoq kontrolleriga xizmat kо‘rsatilishiga sо‘rov jо‘natadilar, u sо‘rovlarni berilgan ustunliklarini hisobga olgan holda kerakli yо‘nalishni о‘rnatadi. Ushbu turga shina topologiyasiga ega tarmoqni kiritish mumkin. Protsessorli matritsalar ham shuningdek markazlashtirilgan boshqaruv tarmog‘i kabi, markaziy protsessor signali orqali boshqarish amalga oshiriladi. Keltirilgan sxemani paketlarni kommutatsiyalovchi tarmoqlarga ham tatbiq etilishi mumkin. Kо‘pchilik ishlab chiqarilayotgan XT xam boshqarishning shu turiga ega.

Download 234.87 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 234.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot uzatish yо‘llari bilan bog‘langan

Download 234.87 Kb.