• Muallif taxriri ostida
  • Annotatsiya




    Download 12.48 Mb.
    bet1/48
    Sana04.03.2023
    Hajmi12.48 Mb.
    #44269
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    Bog'liq
    c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
    1669872014, Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta\'lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, Materiallarning elektr va magnit xossalariga ko‘ra sinflanishi, Lingvistik kompetensiya, birinchi-6-talik-mavzu (1), Mavzu Iqtisodiy o’sishni prognozlash Reja, CamScanner 05-29-2023 15.15, 3, Nargiza Kurbanova abiktevka, 894, 900, 903, 908, pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash (1)


    UDK. 621.395.12

    Annotatsiya


    Ushbu taqdim etilayotgan qo‘llanmada kompyuterning tuzulishi, uning ichki va tashqi qurilmalari keng yoritilib berilgan. Bo‘limning yakunida amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarini qanday o‘tkazish kerakligi to‘g‘risida yo‘riqnomalar berilgan, hamda test savollari keltirilgan.
    Ushbu qo‘llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Kompyuter arxitekturasi” fanining namunaviy fan dasturi asosida yozilgan bo’lib oliy o’guv uyrtlarida, kasb xunar kollejlari va akademik litseylarda ta’lim olayotgan o’quvchilar, hamda malaka oshirish markazlaridagi tinglovchilar uchun mo’ljallangan.
    Tuzuvchi:
    t.f.d., prof. X.Nigmatov
    Mas’ul muxarrir:

    Muallif taxriri ostida


    Taqrizchilar:
    Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU
    p.f.d., prof. T. Nishonboev
    kafedra mudiri, PhD X.X. Nosirov
    2

    MUNDARIJA


    KIRISH ________________________________________________________.

    1. ELEKTRON HISOBLASH MASHINALAR VA KOMPYUTERLAR

    TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR _________________________

    1. ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI _______________

    2. AXBOROTNI BOSMAGA CHIQARUVCHI QURILMALAR VA

    SKANERLAR ____________________________________________________

    1. AXBOROTLARNI SAQLOVCHI-TASHUVCHI QURILMALAR ______

    2. KOMPYUTERLAR ARXITEKTURALARINI, ULARNING KO‘PSATHLI

    TASHKIL QILINISHI ASOSIDA O'RGANISH _________________________

    1. MA’LUMOTLARNING XILLARI. BUYRUQLARNING FORMATLARI

    VA XILLARI. ADRESLASH. BOSHQARISH OQIMI VA UZILISHLAR ____

    1. BUL ALGEBRASI VA BUL SXEMALARINI AMALGA OSHIRISH

    2. KOMPYUTERNING ASOSIY XOTIRASI ________________________

    3. TEZKOR VA DOIMIY XOTIRA QURILMALARI ___________________

    4. KOMPYUTER ARXITEKTURASINI ASSEMBLER SATXI ___________ XI. ASSEMBLER TILIDA OPERATORLARNING FORMATLARI VA

    ULARNI QO‘LLASH ______________________________________________

    1. KOMPYUTERNING YORDAMCHI XOTIRASI ____________________

    2. MA’LUMOTLARNI KOMPYUTERGA KIRITISH-CHIKARISHNI

    TASHKIL KILISH ________________________________________________

    1. ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR SHINALARI __________________

    2. KOMPYUTER PROTSESSORLARINING TUZILISHILARI VA

    QANDAY ISHLASHLARI _________________________________________

    1. SAKKIZ RAZRYADLI KOMPYUTER PROTSESSORINING

    TUZILISHI______________________________________________________

    1. O‘N OLTI RAZRYADLI KOMPYUTER PROTSESSORINING

    TUZILISHI ______________________________________________________ XVIII. O‘TTIZ IKKI RAZRYADLI KOMPYUTER PROTSESSORINING
    TUZILISHI _____________________________________________________

    1. ZAMONAVIY KOMPYUTERLARDA O‘RNATILGAN

    PROTSESSORLAR VA ULARNING MUHIM JIHATLARI _____________

    1. PARALLEL KOMPYUTERLAR ARXITEKTURASSI ______________

    2. MIKROARXITEKTURA _____________________________________

    3. BUYRUQLAR TO‘PLAMI ___________________________________

    XIII. OPERATSION TIZIM SATHLARI _____________________________

    1. VIRTUAL XOTIRA ________________________________________

    2. PARALLEL ISHLASH UCHUN MULJALLANGAN VIRTUAL

    BUYRUQLAR ___________________________________________________

    1. AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAVZULARI ___________________

    1. LABORATORIYA MASHG‘ULOTLAR MAVZULARI ___________

    2. TАLАBАLАR MUSTАQIL TА’LIMINING MАZMUNI VА

    HАJMI _________________________________________________________

    1. ADABIYOTLAR _________________________________________ KIRISH

    Hozirda kompyuter injineringi va dasturiy injinering, hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
    Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda.
    Kompyuter arxitekturasi haqidagi ushbu fanni o‘rganish bilan har bir inson – kompyuterning qanday tuzilganligini, uning qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuterning qanday tuzilganligi, qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni egallash natijasida insonning kompyuter bilan mutaxassis sifatida muloqot qilish saviyasi va kompyuterning imkoniyatlaridan unumli foydalanish darajasi oshib boradi.
    Hisoblash texnikasi sohasi, hususan kompyuterlarning qanday tuzilganligiga oid nashr qilingan adabiyotlarda asosiy e’tibor, kompyuterni tashkil etuvchi apparat vositalarning qanday tuzilganligi, nima uchun mo‘ljallanganligi, hamda qanday ko‘rsatgichlar asosida ularni tavsiflash mumkinligiga qaratilgan. Ushbu adabiyotlar ko‘proq kompyuterning apparat qismi bilangina shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangandir.
    Ohirigi 10-15 yillar davomidagi rivojlanish shuni ko‘rsatdiki, kompyuterni o‘zining faoliyatida qo‘llayotgan har-bir soha mutaxassisi, ayniqsa kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring va telekommunikatsiya kabi sohalar mutaxassislari uchun – kompyuterni tashkil qiluvchi apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish maqsadga muvofiq ekan. Kompyuterning apparat va dasturiy vositalarini birgalikda o‘rganish deganda, kompyuter va kompyuter tarkibiga kiradigan qurilmalarni qanday tuzilganligi bilan birga, ularda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari qanday amalga oshirilishini ham o‘rganish tushuniladi. Bunda ma’lumotlarni ishlash dasturlari qanday algoritmlar asosida tuzilganligi, ushbu algoritmlarni so‘z bilan ifodalashdan tortib, to amaliy dastur sifatida shakllanish bosqichlarini mukammal bilish kerak bo‘ladi.
    Ushbu o‘quv qo‘llanmaning birinchi bobida zamonaviy kompyuter arxitekturasiga oid asosiy tushunchalar, hamda kompyuterning raqamli va mantiqiy asoslariga oid ma’lumotlar keltiriladi. Unda kompyuterning apparat ta’minoti hisoblangan raqamli mantiqiy sath ob’ektlari – ventillar, oddiy mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi elementlar, xotira elementlari hisoblangan triggerlar, ular asosida qurilgan registrlar qanday tuzilganligi va ularning kompyuter arxitekturasida tutgan o‘rni haqida tushuntirishlar beriladi.
    Ikkinchi bobda kompyuterning asosiy va yordamchi xotira qurilmalari qanday tuzilganliklari haqida so‘z yuritiladi. Bunda asosiy e’tibor ikkilik ko‘rinishda ifodalangan ma’lumotlarni xotiraga yozish, saqlash, adreslash va xotiraga murojaat qilish qanday amalga oshirilganligi ko‘rib chiqiladi.
    Uchinchi bobda kompyuterlar protsessorlarning tuzilishlari va qanday ishlashlarini tushuntirish amalga oshirilgan. Unda sakkiz, o‘n olti va o‘ttiz ikki razryadli protsessorlarning tuzilishlari va qanday ishlashlari ularni o‘zaro taqqoslashlar bilan keltirilgan. Ushbu bobda zamonaviy kompyuterlar protsessorlari – Intel Core i7, UltraSPARC III, OMAP4430 va AT mega 168 protsessorlari, hamda parallel kompyuter arxitekturalariga oid ma’lumotlar bilan ham tanishtiriladi.
    To‘rtinchi bob Assembler tilida dasturlash asoslarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Unda asosiy e’tibor Assembler tilida yozilgan dasturlarni o‘rganish va tuzish asosida kompyuter arxitekturasining tuzilishini qanday ekanligini mukammalroq tushinib olish mumkinligi ta’kidlangan.
    Beshinchi bobda kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi, kompyuterning shinalari va ularning ishlash tamoillari haqida so‘z yuritilgan.
    Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda qo‘llanilayotgan PCI, PCI Exspress va USB shinalarining tuzilishlari va xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.

    Download 12.48 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 12.48 Mb.