30
5.
SANS instituti taqdim etgan xavfsizlik siyosati shablonlarini yoritib
bering.
1.4. Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi
Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami ko‘ndalangki,
beqaror iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada oshadi. Bunday
masalalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
daromadning oshishi;
-
o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi;
-
harajat va chiqimlarning pasayishi;
-
innovatsiyaning tezlashishi;
-
bozorga mahsulot va xizmatlarni taqdim etish vaqtining qisqarishi;
-
buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi;
-
raqobatlik qobiliyatining oshishi;
-
me’yoriy talablarga moslikni ta’minlash.
Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona arxitekturasidan
foydalaniladi (1.2 -rasm). Korxona arxitekturasi prinsiplar, yondashishlar va
texnologiyalar naborini shakllantirishga imkon beradiki, ular tashkilotning joriy
holatini hisobga olgan holda uning kelgusi transformatsiyasi, o‘sishi va rivojlanishi
asosini belgilaydi.
1.2-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalar bilan bog‘liqligi.
KORXONA ARXITEKTURASI
Xavfsizlik arxitekturasi
Tijorat
arxitekturasi
Axborot