17
I bob. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNING
VAZIFALARI
1.1. Milliy xavfsizlik tushunchasi
Hozirda 29 avgust 1997 yili qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining
milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qonuni amalda. Ushbu
qonunga asoslanib milliy xavfsizlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda O‘zbekiston
Respublikasining suverenitetini ifodalovchi va hokimiyatning yagona manbai
hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining xavfsizligi tushuniladi.
Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi
tashkil etuvchilarini
ko‘rsatish mumkin:
-
iqtisodiy xavfsizlik;
-
ichki siyosiy xavfsizlik;
-
ijtimoiy xavfsizlik;
-
ma’naviy xavfsizlik;
-
halqaro xavfsizlik;
-
axborot xavfsizligi;
-
xarbiy xavfsizlik;
-
chegaraviy xavfsizlik;
-
ekologik xavfsizlik.
Iqtisodiy xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy
muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Iqtisodiy
xavfsizlikka binoan xalq o‘zining iqtisodiy rivojlanish yo‘llari va shakllarini
tashqaridan aralashishsiz va bosimsiz mustaqil ravishda aniqlay oladi.
Ichki siyosiy xavfsizlik – hokimiyat institutlarining barqarorligi va
samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlarni nazoratlash
qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga erishish, jamiyatda
siyosiy
barqarorlikni ta’minlovchi, samarali faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy
18
institutlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ichki siyosiy xavfsizlikka binoan
siyosiy munosabatlar sohasida qarama-qarshilik, siyosiy ekstremizmning ommaviy
tus olishi, hokimiyat bilan xalq orasida qarama-qarshilik bo‘lmaydi.Fuqarolarning
siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy madaniyati jamiyatning xavfsiz siyosiy
rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy xavfsizlik – shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim
manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Ijtimoiy
xavfsizlikning ob’ekti - milliy va ijtimoiy siyosat tomonidan tartibga solinuvchi
xalq turmushi sifati va darajasini ta’minlovchi ijtimoiy
tizimning barcha asosiy
elementlari. Ijtimoiy rivojlanish strategiyasi, ularning uzoqligiga, kambag‘allik
darajasiga, turmush darajasidagi mintaqaviy mutanosibligiga, ta’lim va sog‘liqni
saqlash sifatiga, jamiyatdagi ma’naviyat va madaniyatning umumiy darajasiga va,
nihoyat, demografik muammolariga ta’siri ma’lum.
Ma’naviy xavfsizlik – bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi
yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot
olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan,
lekin
zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
Ayniqsa, ommaviy madaniyat degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik,
individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan
boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlarini,
turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan
xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.Hozirgi vaqtda
ahlloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni
mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi
taraqqiyotga,
inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf
solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan
bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro xavfsizlik
deganda dunyo hamjamiyatining barqarorligini ta’minlovchi xalqaro munosabatlar
holati tushuniladi. Boshqacha aytganda, xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar
19
sub’ektlariga urush xavfi yoki suveren xayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan
boshqa tajovuz xavfi bo‘lmagan holat. BMT Nizomiga binoan, hozirda halqaro
tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida Xavfsizlik Kengashi belgilangan.
Faqat aynan ushbu Kengash agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash xuquqiga ega.
Axborot xavfsizligi – mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik sub’ektlari va
fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus
ma’lumotlarning ishonchli himoyalanganligi holati.
Xarbiy xavfsizlik – xarbiy siyosat O‘zbekiston Respublikasi xarbiy
doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. Xarbiy doktrina –
O‘zbekiston Respublikasining xarbiy xavfsizligining xarbiy-siyosiy,
xarbiy-
strategik va xarbiy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi rasmiy qarashlar mujmui.
Xarbiy doktrinaning xuquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
qonunlar hamda xarbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi O‘zbekiston
Respublikasining
xalqaro
shartnomalari
tashkil
etadi.
O‘zbekiston
Respublikasining xarbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli Kuchlarning
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan amalga oshiriladi.
Chegaraviy xavfsizlik – O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va
chegara oldi xududlarining himoyalanganlik holati. Chegaraviy xavfsizlik shaxs,
jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim
tashkil etuvchilaridan biri
hisoblanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan
uzviy bog‘langan. Chegara xavfsizligini ta’minlash zaruriyati davlat chegarasi va
chegara oldi xududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga asoslangan.
Ekologik xavfsizlik.Sivilizatsiyaning atrof – muhitga faol ta’siri natijasida
uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salbiy ta’sir ayniqsa
ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli
chiqindilaridan oqilona foydalanilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.