O‘rin almashtirish usullari




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/191
Sana18.11.2023
Hajmi2,72 Mb.
#101187
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   191
Bog'liq
axborot xavfsizligi222

O‘rin almashtirish usullari.O‘rin almashtirish usullariga binoan dastlabki 
matn belgilangan uzunlikdagi bloklarga ajratilib har bir blok ichidagi simvollar 
o‘rni ma’lum algoritm bo‘yicha almashtiriladi.
Eng oson o‘rin almashtirishga misol tariqasida dastlabki axborot blokini 
matritsaga qator bo‘yicha yozishni, o‘qishni esa ustun bo‘yicha amalga oshirishni 
ko‘rsatish mumkin. Matritsa qatorlarini to‘ldirish va shifrlangan axborotni ustun 
bo‘yicha o‘qish ketma-ketligi kalit yordamida berilishi mumkin. Usulning 
kriptobardoshligi blok uzunligiga (matritsa ulchamiga) bog‘liq. Masalan uzunligi 
64 simvolga teng bo‘lgan blok (matritsa o‘lchami 8x8) uchun kalitning 1,6

10
9
kombinasiyasi bo‘lishi mumkin. Uzunligi 256 simvolga teng bo‘lgan blok 
(matritsa o‘lchami 16x16) kalitning mumkin bo‘lgan kombinasiyasi 1,4

10
26
ga 
etishi mumkin. Bu holda kalitni saralash masalasi zamonaviy EHMlar uchun ham 
murakkab hisoblanadi. 
Gamilton marshrutlariga asoslangan usulda ham o‘rin almashtirishlardan 
foydalaniladi. Ushbu usul quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. 
1-qadam. Dastlabki axborot bloklarga ajratiladi. Agar shifrlanuvchi axborot 
uzunligi blok uzunligiga karrali bo‘lmasa, oxirgi blokdagi bo‘sh o‘rinlarga maxsus 
xizmatchi simvollar-to‘ldiruvchilar joylashtiriladi (masalan, *). 
2-qadam. Blok simvollari yordamida jadval to‘ldiriladi va bu jadvalda 
simvolning tartib raqami uchun ma’lum joy ajratiladi (5.5-rasm). 
3-qadam. Jadvaldagi simvollarni o‘qish marshrutlarning biri bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Marshrutlar sonining oshishi shifr kriptobardoshligini oshiradi. 
Marshrutlar ketma-ket tanlanadi yoki ularning navbatlanishi kalit yordamida 
beriladi. 
4-qadam. Simvollarning shifrlangan ketma-ketligi belgilangan L uzunlikdagi 
bloklarga ajratiladi. L kattalik 1-qadamda dastlabki axborot bo‘linadigan bloklar 
uzunligidan farqlanishi mumkin. 
Rasshifrovka qilish teskari tartibda amalga oshiriladi. Kalitga mos holda 
marshrut tanlanadi va bu marshrutga binoan jadval to‘ldiriladi. 


90 

Download 2,72 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   191




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish