Nazorat savollari: 1.
Rolli modelning xavfsiz axborot kommunikasiya tizimlarini
loyihalashdagi o‘rni. 2.
Xavfsizlikning rolli modeli tizimni qanday to‘plamlar ko‘rinishida
tavsiflaydi? 3.
Rolli modelning xavfsizlik mezonini tushuntirib bering. 4.
Rolli modelning diskretsion va mandatli modellardan farqi nimada?
84
V bob. AXBOROTNI KRIPTOGRAFIK HIMOYALASH 5.1. Shifrlash usullari Shifrlash usullari turli alomatlari bo‘yicha turkumlanishi mumkin.
Turkumlanish variantlaridan biri 5.1–rasmda keltirilgan.
Shifrlash usullari
Simmetrik (bitta)
kalitli
Asimmetrik
(ikkita) kalitli
Almashtirish usullari
O’rin almashtirish
usullari
Analitik usullari
Additiv usullar
Kombinatsiyalangan
usullar
O’zgartirish usuli bo’yicha
Kalit turi
bo’yicha
5.1-rasm. Shifrlash usullarining turkumlanishi. Almashtirish usullari. Almashtirish (podstanovka) usullarining mohiyati
bir alfavitda yozilgan axborot simvollarini boshqa alfavit simvollari bilan ma’lum
qoida bo‘yicha almashtirishdan iboratdir. Eng sodda usul sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirishni ko‘rsatish mumkin. Dastlabki axborot yoziluvchi A 0 alfavitning s 0i simvollariga shifrlovchi A 1 alfavitning s 1i simvollari mos quyiladi. Oddiy holda
ikkala alfavit ham bir xil simvollar to‘plamiga ega bo‘lishi mumkin. Ikkala alfavitdagi simvollar o‘rtasidagi moslik ma’lum algoritm bo‘yicha K
85
simvollar uzunligiga ega bo‘lgan dastlabki matn T 0 simvollarining raqamli
ekvivalentlarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.