Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifiqatori (nomi) buyicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi buyicha o‘zining idengifiqatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.
Хавфсизлик, Идентификациялаш қоидалари
Axborot xavfsizligi siyosatini ta’minlashning asosiy qoidalari.
Ximoyaga kuyiladigan talablarning asosini takdidlar ruyxati tashkil etadi. Bunday talablar uz navbatida himoyaning zaruriy vazifalari va himoya vositalarini anikdaydi.
Demak, kompyuter tarmogida axborotni samarali himoyasini ta’minlash uchun himoya tizimini loyikalash va amalga oshirish uch bosqichda amalga oshirilishi kerak.
Birinchi bosqichda kompyuter tarmogining zaif elementlari taxlil- lanadi, takdidlar anikdanadi va bakolanadi, himoyaning optimal vositalari tanlanadi. Xavf-xatarni taxlillash xavfsizlik siyosatini kabul kilish bilan tugallanadi.
Ikkinchi bosqich - xavfsizlik siyosatini amalga oshirish moliyaviy xarajatlarni hisoblash va masalalarni yechish uchun mos vositalarni tanlash bilan boshlanadi. Bunda tanlangan vositalar ishlashining ixtilofli emasligi, vositalarni yetkazib beruvchilarning obrusi, himoya mexanizmlari va beriladigan kafolatlar xususidagi tula axborot olish imkoniyati kabi omillar kisobga olinishi zarur. Undan tashkari, axborot xavfsizligi buyicha asosiy koidalar aks ettirilgan prinsiplar kisobga olinishi kerak.
Uchinchi bosqich - xavfsizlik siyosatini madadlash bosqichi eng muhim hisoblanadi. Bu bosqichda o‘tkaziladigan tadbirlar niyati buzuk odamlarning tarmokka bostirib kirishini doimo nazorat kilib turishni, axborot ob’ektini himoyalash tizimidagi "rahna"larni aniklashni, konfidensial ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish kollarini kisobga olishni talab etadi. Tarmok xavfsizligi siyosatini madadlashda asosiy javobgarlik tizim ma’muri buynida buladi. U xavfsizlikning muayyan tizimi buzilishining barcha xollariga operativ munosabat bildirishi, ularni taxlillashi va moliyaviy vositalarning maksimal tejalishini kisobga olgan kolda himoyaning zaruriy apparat va dasturiy vositalaridan foydalanishi shart.
ISO 27002 standartini axborot - bu biznesning boshqa muhim aktivlari kabi qiymatga ega bo‘lgan aktiv va shunday ekan, u tegishli ravishda muhofaza qilingan bo‘lishi kerak. Bu o‘zaro aloqalar bilan doimo rivojlanayotgan amaliy ish muhitida ayniqsa muhim. Hozirgi vaqtda ushbu o‘zaro aloqalar natijasida axborot tahdidlar va zaifliklarning o‘sib borayotgan soni va turli xiliga duchor bo‘lmoqda.
Axborot turli shakllarda mavjud bo‘lishi mumkin. U qog‘oz tashuvchida joylashtirilgan bo‘lishi, elektron ko‘rinishda saqlanishi, pochta orqali yoki telekommunikatsiyalarning elektron vositalaridan foydalanib uzatilishi, plenkadan namoyish qilinishi yoki og‘zaki ifodalanishi mumkin. Axborot mavjudligining shaklidan, uni tarqatish yoki saqlash usulidan qat’i nazar u doim adekvat muhofazalangan bo‘lishi kerak.
Axborot xavfsizligi - bu axborotni biznesning uzluksizligini ta’minlash, biznes xavflarini minimumga keltirish va investitsiyalarni qaytarishni hamda biznes imkoniyatlarini maksimal oshirish masqsadida tahdidlarning keng spektridan muhofaza qilish demakdir.
Axborot xavfsizligiga dasturiy ta’minotning siyosatlari, metodlari, protseduralari, tashkiliy tuzilmalari va dasturiy ta’minot funksiyalari tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarning tegishli kompleksini amalga oshirish yo‘li bilan erishiladi. Ko‘rsatilgan tadbirlar tashkilotning axborot xavfsizligi maqsadlariga erishishini ta’minlashi kerak.
|