• Konsepsiyani ishlab chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiy etiladi.
  • Axborot xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar
  • Axborot xavfsizligining siyosati




    Download 2,02 Mb.
    bet2/4
    Sana21.06.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #264990
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1549981330 68737

    Axborot himoyasining strategiyasi va arxitekturasi.

    Axborot xavfsizligining siyosati

    1.Konsepsiya–axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda echish yo‘llari.


    2.Konsepsiyada ifodalangan maqsadlar, masalalar va ularni bo‘lishi mumkin bo‘lgan echish yo‘llari asosida axborot xavfsizligini ta’minlashning muayyan rejalari shakllantiriladi.

    Konsepsiyani ishlab chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiy etiladi.

    Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko‘rsatmasi, ya’ni qandayrealboyliklar,ishlab chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma’lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi shart. Ushbu bosqichda himoyalanuvchi alohida ob’ektlarni ahamiyati bo‘yicha tabaqalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


    Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi ob’ektga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoiy harakatlar tahlillanishi lozim. Iqtisodiy josuslik, terrorizm, sabotaj, buzish orqali o‘g‘irlash kabi keng tarqalgan jinoyatchiliklarning real xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim hisoblanadi. So‘ngra, niyati buzuq odamlarning himoyaga muhtoj asosiy ob’ektlarga nisbatan harakatlarining ehtimolligini tahlillash lozim.
    Uchinchi bosqichning bosh masalasi–vaziyatni, xususan o‘ziga xos mahalliy sharoitni, ishlab chiqarish jarayonlarini, o‘rnatib qo‘yilgan himoyaning texnik vositalarini tahlillashdan iborat.

    Axborot xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar


    Kompleksining asosini axborot himoyasining strategiyasi tashkil etishi lozim. Unda ishonchli himoya tizimini qurish uchun zaruriy maqsadlar, mezonlar, prinsiplar va muolajalar aniqlanadi.
    Axborot himoyasi umumiy strategiyasining muhim xususiyati xavfsizlik tizimini tadqiqlashdir.
    Uni ikkita asosiy yo‘nalishni ajratish mumkin:
    himoya vositalarining tahlili; xujum bo‘lganini aniqlash. Axborot xavfsizligini ta’minlash ierarxiyasidagi ikkinchi masala siyosatni aniqlashdir. Uning mazmuni eng ratsional vositalar va resurslar, ko‘rilayotgan masala maqsadi va unga yondashish tashkil etadi.

    Download 2,02 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2,02 Mb.