Axborot xurujlarining manbalari. Ularning ijtimoiy muhitda amalga oshish usullari




Download 22,29 Kb.
bet2/2
Sana18.05.2024
Hajmi22,29 Kb.
#242385
1   2
Bog'liq
7-Mavzu Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari. (

Axborot xurujlarining manbalari. Ularning ijtimoiy muhitda amalga oshish usullari.

Bugun axborot hurujlari orqali o‘z g‘oyalarini singdirish va jamiyat a’zolarini, ayniqsa, yoshlarni o‘z izmiga solish ko‘p kuzatilayotgan holat bo‘lib qolmoqda. Axborot hurujlari bugungi kunda globallashuv jarayoniga qo‘shilgan har bir davlat va jamiyat uchun potensial yoki real darajada xavf tug‘diradi. Chunki axborot orqali o‘sha mamlakat yoshlari ongini manipulyatsiya qilish, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga shu yo‘l bilan erishmoqchi bo‘layotgan kuchlar mavjudligi sir emas.Axborot xurujlarini bugungi kunda davlatlar (jumladan chet el davlatlari), turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar, rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, alohida shaxslar uyushtirishi mumkin. Shuning uchun axborot urushlari, axborot-psixologik xavfsizlik kabi mavzularda butun dunyo olimlari keng baxs va mushohadalar olib borishmoqda.


Axborot oqimining ortishi, axborot urushlari va axborot terrorizmi kabi masalalarning ko‘tarilishi, jamiyatda ommaviy axborot vositalari o‘rnining ortishi, mehnat faoliyatini texnik axborotlashtirish usullarining keng qo‘llanilishi tufayli ko‘plab ilmiy va ilmiy-amaliy adabiyotlarda axborot xurujlarining amalga oshish usullari o‘rganilmoqda. Axborot ta’sirlari kimga ta’sir ko‘rsatish kerakligi va axborot hurujining maqsadidan kelib chiqqan holda tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bularga psixologik usullar (o‘z fikrini singdirish, rag‘bat, majburlash, jazolash, namuna ko‘rsatish), harbiy usullar (jismoniy zarar yetkazish orqali o‘z fikrini singdirish), iqtisodiy usullar (potensial raqibning iqtisodiy holatini yomonlovchi savdo yoki moliyaviy sanksiyalar yaratish), siyosiy usullar (turli siyosiy o‘yinlar) kiradi. Mazkur usullarni mukammal bilgan holatdagina axborot hurujlariga qarshi kurash yo‘llarini ishlab chiqish mumkin. Globallashuv sharotida dunyoning mafkuraviy manzarasi hozirda juda murakkablashib ketdi. Unda ta’sir kuchiga ega bo‘lishni eng maqbul yo‘li sifatida, mablag‘ qancha ketishidan qat’iy nazar yirik axborot tarqatuvchilik mavqeini egallash ekanligi hozirda sir bo‘lmay qoldi. Jahonda informasion urush ketayotganini hatto oddiy insonlar ham sezishlari mumkin. Misol uchun biron mamlakat hududida ma’lum turmush tarzini, qadriyatlar tizimini ulug‘lovchi risolalar, san’at asarlari, kinofilmlar, axborotlar va hokazolar tarqatilmoqda. Bunday informatsiyalar jamiyatda ma’lum ijtimoiy fikrning shakllanishiga ta’sir etmay qolmaydi. Shu munosabat bilan birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning yoshlarni ochiq axborot olish davrida hukm suradigan umumbashariy axloqiy inqirozdan asrash muammosiga alohida e’tibor qaratgani diqqatga sazovor:

Keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik. Bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzot tabiatan mana shunday to‘polonlarni tomosha qilishga moyil… Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi.


Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda axborot hurujlarini bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashishning asosiy yo‘llari sifatida jamiyatdagi quyidagi omillarni ko‘rsatish mumkin:



  • Kuchli siyosiy boshqaruv va nazorat tizimining mavjudligi (siyosiy omil);




  • Fuqarolar huquqlarining kafolati (huquqiy omil);




  • Barqaror va farovon turmush (ijtimoiy – iqtisodiy omil);




  • Ma’naviy yetuklikni ta’minlovchi ijtimoiy institutlarning shakllantirilishi (ma’naviy

omil).



Umuman olganda axborot hurujlari istalgan jamiyatda kuzatilishi mumkin, ammo jamiyat hayotining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy sohalarida biror salbiy jarayonlar mavjud bo‘lganida ular o‘ta faollashadi, o‘z ta’sir doirasini kengaytiradi, ularning ta’sir darajasi ortadi. Shuning uchun ushbu muammoni keng ko‘lamli sotsiologik tadqiqotlar asosida o‘rganish orqali kerakli bo‘lgan vaziyatni yaxshilovchi hamda mo‘tadillashtiruvchi yechimlarni aniqlashi mumkin
Download 22,29 Kb.
1   2




Download 22,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot xurujlarining manbalari. Ularning ijtimoiy muhitda amalga oshish usullari

Download 22,29 Kb.