• 2.Fotodiodlarning ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikalarini tushuntiring Optoelektronika
  • Optoelektron asbob qanday asbobligini tushuntiring va u qayerlarda qo‘llaniladi?




    Download 29,06 Kb.
    bet1/2
    Sana21.05.2024
    Hajmi29,06 Kb.
    #248413
      1   2
    Bog'liq
    Optoelektron asbob qanday asbobligini tushuntiring va u qayerlar


    1. Optoelektron asbob qanday asbobligini tushuntiring va u qayerlarda qo‘llaniladi?

    1)Bitta p-n o‘tishga ega bo‘lgan fotoelektr asbob fotodiod deb ataladi. Fotodiod sxemaga tashqi elektr manba bilan (fotodiod rejimi) va tashqi elektr manbasiz (fotovoltaik rejim) ulanishi mumkin. Tashqi elektr manba shunday ulanadiki, bunda p-n o‘tish teskari yo‘nalishda siljigan bo’lsin. Fotodiodga yorug‘lik tushmaganda dioddan berilgan kuchlanishga bog‘liq bo'lmagan ekstraksiya toki deb ataluvchi, juda kichik qiymatga ega qorong‘ulik toki oqib o‘tadi. Diodning n - baza sohasi taqiqlangan zona kengligidan katta hv energiyaga ega bo‘lgan fotonlar bilan yoritilganda elektron - kovak juftliklar generatsiyalanadi. Agar hosil bo’lgan juftliklar bilan p-n o‘tish orasidagi masofa zaryad tashuvchilarning diffuziya uzunligidan kichik bo‘lsa, generatsiyalangan kovaklar p-n o‘tish maydoni yordamida ekstraksiyalanadi va teskari tok qiymati uning qorong‘ulikdagi qiymatiga nisbatan ortadi. Yorug'lik oqimi F intensivligi ortishi bilan diodning teskari toki qiymati ortib boradi. Yorug‘lik oqimining turli qiymatlari uchun fotodiod VAXi 2.1 - rasmda keltirilgan. Yoritilganlikning keng chegarasida fototok bilan yorug‘lik oqimi orasidagi bog‘lanish amalda chiziqli bo‘ladi.
    2)Proporsionallik koeffitsiyenti bir necha mA/lm ni tashkil etadi va fotodiodning sezgirligi deb ataladi. Fotodiodlar turli o'lchash qurilmalarida hamda optik tolali aloqa liniyalarida yorug‘lik oqimini qabul qiluvchilar sifatida ishlatiladi.
    3)Fotodiodning fotodiod rejimidan tashqari fotovoltaik rejimi keng ishlatiladi. Ushbu rejimda fotodiod tashqi elektr manba ulanmagan holda ishlatiladi va yorug‘lik (quyosh) energiyasini bevosita elektr energiyaga o‘zgartirish uchun qo'llaniladi.


    2.Fotodiodlarning ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikalarini tushuntiring?
    Optoelektronika (optika va elektronika) — yorugʻlik va elektr usullaridan foydalanib axborotlarni ishlash, saklash hamda uzatish masalalari bilan shugʻullaniladigan elektronika boʻlimi. Radioelektronika va hisoblash texnikasinish taraqqiyot bosqichi sifatida yuzaga keldi.
    O. yarimoʻtkazgich va vakuum elektronikadan optik zvenosi (fotonlar aloqasi) borligi bilan farq qiladi. Fotonlar elektr jihatdan neytral boʻlganligidan optik aloka kanalida elektr va magnit maydonlari uygʻotilmaydi. Bu esa axborotlarni buzmasdan tekis uzatish va qabul qilishni taʼminlaydi. Axborotlar yorugʻlik nuri yordamida uzatilganda aloqa liniyasida elektromagnit energiyasi toʻplanib qolmaydi va sochilmaydi, shuning uchun axborot kechikmay, buzilmay, oʻz vaqtida yetkaziladi. Optik tebranishlar chastotasining yukrriligi (10y—1015 Gs) axborotlarning koʻp va tez uzatilishini taʼminlaydi.
    O.ning asosiy elementlari — yoruglik manbalari (lazerlar, yorugʻlik diodlari), optik muhitlar (faol va suyet) hamda fotopriyomniklar. Bu ele-mentlardan turli nisbatda va ayrim-ayrim foydalanish mumkin. O. 2 yoʻnalish — optik (kogerent O.) va elektrooptik (optronika) yoʻnalishda rivojlandi. Hisoblash texnikasi tizimini tuzishning yangi prinsipi va usullari, optik aloqa, axborotlarni eslab qolish va ishlash kogerent O. bilan bogʻliqdir. Optronikaning rivojlanishi yorugʻlik manbalari va fotopriyomniklardan toʻgʻri foydalanishga asoslangan. Optron sxemalar tuzilishi jihatidan yarimoʻtkazgichlarga nisbatan ixcham va oddiy boʻladi. Optronikaning asosiy elementi — optron. U elektr va optik signallarni kuchaytirish va oʻzgartirish, almashlab ulash, modutsilyasiyalash va boshqalarni bajaradi.[1]



    Download 29,06 Kb.
      1   2




    Download 29,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optoelektron asbob qanday asbobligini tushuntiring va u qayerlarda qo‘llaniladi?

    Download 29,06 Kb.