Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari




Download 3.93 Mb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi3.93 Mb.
#74284
1   2
Bog'liq
Ҳисобот намуна
Elektrotexnika materiallarining klassifikasiyasi, O’zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi, 1-Ma’ruza “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining p (1), Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari 1, Hosilov Sardorbek Rele, 18 mavzu Excelda formula va funksiyalar bilan ishlash Elektron

ASOSIY QISM:


Korxona tarixi: O‘zbekiston temir yo‘llari aksionerlik jamiyatiga qarashli bo‘lgan “Urganch signallashtirish va aloqa masofasi ” korxonasi 1953-yil 21-fevralda 72 kishilik jamoadan iborat bo‘lib, “Darganota” bekatidan “Urganch” bekatigacha 187km ga hizmat qiluvchi ishchi hizmatchilardan tashkil qilingan. Ilk yillarda “Urganch signallashtirish va aloqa masofasi” jamoasi normal poyezd harakatini va manyvor ishlarini ta’minlash maqsadida o‘z uchastkalarida aniq ishlarni bajargan.
“Urganch signallashtirish va aloqa masofasi” korxonasida dispechor, doimiy bekatlar aro telefon va strelka, zanjirlariga hizmat qiluvchi 5 ta aklotga liniyalari yaratilgan.

1-Rasm. Korxonaning kirish qismi


1960-yilga kelib hizmat qiladigan uchastka 415 kmga uzaygan va uchastkalar bo‘ylab yarimavtomat blokirovkalarini joriy qilish boshlangan. Bekatlarda yo‘lovchi poyezdlar to‘xtash joylarida vokzallarda radioaloqa uskunalari o‘rnatilgan. Hozirgi kunga kelib “Urganch signallashtirish aloqa masofasi” korxonasini avtomatik qurilmalarga xizmat qilish uzunligi 570 kmgacha yetgan. Ayni paytda mavjud bo‘lgan avtomat qurilmalarini eski tuzumdagilarini yangi zamonaviy raqamli sistemalarga o‘tish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Korxona ish rejimi 8 soatlik bo‘lib haftasiga 40 soat, maosh to‘lash tizimi aklad turi hisoblanadi.
Korxonada jami 198 ta ishchi xodim shulardan 55 tasi ayollardan iborat.
Korxona boshqaruvi korxona boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari tomonida amalga oshiriladi.
Korxonada ATS, LAZ, KRP, Telefo‘n, Telegraf, Navbatchi aloqa muhandislari sexlarida smenalik ish tashkil qilingan.
KIP, PANAB, DTS, Texnik xujjatlar bo‘limi, Texnik bo‘lim, Xisobchilar va Kadirlar bo‘limlari 8 soatlik, xaftasiga 40 soatlik ish rejimi tashkil qilingan.
Korxonada bajarilgan ishlarni nazorati bo‘lim boshliqlari va navbatchi aloqa muhandisi tomonidan nazorat qilinib yozma ravishda raxbariyatga taqdim qilinadi. Har oy oxirida umumiy yakun qilinib barcha bo‘limlar raxbariyat tomonidan ko‘rib chiqilib baholanadi, va keyingi oy uchun ish rejalari tuzilib chora tadbirlar ishlab chiqiladi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari to`g`risida umumiy ma’lumot:
Har qanday axborot texnologiyasining asosini ikki ta ’minot birligi tashkil etadi. Bular apparatli (hardware) va dasturiy (software) ta’minotlardir.

      1. Kompyuteming asosiy qismlari quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura.

Sistemali blokda mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq disk, kontrolyorlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.
Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo'ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo'lib, matnli hamda grafik holatlarda ishlashi mumkin. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo'ljallangan qurilmadir. Tugmachalar soni va joylashishi turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o'zgarmaydi.

      1. Kompyuter tashqi qurilmalari

Kompyuterlar asosiy qurilmalardan tashqari, bir qator atrof qurilmalariga ham ega. Ulaming ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. Printerlar. Printer – ma’lumotlami qog'ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli m a’lumotni, ko'pchiligi esa rasm va grafiklami ham qog'ozga chiqaradi. Rangli tasvirlami chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor. Printerlaming quyidagi turlari mavjud: ignali, purkovichliva lazerli. Ignali printerlar – keng tarqalgan printerlardan biri. Bu prin-
tem ing ishlash qoidasi quyidagicha: printerning yozish kallagida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Kallak yozuv satri bo'ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo‘yalgan lenta orqali qog‘ozga uriladi. Natijada qog'ozda belgi yoki tasvir paydo bo'ladi.
Purkovichli printerda tasvir qog'ozga maxsus qurilma orqali purkaladigan siyoh tomchilaridan yuzaga keladi. Uning rangli va qora rangli rusumlari mavjud. Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta’minlaydi va tez ishlaydi. Rangli va rangsizi mavjud. Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlami saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o'tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o'tkazish, kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo'lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi. Egiluvchan disklar (disketalar)ga ma’lumotlarni yozish va ulardan ma’lumotlarni o'qish uchun disk yurituvchi (diskovod) qurilmasi ishlatiladi. Disk yurituvchining ikki turi mavjud: 3,5 dyuymli disketaga mo'ljallangan model va 5,25 dyuymli disketaga mo'ljallangan eskirgan model. Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo'ljallangan. Masalan, operatsion tizim dasturlari, ko'p ishlatiladigan dasturlar paketlari, hujjatlar tahrirlagichlari, dasturlash tillari uchun translyatorlar va boshqalar. Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi.

2-Rasm. Texnika xavsizligi qoidalari bilan tanishtirish
OPERATSION SISTEMA:
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart – dasturlarning mavjudligidir.
Dasturiy ta’minot ikki guruhdan iborat:

  • sistemaning ishlashi bilan bog'liq sistema dasturlari;

  • amaliy dasturlar.

Tizim dasturlari kompyuterning ishlashi uchun zarur dasturlar bo'lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi sistema dasturlarining yadrosi operatsion sistemalardir. Operatsion sistema foydalanuvchi bilan kompyuter orasida bevosita muloqot о‘rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni ta’minlovchi dasturlardir.
Dastur utilitlari deb, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylashtiradi.
Hozirgi paytda turli operatsion sistemalar mavjud. Masalan: UNIX, LINUX, MS DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOCH, va boshqalar. Amaliy
dasturlar predmet sohadan olingan alohida masalalar va ulaming to'plamini yechish uchun qaratilgan bo‘lib, amaliy masalalarni yechish uchun mo'ljallangan. Bunday dasturlar majmuyi amaliy dasturlar paketi (ADP) deb ataladi.
Dasturlar, odatda, magnit yuritgichlarda joylashgan bo'ladi. Ammo operatsion sistemalar va ular bilan bog'liq dasturlar ancha katta hajmga ega bo'lgani tufayli keyingi paytlarda lazer disklarga yozilmoqda.

LINUX-operatsion sistemasi.


Linux – bu shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun Unix – turkumli operatsion sistema. Bu tarmoqli darchali grafik sistemasiga ega bo'lgan Window System sistemasi bo'lib ko'p qo'llaniladigan, yaxshi himoyalangan tarmoqli operatsion sistema hisoblanadi. Linux ОС Internet tarmog'idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo'llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentlari, dastlabki matnlar bilan birgalikda chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o'matish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi.
Linux ОС Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power Macintosh va h.k.).
Linux ОС Xelsinki universitetida Linus Torvalds (Linus Torvalds) tomonidan va Internet tarmog'idan foydalanuvchi minglab odamlar, tadqiqot markazlarining xodimlari, fondlar, universitetlar va h.k. lardan tashkil topgan hamda son-sanog'iga yetib bo'lmaydigan juda keng miqyosdagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.
Linux tarmog'i Internet tarmog'i kabi qurilgan aynan o'sha TCP/ IP protokollarida ishlaydi, aynan shunday servis va asbob-uskunalar to‘plamiga ega. Shuning uchun Linux sistemasida mashina Internet ga oson va tabiiy ravishda ulanadi. WWW (World Wide Web) ommalashgan xizmat bilan o'zaro hamkorlik uchun Linuxda Lynx, Mosaic, Net sape dasturlar-kliyent-lar mavjud. WWW o'z servisini tashkil qilish uchun serverlaming juda ko'p turlari bor.

3-Rasm. Korxonada mavjud kamchiliklar to’g’risida o’rganilmoqda


WEB-SAHIFA YARATISH IMKONIYATLARI.
HTML (Hyper Text Markup Language – gipermatnni belgilash tili) WWW da gipermatn hujjatlarni tayyorlash vositasidir. HTML hujjatning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo'lmagan buyruqlar majmuyidan iborat. HTML buyruqlari orqali matnlar shaklini istagancha o'zgartirish, ya’ni matnning ma’­ lum bir qismini ajratib olib, boshqa faylga yozish, shuningdek, boshqa joydan turli xil rangli tasvirlarni qo'yish, audio va video m a’lumotlarni joylashtirish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan bog'laydigan gipermatnli aloqalarga ega. Odatda, HTML tilida tahrirlash uchun dasturiy vosita talab qilinmaydi, lekin tahrirlash uchun qulay vositalar ko'p. Ba’zi dasturiy vositalarda yaratilgan veb-saytlarni ayrim brouzerlar
o'qimasligi mumkin. Shuning uchun, odatda, veb-ma’lumotlar HTML tili qoidasi bo'yicha kiritiladi. HTML internet texnologiyalarida ishlash uchun yaratilgan bo'lib, uning hujjatlari (ASCII kodlarida yozilgan) oddiy matnli fayllardan iborat. Ular maxsus belgilangan kodlarni o'z ichiga oladi. HTML – hujjatlarni oddiy foydalanuvchi tomonidan yaratish va tahrirlash uchun MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver va shunga o'xshash bir qancha maxsus dastur vositalaridan foydalanish mumkin.
MS Windows Notepad yoki Wordrad tahrirlagichida ishlaganda HTML – hujjatlarni matn ko'rinishida saqlash uchun »Soxranit как» buyrug'idan foydalanish kerak. Oddiy matnli fayldan HTML – hujjatlar maxsus belgilar kodi (teglar) bilan farqlanadi. Bu kodlar hujjatni formatlash, tayyor maketni aniqlash, boshqa hujjatlarga taalluqli murojaatlami ifodalash va boshqa ko'pgina amallami bajaradi. HTML – kodlar, odatda, bosh harflar bilan yoziladi. Bu esa, o ‘z navbatida, ularni asosiy matndan farqlashni va
tahrirlashni osonlashtiradi. HTML – hujjatlar uchun eng ko 'p qo'llaniladigan brouzerlarga Internet Explorer va Operalarni misol qilib keltirish mumkin. Brouzerda HTM L – hujjatni tahrirlash imkoniyati bo'lmay, u faqat namoyish etadi. Brouzerdan chiqmasdan turib, undagi buyruqlardan foydalanib, MS Win- dows, Notepad yoki joriy kompyuterda mavjud bo'lgan

boshqa

dasturiy

vositalar

yordamida

HTML

– hujjatni

tahrirlash mumkin. 4-Rasm. Hozirgi paytda operatsion tizim o’rnatilmoqda.
AXBOROT XAVFSIZLIGI
Hozir kompyuter sistemalari va telekommunikatsiyalar mamlakat mudofaa sistemasining ishonchliligi va xavfsizligini aniqlaydi, axborotni saqlash, ishlash, iste'molchiga yetkazish yo‘li bilan axborot texnologiyalarini amalga oshiradi. Jamiyatning avtomatlashtirishning yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalari xavfsizligi darajasiga bog`liq qilib qo'yadi. Haqiqatan, kompyuter sistemalarining keng ishlatilishi doimo o‘sib boruvchi axborot hajmini ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon bersa-da, bu jarayonlarni agressiv ta’sirlarga nisbatan ojiz qilib qo‘yadi. Binobarin, axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilar oldida yangi muammo – axborot xavfsizligi muammosi ko'ndalang bo`ldi.
Xavfsizlik muammosi, aslida, yangi muammo emas, chunki o‘z xavfsizligini ta’minlash har qanday sistema uchun, uning murakkabligi, tabiatidan qat'iy nazar, birlamchi vazifa hisoblanadi. Ammo himoyalanuvchi obyekt axborot sistemasi boisa yoki agressiv ta’sir vositalari axborot shaklida boisa, himoyaning mutlaq yangi texnologiyalarini va metodlarini yaratishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, ko‘pchilik foydalanadigan vaqti boinuvchi sistemalarda hamda aloqaning oddiy telefon liniyasi yoki ochiq kompyuter tarmoqlari orqali foydalanuvchi sistemalarda himoya vositalariga boigan talab yanada yuqoriroq bo`ladi. Ma’lumotlarni himoyalovchi metodlar hamda xakerlarga qarshi harakat vositalari majmuasini belgilash maqsadida kompyuter xavfsizligiatamasi ishlatila boshlandi. Ma’lumotlarni ishlovchi taqsimlangan sistemalaming paydo bo'lishi xavfsizlik masalasiga yangicha yondashish shakllanishiga olib keldi. Ma’lumki, bundaylar sistemalarda tarmoqlar va kommunikatsion uskuna foydalanuvchilarning terminallari bilan markaziy kompyuterlar o'rtasida ma’lumotlar almashishga xizmat qiladi. Shu sababli ma’lumotlar uzatiluvchi tarmoqlarni himoyalash zaruriyati tug'ildi va, shu bilan birga, tarmoq xavfsizligi atamasi paydo bo`ldi. Bunda alohida olingan lokal tarmoq emas, balki ma’lumotlarni ishlovchi birlashgan tarmoq bilan bogiangan korxona, hukumat idoralari va o‘quv yurtlari
tarmoqlari majmuasi ko'zda tutiladi. Kompyuter va tarmoq xavfsizligi o'rtasida
aniq chegara qo‘yib boimasligini ta’kidlash lozim. Xavfsizlik – hayotimizning biz har kuni to‘qnashadigan jihati: eshikni qulflaymiz, qimmatbaho narsalami begona ko'zlardan berkitamiz va hamyonni duch kelgan joyda qoldirmaymiz. Bu «raqamli dunyoga» ham rasm bo‘lishi shart, chunki har bir foydalanuvchining kompyuteri qaroqchi hujumi obyekti bo'lishi mumkin. Kommersiya tashkilotlari o'zining birinchi galdagi vazifasi bo'lmish xavfsizlikni ta’minlashni emas, balki uni ta’minlashga sarf etiladigan xarajatlarni muqarrar balo deb hisoblab kelganlar. Qandaydir darajada bu «oqilona ish»: nihoyat, usiz ham ish bajarishda to'siqlar to'lib-toshib yotibdi-ku?! Ammo firmaning barcha korporativ binolariga kecha- kunduz kirishga ruxsat berishga jurat etuvchi aqli raso «sanoat darchalari» ko'pmi? Albatta, yo'q! Hatto kichkina kompaniya binosiga kirishda ham sizni qorovul yoki kirishni chegaralovchi va nazoratlovchi tizim qarshi oladi. Axborotni qanday yo'qotish mumkinligini va bu qanday oqibatlarga olib kelishini barcha ham tushunavermaydi. Axborot quroli hujumda va mudofaada «elektron tezlik» bilan ishlatilishi mumkin.U eng ilg'or texnologiyalarga asoslangan bo'lib, harbiy nizolarni dastlabki bosqichda hal etishni ta’minlaydi hamda umummaqsad kuchlari
qoilanishini istisno qiladi. Axborot qurolini qoilanish strategiyasi hujumkor xarakterga ega. Ammo, ayniqsa, fuqarolik sektorida xususiy zaiflik nuqtayi nazari mavjud. Shu sababli bunday quroldan va axborot terrorizmidan himoyalanish muammosi hozir birinchi o'ringa chiqqan. Foydalanuvchilari dunyo tarmoqlarida ishlashni ta’minlovchi mamlakatlaming milliy axborot resurslari zaifligi – har ikki tomon uchun xavfli holat. Dushmanlaming axborot resurslari birgalikda zaifdir.
Axborot quroli deganda, axborot massivlarini yo'qotish, buzish yoki o'g'irlash vositalari, himoyalash tizimini yo'qotish, qonuniy foydalanuvchilar faoliyatini chegaralash, asbob-uskunalar va butun kompyuter tizimining ishlash tartibini buzish vositalari tushuniladi.
Hozir hujumkor axborot quroli sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

  • kompyuter viruslari– ko‘payish, dasturlarda o‘rnashish, aloqa liniyalari, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari bo'yicha uzatilish, boshqarish tizimlarini ishdan chiqarish va shu kabi qobiliyatlarga ega;

  • mantiqiy bombalar – signal bo'yicha yoki o'matilgan vaqtda

harakatga keltirish maqsadida harbiy yoki fuqaro infrastrukturalariga o'matiluvchi dasturlangan qurilmalar;

  • telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot almashinuvini boshqarish vositalari– davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotni soxtalashtirish;

  • testli dasturlarni betaraflashtirish vositalari;

  • obyekt dasturiy ta’minotiga ayg'oqchilar tomonidan atayin kiritiluvchi turli xil xatoliklar.

Universallik, maxfiylik, apparat-dasturiy amalga oshirilishining har xilligi, ta’sirining keskinligi, qo'llanish vaqti va joyini tanlash imkoniyati, nihoyat, foydaliligi axborot qurolini haddan tashqari xavfli qiladi. Bu qurolni, masalan, intellektual mulkni himoyalash vositasiga o'xshatib niqoblash mumkin. Bundan tashqari u, hatto, urush e'lon qilmasdan hujum harakatlarini avtonom tarzda olib borish imkonini beradi.
Axborot quroli qo'llanishining oldini olish yoki qoilanishi oqibatlarini bartaraf qilish uchun quyidagi choralami ko'rish lozim:

  • axborot resusrlarining fizik asosini tashkil etuvchi moddiy-texnik obyektlami himoyalash;

  • ma’lumotlar bazalari va banklarining bir me’yorda va muttasil ishlashini ta’minlash;

  • axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan, uni buzilishidan yoki yo'q qilinishidan himoyalash;

  • axborot sifatini saqlash (o'z vaqtidaligi, aniqligi, to'laligi va foydalanuvchanligi).

Tashkilotning himoyalash sistemasiga boigan haqiqiy ehtiyojini aniqlash va
xavfsizlikning mavjud barcha xilma-xil choralaridan kerakligini tanlashda turli
yondashishlardan foydalaniladi. Bunday yondashishlardan biri axborot himoyasining quyidagi uchta jihatiga asoslangan:

  1. Himoyaning buzilishi. Korxonaga tegishli axborotni saqlash va ishlatish xavfsizligiga zarar keltiruvchi har qanday harakatlar.

  2. Himoya mexanizmi. Himoyaning buzilishini aniqlash va bartaraf etish hamda buzilishlar oqibatini tugatish mexanizmlari.

  3. Himoya xizmati. Maiumotlami ishlash sistemalari va korxonaga tegishli axborotni tashish xavfsizligi saviyasini oshirishga moijallangan servis xizmati.

Kompyuter sistemasi yoki tarmog'i himoyasini buzishga urinishlarni kompyuter sistemasiga axborot bilan ta’minlovchi obyekt sifatida qarash orqali tasniflash mumkin. Umumiy holda axborot oqimining qandaydir manbadan (masalan, fayl yoki xotira qismi) adresatga (masalan, boshqa fayl yoki bevosita foydalanuvchiga) uzatilishi kuzatiladi.
Shu nuqtayi nazardan quyidagi hujumlarni farqlash mumkin:

  • uzish (raz'edineniye);

  • ushlab qolish (perexvat);

  • turlash (modifikatsiya);

  • soxtalashtirish (falsifikatsiya).

Yuqorida keltirilgan buzilishlar passiv va aktiv hujum atamalari bo'yicha tasniflanganda passiv tahdidga ushlab qolish mansub boisa, aktiv tahdidga uzish, turlash va soxtalashtirish mansub ekanligini ko'rish qiyin emas.
Passiv hujumlar natijasida uzatilayotgan ma’lumotlar ushlab qolinadi yoki monitoring amalga oshiriladi. Bunda buzg'unchining maqsadi uzatilayotgan axborotni ushlab qolishdir. Passiv buzilishlarni ikkita guruhga: axborotlar mazmunini fosh etish va m a’lumotlar oqimini tahlii etishga ajratish mumkin bo`ladi.




5-Rasm. Malakaviy amaliyot jarayonidan foto lavhalar


XULOSA
Xulosa qilib aytganda men malakaviy amaliyot davrimda O`zbekiston temir yo`llari aksionerlik jamiyatiga qarashli Urganch signallashtirish va aloqa masofasi korxonasida axborot texnologiyalari va tizimlari, shu jumladan, kompyuterlashtirish to`g`ri yo`lga qo`yilgan bo`lib, kadrlar bo`limida ishchi hizmatchi hodimlar to`g`risidagi barcha ma’lumotlar yig`ilib bazaga berilgan. Boshqa ma’lumotlar ham maxsus dastur bo`yicha yozilib boriladi. Korxona bug`galteriyasida ishchi xizmatchilarni oylik maoshlari hisob-kitoblari va har qanday davlat to`lovlari maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Texnik hujjatlar bo`limida hujjatlarni yaratish avtomtik qurilmalarning sxemalarini chizish va sxemalardan nusxa olish ishlari kompyuterlar yordamida bajariladi. K.I.P bo`limida harakat xavfsizligi priborlari (rele, blok, yarim o`tkazgich qurilmalar) davriylik muddatlari maxsus dasturlar asosida nazorat qilinadi. Ba’zi bir bekatlarda mavjud bo`lgan avtomatik qurilmalar ishlashi va nazorat qilish kompyuterlar yordamida amalga oshirishlarni o’rgandim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. X.Nigmatov, E.Fayzullayev, B.Tursunbayev, A.Abdug`aniyev “Zamonaviy axborot texnologiyalari”

  2. M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M.Mamarajabov “Axborot texnologiyalari”

  3. Urganch signallashtirish va aloqa masofasi korxonasining ustavi.

  4. Urganch signallashtirish va aloqa masofasi korxonasining ichki mehnat qoidalari.

Download 3.93 Mb.
1   2




Download 3.93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari

Download 3.93 Mb.