Axborot-tizimlari va texnologiyalari




Download 23.02 Kb.
Sana24.02.2024
Hajmi23.02 Kb.
#161829
Bog'liq
SHAXLO PSIXOLOGIYA2 — копия
Ziyodullayev J DBM 6-10, 5-5 Bug‘-suvli qizdirgichlarni issiqlik xisobi., 855, Mazvu Uzluksiz signallarni raqamli uzatish. Reja (1), httpsweb.hbcvip.org#pagesminewalletmoney-detail-listmoney-detail-listtype=2, DavrMobile 07.01.2023 23-26-36, Лаборатория иши Биполяр транзисторда ясалган уэ кучайтиргич схем, hFl4ixQI6bZs8a6X23Ev9M7u6Ux3Y1DZXWbHetSh, BRONZA QOTISHMASIDAGI, BOBOQULOVA GULMIRA, Asqar, Algoritmni loyihalash mustaqil ish 3, AYJ DASTURI, Zaxirani avtоmatik ulash (ZAU), Is gazidan ehtiyot bo (2)

O‘ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI MILLIY UNVERSITETI JIZZAX FIALIALI “AXBOROT-TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI” YO‘NALISHI 911-20 GURUH TALABASI KENJEBAYEVA SHAXLO


MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Pedagogik psixologiya: predmet, tuzilma, muammolari. Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi.

JIZZAX 2024


Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Mamlakatimizdagi mavjud barcha o’quv yurtlari ta’lim-tarbiyani to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o’ziga xos psihologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilish lozim bo’ladi. Bu borada yosh psihologiyasi va pedagogik psihologiya-hozirgi zamon psihologiya fanining eng rivojlangan tarmog’i bo’lib, u inson psixik jarayonining tabiati va uning qonuniyatlarini o’rganuvchi sohadir. Yosh davrlar psihologiyasi va pedagogik psihologiya fanlari bir-biriga uzviy bog’liqdir, chunki ularning har ikkisi bitta umumiy jarayonni-ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning hulq-atvorini tadqiq etadi. Bu ikki fan o’z navbatida psihologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmet va o’z tadqiqot vazifasiga egadir.
Yosh davrlar psihologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlarining psixik taraqqiyoti umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishning o’sishini, shuningdek turli yosh davrlarining psixologik hususiyatlarini o’rganadi. Ontogenez - (yunoncha, ontos-mavjud, jon, zot; genezis-kelib chiqish, paydo bo’lish) bo’lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarining rivojlanishidagi qonuniyatlar, undagi individning paydo yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos hususiyatlar - yosh davrlar psihologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib toppish jarayonining psihologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlar psihologiya fani ham o’z navbatida o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rganilsa yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi tabiiydir. Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’z qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh psihologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, bular: bolalar psihologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psihologiyasi, o’smirlar psihologiyasi, o’spirinlar psihologiyasi, katta yoshdagi kishilar psihologiyasi va qariyalar (yoki gerontopsihologiya) psihologiyasidir. Yosh psihologiyasi fanining nazariy vazifalari g’oyat muhim va murakkab bo’lib, u shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta’siri hususiyatlarini o’rganishdan iboratdir. Yosh psihologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va taraqqiy etishi hamda inson shaxsi psihologik hususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kiritilgan ilmiy dalillarni ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq qilish tashkil etadi.
Bu borada ayniqsa pedagogik psihologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psihologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma’lumki, keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, interfaol ta’lim metodlari) joriy qilinmoqda.
Pedagogik psixologiya - ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psihologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psihologiya ikki fanni, ya’ni psihologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlari tashkil etadi. Pedagogik psihologiya ta’lim-tarbiyaning ta’siri bilan o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni ham tadqiq etadi. Bundan tashqari, o’quv materiallarining o’quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psihologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psihologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psihologiya o’rganadi. Hozirgi vaqtda pedagogik psihologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psihologik asoslarini ishlab chiqishdan iboratbo’lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o’tish munosabati bilan bog’liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o’quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganadi hamda o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi.
Pedagogik psixologiya o’qitish va tarbiyaning psihologik asoslari haqidagi fandir. Buning ma’nosi shuki, pedagogik psihologiya o’quvchilar tomonidan bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirishning psihologik qonuniyatlarini va shuningdek, o’quv-tarbiya protsessida o’quvchilar shaxsining tarkib topishini o’rganadigan fandir.
Pedagogik psixologiya fani o’quvchilar shaxsining tarkib topishini va ularni o’qitish masalalarini o’rganar ekan, birinchi navbatda bolalar psihologiyasi bilan uzviy bog’liqdir, chunki bolalarning yosh va individual hususiyatlarini hisobga olmay turib, o’quvchilar shaxsining tarkib topishini, ularni o’qitish va tarbiyalashning psihologik qonuniyatlarini aniqlab bo’lmaydi. Pedagogik psixologiya o’qitish va tarbiyaning asosini o’rganib va ishlab chiqib, o’qitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan darsliklarga va turli o’quv qurollariga bo’lgan talabni aniqlash, o’qitish va tarbiyaning ratsional va samarali metodlarini topish, o’quvchi yoki tarbiyalanuvchilarning bilimlarga e’tiqod qilishiga erishish qonuniyatlarini ochish; o’quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyatiga tayyorlashning psihologik asoslarini ishlab chiqish imkoniyatiga egadir. Pedagogik psixologiyaning vazifasiga, shuningdek o’quvchilar va o’qituvchilar, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabati, o’qituvchi shaxsiga nisbatan qo’yiladigan talablarni o’rganish, o’qituvchilik qobiliyatining mazmunini va uning tarkib topishini ochib berish va boshqa masalalarni ham o’rganish kiradi. Pedagogik psixologiya ta’lim muassasalarida o’qitish protsessida o’quvchilar tomonidan bilim va malakalarni egallashning qonuniyatlarini va tarbiya protsessida bola shaxsining tarkib topishini o’rganadi. O’qitish va tarbiyalashning psihologik qonuniyatlarini o’rganish pedagogik psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar tafakkurining shakllanishini tekshiradi; o’zlashtirish protsessini idora qilish, aqliy faoliyat usullari va malakalarining tarkib topish muammolarini o’rganadi, o’qitish protsessining, o’quvchi va o’qituvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi munosabatlarning, ta’lim oluvchilar jamoasidagi o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli bo’lishiga ta’sir qiladigan psihologik faktorlarni aniqlaydi; o’quvchilarning individual psihologik tafovutini, bolalar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlarining psihologik hususiyatlarini o’rganadi.
Yosh psihologiyasining predmeti rivojlanayotgan inson shaxsining psihologik hususiyatlari va psixik jarayonlari ontogenezini va inson psixikasining har bir yosh davridagi o’zgarishini o’rganadi. Yosh psihologiyasining bo’limlariga quyidagilar kiradi: bolalar psihologiyasi, kichik maktab o’quvchilari psihologiyasi, o’smirlar, o’spirinlar, kattalar psihologiyasi, geronto psihologiyasi, ya’ni qariyalar psihologiyasi. Pedagogik psihologiyaning predmeti ta’lim tarbiyaning psihologik qonuniyatlarini o’rganadi. Pedagogik psihologiya ta’lim jarayonini boshqarishning psihologik masalalarini o’rganadi. Bilish jarayonlarining rivojlanishini tekshiradi. Aqliy taraqqiyotning ishonchli mezonlarini izlaydi.
Tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o’zaro masalalarni o’rganadi.
Bundan tashqari pedagogik psihologiya bolalarga individual yondashuv masalalarini ham o’rganadi. Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti turli yoshidagi odamlarning bolalar, kattalar, erkaklar, ayollarning ontogenezda psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o’zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Yosh psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va xk) rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o’yin, o’qish, mehnat kabilar), er va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu soxadagi ma’lumotlarni tuplash ham mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi. Bolaning tugilishidan voyaga etguncha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo’lguncha ulgayishi va shaxsning tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharxlash yoshlar psixologiyasining muxim jihatidir. Inson zotining turli jihatlarini o’rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, pedagogika, etnografiya kabi fanlar shug’ullangani kabi, bolaning kamol topishidagi qonuniyatlarini, uning psixikasini, ongining o’sishini belgilovchi ijtimoiy omillar hamda psixologik mexanizmlarni umuman, inson zotining tugilganidan voyaga etguncha psixik rivojlanishini psixologiya fanlari sistemasining aloxida soxasi - yosh davrlar psixologiyasi fani o’rgatadi va tadqiq qiladi.
Fanning vazifalari: - talabalarga voqelik va jamiyatdagi voqea-hodisalarning, jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlari, turli yosh davrlarida psixik taraqqiyot qonunlarini o’zlashtirib psixodiagnostik tadqiqotlar olib borishga, o’quvchilarga individual yondasha bilishga, pedagogik-psixologik holatlarni rejalashtira olib, ularni tahlil etishga o’rgatishdan iborat. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy va markaziy muammosi bolaning psixik jihatdan o’sishi, unga xos xusussiyat va qonuniyatlarini yoritib berishdan iboratdir. Bu muammoni to’g’ri xal etish bolalar psixologiyasining fan sifatida yanada taraqqiy etishi uchun ham, o’sayotgan avlodni komil inson qilib tarbiyalash amaliyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu soxadagi ma’lumotlarni tuplash ham mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi. Bolaning tugilishidan voyaga etguncha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo’lguncha ulgayishi va shaxsning tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharxlash yoshlar psixologiyasining muxim jihatidir. Xali psixologiya fani paydo bo’lmasdan avval bolani ruxiy taraqqiyoti
haqidagi masalalarga katta e’tibor berilgan edi. Bolaning rivojlanishi haqidagi
fikrlar juda sodda bo’lishiga qaramay, ular bola taraqqiyoti haqida muhim ahamiyat kasb etar edi. O’tgan ajdodlarimiz bolalar psixologiyasidagi muammolarni izchil va atroflicha o’rganmagan bo’lsalar ham, lekin ularning o’z asarlarida o’zining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar. Ma’lumki, O’rta Osiyo xalqlari uzoq o’tmishga, ko’p asrlik tarixga, boy madaniy merosga ega edilar. O’rta Osiyoni markazida joylashgan O’zbekiston Sharqning eng qadimiy, madaniy uchoqlaridan biri bo’lib, u jahon fani tarixiga munosib hissa qo’shgan. Xorazmlik olim Al Xorazmiy nomi «algoritm» degan termin orqali, Evropada Alfrachanus nomi bilan mashhur bo’lgan olim Ahmad al Farg’oniy «Astronomiya asoslari» asari bilan bizgacha etib keldi. Abu Rayhon Beruniy ijdodida «Tana va Rux» ga oid hodisalar talqin qilindi. U odamlar o’z tabiati jihatidan bir-biridan farq qilishini, bu farq uning mijozi, fe’l atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon bo’lishini ta’kidladi. U inson hayotini biologik va irsiy omillar bilan bog’laydi. Uning zamondoshi Abu Nasr Farobiy insonning ruhiy jarayonlari bilan fiziologik jarayonlari orasidagi bog’liqlik, dunyoni bilish haqidagi ta’limoti bilan shuhrat qozondi. U axloqiy sifatlar tug’ma bo’lmay, balki mashqlar, ko’nikma va malakalar, odatlar natijasi deb uqtiradi. Bu erda irodaning ahamiyati o’lkanligini, uning yordamida kishi o’zida hissiy va ma’naviy ehtiyojlarni ongli ravishda tanlash ko’nikmasiga ega bo’ladi deydi.
Farobiyning ta’limoti Ibn Sino qarshilarining shakllanishiga kuchli ta’sir qiladi. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi asab va asab yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan bog’liq psixik jarayonlar haqida fikr yuritadi. U bola tarbiyasiga alohida e’tibor berdi va jismoniy tarbiya sog’lom va tetik insonni shakllantirishning muhim omili ekanini, bolaning tug’ilgandan boshlab, bolalikdan o’smirlikka o’tish davrida sog’lom turmush tarzini shakllantirishni tavsiya etdi. Ibn Sino atrof-muhit va organizm orasidagi o’zaro bog’liqlikni hisobga olib, har bir a’zo uchun maxsus mashqlar majmuasini tuzdi.Shuningdek, Yusuf Xos Xojib o’zining «Qutadg’u bilik» asarida eng komil, jamiyatning talablariga javob beradigan insonni tarbiyalash, A.Jomiy asarlarida («Tuxfatul axror») ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb-hunar o’rgatish, yoshlarda yaxshi hislatlarni, odoblilikni shakllantirish haqidagi fikrlar bayon etilgan. Axmad Yassaviyning mehr-sahovatli bo’lish haqidagi qarashlari, Imom al-Buxoriy ijodidagi shaxslararo munosabatlar, Baxovuddin Naqshbandiy ijodida aql va dunyoqarashning shakllanishi, A.Navoiy faoliyatida ilmiy ta’lim – tarbiyaning asoslanishi kabilar boy meros sifatida ahamiyatlidir. Ular ijodida aynan bolalarda ruhiy jarayonlarning paydo bo’lishi yoki shakllanib borishi haqida batafsil fikr yuritilmagan bo’lsa ham ularning shaxs xalovati haqidagi fikrlari bolalarda ruhiy jarayon va xususiyatlarni shakllanishi uchun imkon yaratadi. Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu soxadagi ma’lumotlarni to’plash, ta’lim-tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va ta’lim-tarbiya ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabilar kiradi. Pedagogik psihologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib vujudga keldi va psihologiya faniga genetik g’oyalarning kirishi bilan yanada rivojlandi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari pedagogik, psihologik g’oyalarning rivojlanishiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Jumladan u “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida shunday deb yozadi: “Insonni har tomonlama tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi kerak”. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida pedagogikada pedagogik eksperimentni qo’llashning maxsus yo’llari topildi. Umumiy psihologiyadagi eksperimentning sezilarli yutuqlari (Veber va Fexner tomonidan psixofizik qonunlarning ochilishi, Lebengaus tomonidan xotiraning o’rganilishi) uni yosh va pedagogik- psihologiyada ham qo’llash imkonini beradi. Pedagogik psihologiyaning rivojlanishidagi dastlabki tajribalar natijasida qo’yidagi xulosalar yuzaga keldi. Psihologiyaning pedagogic amaliyot bilan yaqinlashishi, ta’lim va tarbiya jarayonining eksperimental tadqiq qilinishi yo’lidagina mumkindir.
XX asr boshlarida bolalar psixik taraqqiyoti manbalarini har tomonlama talqin etuvchi 2 oqim paydo bo’ladi. Bu oqimlar bir-biridan bola taraqqiyoti asosiga qanday omilni olishiga qarab farqlaydilar:

  1. Biogenetik oqim

  2. Sotsiogenetik oqim

Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil oʻzlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.[1] O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalarda, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari bayon qilingan. Qadim zamonlardanoq Turon, Turkiston xalqi o’zining ko’hna tarixi, boy merosi, rang-barang va yuksak madaniyati, urf-odat va an’analari bilan ajralib turgan. Bu xalqning buyuk siymolari milliy va jahon ilm fani va madaniyatining barcha sohalari rivojiga salmoqli xissa qo’shib kelganlar.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog’liq bo’lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o’zaro o’zviy bog’liq bo’lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o’z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng etuk maxsuli bo’ladi, deb ta’kidlaydi. O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining doxiysi Abu Ali ibn Sinoning inson ruhiyati, tana va kalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoklanishi holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. U o’z asarlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoniy», «Maxbub-ul-qulub» va boshqa shu singari asarlarida etuk, barkamol insonning ahloqi, ma’naviyati, o’zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning karor topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Yoshlar psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga kator omillar va holatlar sabab bo’lgan. Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tugilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olindi. Yosh davrlari psixologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. U ham boshqa fanlar katorida rivojlanadi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta bo’ladi. Bolalarning yoshlik xususiyatlari ta’lim va tarbiya bilan shug’ullanuvchi kishilarni eng qadimdan beri qiziqtirib keldi.
Bu masalalarga Yan Amos Komenskiy (1592-1670), Frebel (1782-1852), I.G.Pestalotssi (1746-827) va boshqalar ham katta e’tibor berganlar.
Ta’lim va tarbiya ishlari amaliyotida bolalarning diqqat, idrok, xotira, tafakkur va nutq xususiyatlari haqida boy materiallar to’plagan.
XIX asrning ikkinchi yarmida yosh (bolalar) psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi sifatida shakllana boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishi haqida birinchi bo’lib nemis fiziologi V. Preer (1841-1891) o’zining «Bola qalbi* (1882) degan asarida sistemali ma’lumot berdi. XX asrning boshida bolalar psixologiyasidan katta tekshirish ishlari olib boriladi: V.Shtern (1872-1938) «ILk bolalikda xotirlash, guvohlik va yolg’on*; Ernest Meymak ( 918-62 1915) «Eksperimental pedagogikadan leksiyalar* uch tom, «Eksperimental pedagogikadan ocherklar*, Byuler Karl «Bolaning ruhiy rivojlanishi*, Piaje Jan (1896) «Bolaning nutqi va tafakkuri*.
Bolalarning yoshlik xususiyatlarini o’rganish sohasida K.D. Ushinskiy va P.F. Kapterev (1849-1922) lar tomonidan juda ko’p ishlar qilindi.
Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti sifatida* degan katta asari yosh psixologiyasi va bolalar psixologiyasi sohasidagi chuqur mazmundor asar sifatida hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Psixologiya taraqqiyotida P. Blonskiy (1884-1941) ning «Psixologik ocherklar* va L.S.Vigotskiyning (1896—1934) «Tanlangan psixologik asarlari* kabi tekshirishlari katta o’rin egalladi. Psixologlarning tadqiqotlari inson ongining turli yoshda rvojlanishi uning hayot sharoitlariga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Bu rivojlanishning hal qiluvchi omillari ta’lim va tarbiya, shuningdek, rivojlanayotgan odamning shaxsiy faoliyatidir. A.A. Smirnov, A.N. Leontev, N.D. .Levitov, N.A. Menchin-skaya, A.A. Lyublinskaya, D.B. Elkonin, L.I. Bojovich, M.V. Zaporojets va boshqalarning ishlari xuddi mana shu yo’nalishda bormoqda.
Download 23.02 Kb.




Download 23.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot-tizimlari va texnologiyalari

Download 23.02 Kb.