|
Axborotlarning analitik maxsuloti va xizmati
|
bet | 1/3 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 24,01 Kb. | | #137585 | Turi | Referat |
Bog'liq Axborotlarning analitik maxsuloti va xizmati
“Axborotlarning analitik maxsuloti va xizmati” fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
Kirish
Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar konspekti va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va Internet materiallari bilan ishlashni, amaliyot ishlarini o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishni, referatlar yozishni, kurs loyihasiga ijodiy yondashib, standart talablariga mos ravishda mustaqil ish bajarishni o‘z ichiga oladi.
1.MUSTAQIL ISH TUZILMASI
Mustaqil ishi quyidagi qismlardan tashkil topishi lozim:
Titul varag‘i;
Mundarija;
Kirish;
Mo‘ljallangan mavzuning tahlili va masalani qo‘yilishi;
Bo‘limlar
Xulosa (yoki mulohaza);
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ilova (agar lozim bo‘lsa).
Titul varaqa mustaqil ishining birinchi beti hisoblanib, qat’iy ravishda tasdiqlangan qoida bo‘yicha to‘ldiriladi (titul varag‘ining namunasi 1 ilovada keltirilgan); titul varag‘idan so‘ng mundarija joylashtiriladi.
Mundarija – mustaqil ishining qism, bo‘lim va paragraflarining ro‘yxati.Mustaqilishning bo‘lim va paragraflarining nomlari qisqartirilgan holda yoki tasdiqlangan qoidadan boshqa ko‘rinishda berish mumkin emas.
Kirish qismida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
Mavzuning dolzarbligi;
Fan sohasini formal tasnifi;
Ushbu sohadagi muammolar va mazkur ishning zarurati;
Loyihaning maqsadi va vazifalari (samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash);
Masalaning noformal tavsifi (mazkur ishning maqsadi)
Bo‘limda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
Tadqiqot ob’ektining qisqacha tavsifi. Funksional tuzilmasi, tarkibi va masalalarning o‘zaro ta’siri;
Ushbu soha muammolarining tahlili va rivojlantirish istiqbollari;
Qaralayotgan sohaga nisbatan masallaning umumiy qo‘yilishi – maqsadni formulirovka qilish va yechimga talablar;
Mavjud yechimlarni sharhi, ularning ustunliklari va kamchiliklari, qo‘yilgan talablarga mosligi;
Masalani qo‘yishva sohani talablarini hamda mavjud yechimlarni kamchiliklarini hisobga olgan holda mazkur ishga talablarni aniqlash;
Mustaqil ishda bajarilgan ishlarning xulosasi «Xulosa» degan bo‘limda keltiriladi. Har bir xulosa asoslangan bo‘lib, qo‘yilgan masalani bajarilganlik darajasi hamda kelgusida rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Faqatgina jiddiy tahlil qilingan va tekshirilgan natijalar asosida xulosa chiqarish tavsiya etiladi. Xulosalar qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim. Umuman olganda, har bir o‘quvchi ishning “Kirish” va “Xulosa” qismini o‘qib chiqqandan so‘ng ishning maqsadi va erishilgan natijalar bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
Adabiyotlar ro‘yxatiga muallif foydalangan barcha manbalar kiritiladi.
Mustaqil ishning ilova qismida bajarilgan ishning agar dasturiy ta’minot bo‘lsa dastur kodlari, namoyishga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi.
|
| |