• Darsning tarbiyaviy maqsadi
  • Asosiy tushunchalar: Axborotlarni ikkilikda kodlash, axborot miqdori va uzatish tezligi, ularning birliklari. Dars turi
  • Baholash
  • Darsning borishi: Mavzuni boshlashga hozirlik
  • Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi




    Download 20 Kb.
    bet1/4
    Sana12.11.2023
    Hajmi20 Kb.
    #97590
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
    8 sinf 115 savol 115 javob, Чертеж3, Чертеж1, Author Innovative Business Models for the Automotive Industry, FuelrequirementsofSIEngines, Informatika va raqamli iqtisodiyot Ma’ruza rejasi-fayllar.org, 12 Umarov

    Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

    7-sinf uchun “Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi” mavzusidagi

    dars ishlanmasi
    Darsning ta’limiy maqsadi:
    O‘quvchilarga axborotlarni kompyuterda tasvirlanishi hamda kompyuterning arifmetik asosi haqida ma’lumot berish.


    Darsning tarbiyaviy maqsadi:
    O‘quvchilarni mantiqiy va abstrakt fikrlashga yo‘naltirish. Hamkorlikdagi faoliyatda ma’suliyatni bo‘lisha olish.


    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
    O‘quvchilarning kompyuter haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. G‘oya va fikrlarni og‘zaki va va yozma tarzda aniq va samarali ifoda etish, yangi g‘oyalarni rivojlantirish, qo‘lash va boshqalarga yetkaza olish malakalarini rivojlantirish.

    Asosiy tushunchalar:
    Axborotlarni ikkilikda kodlash, axborot miqdori va uzatish tezligi, ularning birliklari.

    Dars turi: yangi bilim beruvchi
    Uslub: sinf bilan ishlash, guruh bilan ishlash
    Usul: rivojlantiruvchita’lim texnoliyasi. “Zig-Zag” metodi.Kommunikativ aloqa, suhbat.
    Vosita: tarqatma materiallar, vatman, marker, kartochkalar, sxemalar
    Nazorat: og‘zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish

    Baholash:rag‘batlantirish, yangi amalga kiritilgan reyting tizimi asosida baholash.
    O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar:

    Elektron vositalarda axborotni yig‘ish, qayta ishlash kompetensiyasi: Axborot o‘lchov birligidan foydalanib uzatiladigan axborotlar hajmini o‘lchash. Axborotning kompyuterda tasvirlanishini ko‘rsata olish.
    Darsning borishi:

    Mavzuni boshlashga hozirlik:
    Informatika darsligi va plakatlar, tarqatma materiallar tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.

    Mavzuni yoritish:
    Yangi mavzuni tushuntirishda “Zig-zag” metodidan foydalanamiz. Sinf mayda guruhlarga bo‘linadi. Spiker-boshliq saylanadi.Guruhdagi o‘quvchilar raqamlanadi. So‘ng boshqa guruhlardagi bir hil raqamli o‘quvchilar bilan birlashadi. Natijada boshqa bir hil raqamli o‘quvchilardan iborat bo‘lgan guruhlar hosil bo‘ladi. Guruhlarga topshiriq beriladi.


    1-guruhga:
    Kompyuter raqamlarning o‘zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo’q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkinchisini esa 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo’lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan.Bu usul qisqacha qilib, ikkilik kodlash deb ham ataladi. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andazalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali yordamida ikkilik belgilar ketma-ketligida ifodalanadi.


    2-guruhga:
    Kodlash ikki xil turga bo‘linadi: tekis va notekis. Notekis kodga Morze usuli mos keladi.Hisoblash texnikasida odatda tekis kodlash usulidan foydalaniladi. Ular qatoriga axborotlarni kiritish va chiqarish uchun EHMda foydalaniladigan axborot almashish kodi AAK-8 va ikkilik axborot almashish kodi IAAK va boshqalarni kiritish mumkin.
    Kompyuterda barcha harf, raqam va belgilar faqat ikkita raqam asosida ifodalanadi. Kompyuterlarda bitta belgi sakkizta 0 va 1 dan iborat raqamlar ketma-ketligi bilan kodlanadi. Shu 8 ta belgining har biri bit deb nomlanadi. 8 ta bit esa bir baytni tashkil etadi.
    8 ta nol va birlarning turli kombinatsiyaasidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin.



    Download 20 Kb.
      1   2   3   4




    Download 20 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

    Download 20 Kb.