|
Axborotni eng kichik o‘lchov birligi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1 Bit = Binary Digit (eng kichik)
|
bet | 2/8 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 86,5 Kb. | | #134888 |
Maхfiy aхborot nima?
"Axborotlashtirish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining Qonunida bu haqida aniq ma’lumot berilgan. Qonunning 13-moddasida aytilishicha, jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kiradi. Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Qaysi sanoq sistеmasida 21+24=100 tеnglik o‘rinli?
Yechish: x – qidirilayotgan sanoq sistemasini asosi bo‘lsin. U holda 100x = 1·x2 + 0·x1 + 0·x0, 21x = 2·x1 + 1·x0, 24x = 2·x1 + 4·x0 bo‘ladi. Demak, x2 = 2x + 2x + 5 yoki x2 - 4x - 5 = 0 bo‘ladi. Bu tenglamaning musbat yechimi x=5 bo‘ladi. Demak, sonlar beshlik sanoq sistemasida berilgan ekan.
“Axborot tеxnologiyalari” fani nimalarni o‘rganadi?
bu kompyuter tizimlari, dasturiy taʼminot, dasturlash tillari, maʼlumotlar, maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlashni oʻz ichiga olgan tegishli sohalar toʻplami. Axborot texnologiyalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning bir qismini tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari tizimi (IT tizimi) — odatda, axborot tizimi, aloqa tizimi yoki aniqrogʻi, kompyuter tizimi, jumladan, barcha apparat, dasturiy taʼminot va periferik jihozlar — cheklangan AT foydalanuvchilari guruhi va IT loyihasi tomonidan boshqariladigan tizim va odatda IT tizimini ishga tushirish va joriy etishni nazarda tutadi.
|
| |