• Axborot xavfsizligi
  • Axborotni xavfsizligi, kiberjinoyatchilik va axborotga tahdidlar. 1-Mavzu: Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi. Tayanch iboralar




    Download 128,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana16.05.2024
    Hajmi128,67 Kb.
    #238929
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 mavzu




    I-Bob. AXBOROTNI XAVFSIZLIGI, KIBERJINOYATCHILIK VA 
    AXBOROTGA TAHDIDLAR. 
    1-Mavzu:Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy 
    konsepsiyasi. 
    Tayanch iboralar:
    axborot, axborot xavfsizligi, ommaviy axborot, maxfiy 
    axborot, hujjatlashtirilgan axborot, konfedensial axborot.
     
    Axborot xavfsizligi
    – tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish. 
    Axborot xavfsizligi ko‗p qirrali faoliyat sohasi bo‗lib, unga faqat tizimli va 
    kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin 
    O‗zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli 
    «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‗g‗risida»gi qonunida axborot va 
    uning turlari to‗g‗risida quyidagi ta‘riflar keltirilgan:
    axborot
    – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar shaxslar, 
    predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; 
    axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini 
    olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;
    ommaviy axborot
    – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‗ljallangan 
    hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va 
    materiallar;
    hujjatlashtirilgan axborot
    – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi 
    rekvizitlari qo‗yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
    maxfiy axborot
    – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab 
    qo‗yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta‘rif O‗zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasining «O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy 
    axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar 
    to‗g‗risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ–1572-son qarorini amalga oshirish chora-
    tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296sonli qarorida quyidagicha ifodalangan:
    maxfiy axborot
    – O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq 
    foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‗lmagan 
    hujjatlashtirilgan axborot.

    Download 128,67 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 128,67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotni xavfsizligi, kiberjinoyatchilik va axborotga tahdidlar. 1-Mavzu: Axborotni muhofaza qilish, axborot xavfsizligi va uning zamonaviy konsepsiyasi. Tayanch iboralar

    Download 128,67 Kb.
    Pdf ko'rish