-mavzu; Axborot xavfsizligi konsepsiyasi




Download 0.52 Mb.
bet2/22
Sana24.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#36935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Axborotni ximoya qilish deganda
QONUN USTUVORLIGI TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI, Реферата система библиотечных каталогов Области библиографическо

1-mavzu; Axborot xavfsizligi konsepsiyasi




2-mavzu; Xavfsizlikning asosiy yo’nalishlari


Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli jabhalarida keng qo’llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, xarbiy ish, turli texnologiyalarni boshqarish va x.k.)


Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga xam ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo’lmoqda.


Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo’lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda ham Kompyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot qurollarini qo’llash ehtimoli katta.


Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo’llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko’rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.


Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo’lga qo’yish mumkin.


Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy tahminoti.
Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi tahlil etilsa qayg’uli manzaraga ega bo’lamiz. Kompyuter jinoyatchiligi yetkazgan zararni narkotik moddalar va qurollarning noqonuniy aylanishidan olingan foydaga qiyoslash mumkin. Faqat AQSHda "elektron jinoyatchilar" yetkazgan har yilgi zarar qariyb 100 mlrd. dollarni tashkil etar ekan.
Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyatining boshqa sohalarida ham vaziyat yaxshi emas. Yildan-yilga xuquqni muhofaza qiluvchi organlariga kompyuter jinoyatchiligi xususidagi murojaatlar oshib bormoqda.
Barcha mutaxassislar viruslarning tarqalishi bilan bir qatorda tashqi xujumlarning keskin oshganligini e’tirof etmoqdalar. Ko’rinib turibdiki, kompyuter jinoyatchiligi natijasida zarar qat’iy ortmoqda. Ammo kompyuter jinoyatchiligi ko’pincha "virtual" qalloblar tomonidan amalga oshiriladi deyish haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Hozircha kompyuter tarmoqlariga suqilib kirish xavfi har biri o’zining usuliga ega bo’lgan xakerlar, krakerlar va kompyuter qaroqchilari tomonidan kelmoqda.
Xakerlar, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan, maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga ki-rish niyatlari borligini bildirib qo’yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar (cracker) — elektron "o’g’rilar" manfaat maqsadida dasturlarni buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog’i bo’yicha tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari — raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus xizmatlari buyurtmasi bo’yicha axborotni o’g’irlovchi firma va kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul mablag’larini o’g’irlash bilan ham shug’ullanadilar.
Ba’zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal biznes o’ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat biznesining an’anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko’p bo’lmasa) oshishiga sabab bo’ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari mavjud emas.



Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu; Axborot xavfsizligi konsepsiyasi

Download 0.52 Mb.