-mavzu; Virusdan himoyalanish tizimini yaratish




Download 0.52 Mb.
bet7/22
Sana24.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#36935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Axborotni ximoya qilish deganda
QONUN USTUVORLIGI TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI, Реферата система библиотечных каталогов Области библиографическо

6-mavzu; Virusdan himoyalanish tizimini yaratish.


Viruslardan himoyalanishning asosiy vositalari


Eng yaxshi himoya turi - viruslarni qay tarzda ta'sir etishini bilishdir. Viruslar oddiy programmalar bo`lib, biror g`aroyib kuchga ega emaslar.


Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi biror-bir zararlangan programma ishlashni talab qilinadi. Shuning uchun kompyuterning birlamchi zararlanishi quyidagi hollarda ro`y beradi:





  • kompyuterdagi virus bilan zararlangan programmalar yuklanishi (COM,

BAT yoki EXE fayllar) yoki moduli zararlangan programmaning ishlatilishi;



  • kompyuterga virusli disketning yuklanishi;

 kompyuterga zararlangan OS yoki qurilmalarning zararlangan drayverlarining o`rnatilishi.


Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanish mumkin:






  • axborot nusxalarini ko`chirish, shuningdek disklar va axborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish, disklarni jismoniy zararlanishdan, programmalarni esa buzilishdan saqlash;




  • axborotdan noqonuniy foydalanishni cheklash, xususan, programma va ma'lumotlarning viruslar ta'sirida o`zgarishidan, noto`g`ri ishlayotgan programmalar va foydalanuvchilarning noto`g`ri harakatlaridan himoya qilish;







  • viruslar bilan kurashuvchi maxsus programmalardan foydalanish. Viruslar bilan kurashuvchi ba'zi programmalar (antiviruslar) Antiviruslarni quyidagicha guruhlash mumkin:




  • detektor va doktor-viruslar bilan zararlangan fayllar va zararlantiruvchi virus turini aniqlaydigan programmalar (Aids, doktor Web, Virus Scan, NU VS). Bu turdagi antiviruslar fayllarda viruslarning bayt kombinatsiyalari mavjudligini tekshirib, mos bo`lgan axborotni ekranga chiqarib beradi. Ba'zi detektor programmalar viruslarning yangi turlariga moslasha oladi, buning uchun shu viruslarga mos bo`lgan baytlar kombinatsiyasini belgilab

berish kerak. Doktorning vazifasi zararlangan fayllar va disk sohalarini tekshirib, ularni dastlabki holatiga qaytarishdir. Tiklanmagan fayllar, odatda, ishlatib bo`lmaydigan holga tushadi yoki yo`q qilib yuboriladi.



  • vaksina programmalar yoki immunizatorlar disk yoki programmalarni shunday o`zgartiradiki, bu narsa programmalarning ishida namoyon bo`lmaydi, lekin vaksinatsiya ishlatilganda virus programma va disklarni zararlagan deb hisoblaydi.

Windows lar uchun Doctor Web Bu programma 32 bitli Windows turkumidagi operatsion sistemalar uchun mo`ljallangan bo`lib, qisqacha DrWeb32W deb ataladi.


DrWeb32W funksional jihatdan DOS ning DrWeb antivirusiga o`xshash. Lekin DrWeb ning4.0 versiyasidan boshlab antivirus programma ishlashining arxitekturasi va algoritmiga sezilarli o`zgartirishlar kiritilgan. Bu esa o`z navbatida yangi antiviruslar yaratilishiga asos bo`ldi. DrWeb 4.0 antivirusining asosiy yangiligi modul prinsiplarining qo`llanilganidir, ya'ni viruslar bazasi alohida faylda tashkil etilgan bo`lib, u asosiy programma ishga tushgandan so`ng qo`shimcha fayl sifatida yuklanadi. Natijada operativ xotira yetishmovchiligining oldi olinadi.DrWeb32 antivirus programmasida programma biror muhitda (masalan, Windows 95/98/NT) ishlaydigan qobiq programma va muhitga bog`liq bo`lmagan yadrodan tashkil topadi. Programmalarni bunday tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega:





  • bitta virus bazasining faylidan DOS ning DrWeb programmasi uchun ham, Windows 95/98/NT, OS/2, Novell Netware uchun ham foydalanish mumkin;




  • programmaning yadrosini boshqa qobiq programmalar va amaliy dasturlarga ulash mumkin;




  • qobiq programmalar, yadrolar va virus bazalarini Internet tarmog`i orqali avtomatik kengaytirish hamda yangilash imkonini beradi.




  • DrWeb32 ning yana boshqa yangiliklaridan biri uning test qilinadigan obyektlarni ixtiyoriy diskdagi kataloglar ro`yxatidan (hatto alohida fayllarni ham) tanlash imkoniyatining mavjudligidir




Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu; Virusdan himoyalanish tizimini yaratish

Download 0.52 Mb.