-mavzu; Virusdan himoyalanish




Download 0.52 Mb.
bet6/22
Sana24.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#36935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Axborotni ximoya qilish deganda
QONUN USTUVORLIGI TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI, Реферата система библиотечных каталогов Области библиографическо

5-mavzu; Virusdan himoyalanish


Buzish darajasi bo'yicha viruslarni shartli ravishda ikki turga -"illyuzion" va "vandallar" ga bo'lish mumkin. "Illyuzion" guruh qandaydir yoqimli musiqa sadosi yoki namoyish orqali virusni yuqtiradi.


"Vandal" so'zining o'zbekcha lug'aviy ma'nosi - madaniy yodgorliklarni harob etuvchi, xuddi shunday "vandallar" dasturni harob qiladi. Bu toifa viruslar yopiq holatda fayllarni bildirmasdan ishdan chiqaradi.


Tabiiyki, ham fayl tizimini, ham yuklash (Boot) cektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham 1. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullarini sinflashtirish. Dastlabki nazorat:Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish.


Profilaktika: "Yozishdan himoyalangan" disketalar bilan ishlash, yozish uchun disketadan foydalanishni minimallashtirish, ilgarigi va amaldagi disketalarni alohida saqlash, dasturlarni vinchesterda arxivlangan holdasaqlash. Taftish (Reviziya): Yangidasturlarni maxsus dasturlar yordamida tekshirish.
Karantin:

Har qanday yangi dastur yangi karantin muddatini o'tashi lozim. Ular mutaxassislar tomonidan viruslargtekshirilgabo'lishikerak.


Filtrlashtirish:
FluSbot Plus, MaceVaccine, ANTIWS2 turdagi dasturlar orqali ehtimoldagi

viruslarni tutish.


Terapiya: (davolash).

Dasturni dastlabki "sog'lom" holatga keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli viruslarni "tishlab olib tashlash"usulibilanamalgaoshiriladi.


Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, virusdan himoyalanishning bir necha turdagi dasturiy vositalari mavjud: dastur-detektorlar (disketa yoki diskdagi viruslarni "tutadi") va dastur-faglar (viruslardan davolaydi). Ular har bir foydalanuvchida bo'lishi va kompyuter ishga tushirilishidan oldin doimo sinab ko'rilishi kerak.


Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, koplab keng tarqalgan viruslarni "ushlaydi". Dastur-fayllar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda. Bu, bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish lozim. "1 gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng" maqoli naqadar to'g'ri.


Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarga batafsil to'xtab o'tamiz.


Antivirus vositalarini qo'llashdagi eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato - zararlangan kompyuterda ularni ishlatib yuborishdir. Virus aniqlangach, keyingi hatti-harakat quyidagicha bo'ladi:


kompyuterni o'chiring va uni himoyalangan sistemali disket yordamida qayta yuklang (bunday disketa Sizda albatta bo'lishi kerak). Mazkur disketada antivirus dasturlari joylashgan bo'lishi kerak.


Antivirus dasturini ishga tushiring.

Zararlangan operasion sistemalarda amallarni bajarish va dasturlarni ishga tushirish qo'pol xato va misli ko'rilmagan yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Jumladan, bunda hali zararlanmagan dasturlar ham talofat ko'rishi mumkin. Masalan, Sizning kompyuteringiz RCE-1800 virusi bilan zararlangan bo'lsin. Mazkur virusga mo'ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan ishlatish qolgan yuklovchi modullarni ham ishdan chiqaradi.


Yana ko'p uchraydigan xatolardan biri antivirus vositalarini haddan tashqari ishonish. Garchand, bunday dasturlarni juda yuqori darajadagi dasturchilar yaratsalar-da, ular har doim ham ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham xatolardan holi emas. Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida "detektor-faga"ning o'zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni aniqlashda ham, ularni davolashda ham xatolar bo'lishi mumkin.


Ishlatilayotgan detektorlar ko'pincha viruslarni payqamay, zararlangan fayllarni o'tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur McAFee Associates firmasiga tegishli SCAN kompleks detektori bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni payqamay o'tkazib yuboradi va yangi, bir nechta yolg'on ishlanmalar beradi. Shuning uchun bir nechta detektorlarni bir yo'la qo'llash "ovoz berish yo'li bilan" zararli dasturlarning ro'yxatini tuzish mumkin.


Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo'llash samarasiz ekanligini ta'kidlash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks holda, detektor mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga noo'rin dasturning foydali qismini "tishlashi mumkin". Aynan shu yerda detektor yolg'on axborot bergan bo'ladi. Faga ishlab turgan dasturni ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo'l qo'yiladigan xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo'lma-qo'l yurishi va ishonchsiz disketalarni yuklashdir.


Faganing sifati, eng avvalo, u qayta ishlayotgan viruslar soniga bog’liq. Bundan tashqari, interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bular faganing hisobotini yaxshilaydi. Odatda, fagalar bir necha viruslarga mo'ljallangan bo'lib, qolganlari uchun samarasiz bo'lishi mumkin.


Virusdan himoyalanish usullarini qo'llash "Virus-himoya vositalari" muammosi xuddi "hujum quroli - himoya quroli" muammosiga o'xshaydi. Himoya vositalari ko'paygan sari hujum vositalari ham takomillashib, uni ishlatuvchilar rag'batlantirilmokda. Nachora, hayot shunday kurashdan iborat. Shuning uchun aytish darkorki, kompyuter viruslari hali ko'p vaqt dolzarb muammo bo'lib qolaveradi, har ikki tomon ham rivojlana beradi.



Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0.52 Mb.