|
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARIBog'liq YO\'PA 06016
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)
materiallarlar tematik vazifalarni hisobga olgan holda o‘zgarishi kerak.Markazlarni uskunalar
bilan ortiqcha jihozlamaslik zarur.Rivojlanish markazlari bolalar va kattalar bilan aloqa qilish
va birgalikdagi faoliyatni, shuningdek o‘z o‘zi bilan shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlashi
kerak.Tematik rejalashtirishga ko‘ra, pedagog rivojlanish markazlarini didaktik materiallarlar
va o‘yin uskunalari bilan ta’minlash ustida o‘ylashi va to‘ldirishi kerak. Markazlarni bolalar va
pedagoglarning birgalikdagi faoliyati va hunarmandchilik mahsulotlari bilan to‘ldirish
mumkin. Har bir markazning maqsadiga muvofiq haftaning boshida pedagogning tematik
rejasiga binoan, materiallarlar tayyorlanadi va jihozlanadi.
Qurilish, konstruktorlik va matematika markazi:har xil qurilish to‘plamlari - kublar,
legolar, bloklar, konstruktorlar, o‘ynash uchun didaktik o‘yinlar va boshlang‘ich matematik
tasavvurlarni rivojlantirish uchun o‘quv materiallarlari.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi: teatrning barcha turlari uchun
atributlar va o‘yin materiallarlari, rolli, dramatik, rejissyorlik va dramatizatsiya o‘yinlari,
shlyapalar - maskalar, o‘yin to‘plamlari va burchaklarda o‘ynash uchun o‘yinchoqlar - masalan
«Sartarosh», «Kasalxona» va "Do‘kon" o‘yinlari atrebutlari.
Til va nutq markazi: didaktik o‘yinlar, tematik mavzuli, katta va kichik formatdagi
rasmlar, tasviriy materiallarlar, voqealar ketma-ketligini belgilash uchun rasm seriyalari, turli
mezonlarga ko‘ra guruhlash va boshqalar, bolalar kitoblari kutubxonasi, tematik alьbomlar,
topishmoqlar alьbomlari, magnit harflar to‘plami, "Rasmli Alifbo" kubiklari.
Ilm, fan va tabiat markazi: atrof-muhit madaniyati bo‘yicha didaktik materiallarlar,
«Tabiat va odam» rasmlari va illyustratsiyalari, valiologiya bo‘yicha maketlar, tabiiy
materiallarlarning xususiyatlarini o‘rganish uchun materiallarlar, to‘plamlar, tadqiqotlar va
tajribalar uchun, bilim to‘plamlari, o‘ynash uchun o‘yin mavzular to‘plamlari - uy va yovvoyi
hayvonlar, dengiz hayoti, hasharotlar, qushlar.
San’at markazi: tasviriy faoliyat zarur jixozlar, xalq hunardmanchilik mahsulotlari
tasvir etilgan alьbomlar va illyustratsiyalar, dekorativ-amaliy san’at, turli xil xalqlarning
hayoti, madaniyati, urf-odat aks ettirilgan rasmlar, bolalar yozuvchisi va O‘zbekiston shoirlari
portretlari, tematik rang-barang kitoblar, erkin ijod uchun rasm chizish alьbomlari.
Xulosa qilib aytganda, bolaning rivojlanishi faqat o‘quv faoliyatida emas, balki o‘yin
tarzida ham amalga oshiriladi. Markazlardagi bolalarning o‘yin va kognitiv faoliyati davomida
tarbiyachi bolalarning ishini kuzatib boradi, tavsiya etilgan materiallar bolalar uchun
qanchalik qiziq, qulay va xavfsiz ekanligiga e’tibor qaratadi. Agar kerak bo‘lsa, tarbiyachi
didaktik materiallarni to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi. Tarbiyachi guruhdagi barcha bolalar besh
kun davomida har bir markazga tashrif buyurishini ta’minlaydi. Kuzatish va tahlil asosida
kutilayotgan natija, muammolar, echimlar tarbiyachi har hafta oxirida bolalarning o‘z
maqsadlariga erishgan yutuqlarini qayd etadi, agar shunday bo‘lsa, muammolar pedagogning
va bolalarning va uning ota-onalarining shaxsiy ishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, rivojlanish markazlarida to‘g‘ri tashkil etilgan ishlar har bir bolaga o‘ziga
yoqadigan narsani topishga, uning kuchli va qobiliyatiga ishonishga, kattalar va tengdoshlar
bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga, tushunishga imkon beradi va ularning his-
tuyg‘ularini va xatti-harakatlarini baholashga imkon beradi va aynan shu rivojlanayotgan
ta’lim asosida yotadi.
|
| |