• N.R.Omonjonova (Xaydaraliyeva) FarDU talabasi ARTICLE INFO ABSTRACT
  • Axborotnomasi




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana19.11.2023
    Hajmi0.74 Mb.
    #101237
      1   2   3
    Bog'liq
    YO\'PA 0601
    Betliklar jamlanmasi (O\'quvchilar uchun), Б Биллашуви Жавоб варака 5- 6-7-8-синф, 8-sinf informatika, Mustaqil ish. NAMUNA, 1-amal sxemo, Funksiyaning hosilasi, hosilaning ta\'rifi. Uning gåomåtrik va må, 1000021650, Fayzullayeva Iroda Baxtiyorovna, M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n-fayllar.org, 104-107 (2), Yangi-yi-senariysi (2), Termiz davlat universiteti, 8 – mavzu. O‘yin ta’lim texnologiyalari-fayllar.org, статья ГУли



    YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI 
    AXBOROTNOMASI 
    www.in-academy.uz 
    1-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA) 
     MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA RIVOJLANISH 
    MARKAZLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH BO‘YICHA 
    METODIK TAVSIYALAR 
    M.E.Xallokova 
    FarDU katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari
    bo‘yicha falsafa doktori(PhD) 
    N.R.Omonjonova (Xaydaraliyeva) 
    FarDU talabasi 
    ARTICLE INFO 
     
    ABSTRACT
     
    Qabul qilindi: 12-June 2023 yil 
    Ma’qullandi: 15-June 2023 yil 
    Nashr qilindi: 17-June 2023 yil
     
     
    Maktabgacha 
    yoshdagi 
    bolalarni 
    tarbiyalashda 
    rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti 
    pedagogdan tayyor bilim olishdan ko‘ra, bolaga 
    rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini 
    berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni 
    mustaqil 
    ravishda 
    egallashi, 
    ko‘nikmalari 
    va 
    qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik
    mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga qo‘shilish 
    imkoniyatini berishdir. 
    KEY WORDS 
    Markaz, bilim, tarbiya, rivojlanish, 
    bolalar, 
    bilish 
    jarayoni, 
    takomillashtirish, 
    texnologiya, 
    malaka, 
    jarayon, 
    zamonaviy, 
    rivojlanish, usullar. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasi 
    maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
    to‘g‘risida”gi qarorida maktabgacha ta’lim tizimida olib boriladigan ishlar mazmuni aniq 
    belgilab berildi. Unga ko‘ra maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, MTTlarda bolalarni rivojlantirishga 
    mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish1 kabi vazifalar belgilab qo‘yildi. Qaror bilan 
    birgalikda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarning har 
    tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar 
    yaratiladi.
    MTTda rivojlanish markazlarini tashkil etish Davlat talablari va «Ilk qadam» davlat o‘quv 
    dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. Markazlarda ishlash har bir bolaning individual 
    xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan tarzda, uning 
    individual qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
    Rivojlanish markazlari ta’lim, rivojlantiruvchi, o‘qitish, rag‘batlantiruvchi, uyushgan, 
    kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak.Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish 
    ustida ishlashlari kerak, bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaxsga 
    yo‘naltirilgan ta’limga asoslangan bolaning tashabbusini rag‘batlantirishi kerak.Gurux 
    xonasidan moslashuvchan va o‘zgaruvchan tarzda foydalanish talab etiladi. Rivojlanish 
    markazlaridagi tematik, didaktik materiallarlar bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini 
    qondirishga xizmat qilishi kerak.Markazlarning dizayni estetik, bolalar uchun jozibali bo‘lishi 
    kerak, va mustaqil faoliyatga bo‘lgan istakni keltirib chiqarishi kerak.Guruh xonasida 
    rivojlanish markazlarini yaratishda o‘yin faoliyatining etakchi rolini hisobga olish 
    kerak.Rivojlanish markazlaridagi jihozlar xavfsiz va didaktik materiallarlar bolaga tegishli 
    bo‘lishi va bolalarning yoshiga mos bo‘lishi kerak.Rivojlanish markazlaridagi didaktik 



    Download 0.74 Mb.
      1   2   3




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish