|
Axmamat jumayev, surayyo sharipova
|
bet | 102/118 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 464,23 Kb. | | #151051 |
Bog'liq Axmamat jumayev, surayyo sharipova
4-Topshiriq. Ijtimoiy pedagogikada metoddan tashqari “usul” va “vositalar” tushunchalari qo‘llaniladi. Venn diagrammasi orqali “usul” va “vositalar” tushunchalarining o‘xshash hamda farqli tomonlarini ifodalang.
Venn Diagrammasi
Venn Diagrammasi ingliz faylasufi Djon Venna nomi bilan atalgan.
Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o‘qitishning tashkil etish shakli bo‘lib, u ikkita o‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar tasavvurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko‘rib chiqish, ularning umumiy va farqli jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.
5-Topshiriq. “Blis – so‘rov”savollariga javob bering.
O‘z kasbining xususiyatlarini o‘rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida qanday muammo turibdi.
Bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish jarayonida ijtimoiy pedagogikada qanday metodlardan foydalanish o‘rinli.
Ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida qanday usul va vositalardan foydalanadi.
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ta’rifini va mohiyatini aytib bering.
Axborot banki tushunchasini izohlab bering.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat nimadan boshlanadi.
Muammoli o‘qitishda pedagog faoliyatini izohlab bering.
Ijtimoiy pedagogik va psixologik metodlarni izohlang.
Psixokorreksion metolarni sharhlang.
|
“Blis-so‘rov” metodi
Metodning tavsifi. Ushbu metod talaba (yoki o‘quvchi)larni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida xilma-xil fikrlar, ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda, o‘zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o‘z fikrini o‘tkaza olish hamda o‘z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan.
|
| |