O‘zbekistonda ko‘p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari




Download 464,23 Kb.
bet51/118
Sana03.02.2024
Hajmi464,23 Kb.
#151051
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118
Bog'liq
Axmamat jumayev, surayyo sharipova

O‘zbekistonda ko‘p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari.
O‘zbekistonda yuqori tug‘ilish darajasi quyidagi mintaqaviy omillar bilan izoxlanadi:

  • inson organizmiga geografik va iqlim sharoitlarining ta’siri, ayollarda homila davrining uzunligi;


  • erta nikohdan o‘tish an’anasi;


  • ijtimoiy omillar;


  • ayolningjamiyat va oiladagi o‘rni.


Hozirgi kungacha, oilaviy tarbiya amaliyotida ko‘p bolalilikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida bahslar olib borilmoqda. Sababi, muammoning ahamiyatli ekanligiga qaramay, bu masala hali yetarli darajada o‘rganilmagan.


Ko‘p bolali oila kattalar va bolalardan iborat o‘ziga xos jamoadir. Unda shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday oilada tarbiya jarayonini tashkil etish muammosi bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham turli qarashlarga egadir. Ularning ba’zilari ko‘p bolali oilada bola jamoa munosabatlari orqali tajriba to‘playdi, deyishadi, chunki ko‘p bolali oila tarbiya uchun qulay sharoitlar yaratadi va ota-onalarning bolalari haqida qayg‘urishlari teng taqsimlangan bo‘ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa, aksincha, ko‘p bolali oilada bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar oilaviy tarbiya bola individualligini aniqlash va uning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak, degan qoidadan kelib chiqsak, buning uchun oila nihoyatda rivojlangan bo‘lishi kerakligiga amin bo‘lamiz.
Ko‘p bolali oilada individual yondashuv bo‘ladimi? Bu yerda tarbiya jarayonining ko‘p tamonlamaliligi va standartlashuvi ro‘y bermaydimi?
Individual yondashuv uchun, avvalo, psixologik va pedagogik bilimlar, shuningdek, tarbiya jarayonida bolalarni kuzatish uchun maxsus vaqt va psixologik tahlil o‘tkazish kerak.
Ba’zi tarbiyaviy omillar o‘zbek oilasida, xususan, ko‘p bolali o‘zbek oilasida uy xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq. Ko‘pchilik o‘zbek oilalarida uy ishlarini qiz bolalar bajarishadi, o‘g‘il bolalar esa bu vazifalardan deyarli ozod qilinganlar. Bu holat keyinchalik o‘g‘il bola xarakterida oiladagi muomalasiga xalaqit beruvchi odatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Ba’zan bolalar uy yumushlariga haddan ortiq vaqt ajratishadi. Bu ham ularning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi o‘zbek oilalarida ota-onalar bolalarining o‘qishiga befarq bo‘lishadi, ularga uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda amaliy yordam berishmaydi. O‘zbek oilalarida bola uy vazifalarini kechqurun barcha oila a’zolari to‘planishganda qilish odat bo‘lgan. Bu vaziyatda ko‘pgina chalg‘ituvchi omillar ham paydo bo‘ladi: televizor ko‘rish, oila a’zolarining o‘zaro suhbatlashishi, uy yumushlarini bajarish va h.k. Ko‘pgina oilalarda bolalarning o‘qishi uchun sharoitlar mavjud, biroq ular har doim ham yaxshi jihozlangan bo‘lavermaydi. Bu borada aksariyat ota-onalar pedagogik maslahatlarga ehtiyoj sezadilar. Shunday hollarda ota-onalarni bolalarga yordam berishning aniq usullari bilan tanishtirish lozim.
O‘zbek oilalaridagi yigit-qizlarning ijtimoiy moslashuviga xalaqit beruvchi omillarga qizlarni ko‘pincha faqat oilaviy hayot uchun, yigitlarni esa mehnat, kasb uchun tayyorlashni kiritishimiz mumkin. Ayol kishidan malakaviy va kasbiy faollikni, erkak kishidan esa o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlarni bajarishni talab qiluvchi, hozirgi kunda bu an’analarning saqlanib qolishi zamonaviy ijtimoiy talablarga zid keluvchi hodisadir. Bu hodisa ijtimoiy tarbiya va oilaviy tarbiya o‘rtasida kelishmovchiliklar borligidan dalolat beradi. Bunday salbiy omillarning ta’sirini bartaraf etish oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili sifatida mukammallashtirishni talab qiladi.
Bu masalaning muhimligi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ilgari surilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni talablari bolalar tarbiyasiga nafaqat maktabga, balki oilaga ham o‘z talablarini qo‘yganligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, bir qator o‘zbek pedagog-olimlari aynan ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi uchun qulay sharoitlar mavjud, deb hisoblashadi. Avvalo, ko‘p bolali oila pedagogik munosabatga kirishish uchun qulay bo‘lgan yosh xususiyatlariga ega. Bir nechta bola mavjud bo‘lganida ota-onalarning g‘amxo‘rligi ham ular orasida teng taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi. Katta va kichik bolalar o‘rtasida turli o‘zaro munosabatlar shakllanadi. Ko‘pgina ota-onalar ko‘p bolali oilalarda bolalarni tarbiyalash oson, chunki bunda katta farzandlar yordam berishadi, deyishadi. Ko‘p bolali oilalardagi tarbiyaning eng muhim omillari: muomala muhiti, birgalikdagi mehnat, jamoaviy tashabbus, ota-onalarning talabchanligi, bolalar yoshini inobatga olish hisoblanadi. Bunday oilalar farzandlari axloqiy xislatlarining shakllanganligi mehnatsevarligi, mehribonligi, to‘g‘riso‘zligi, mustaqilligi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi. Katta oilada mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda g‘amxo‘rlik ko‘rsatishadi, oilaning boshqa a’zolari oldida mas’uliyatli ekanliklarini his etishadi.
Shunday qilib, o‘zbek oilasining ko‘p bolalilik omili bola tarbiyasiga, umuman olganda, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Download 464,23 Kb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118




Download 464,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda ko‘p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari

Download 464,23 Kb.