• Jumladan: 1.Biologik faktorlar
  • 2.Psixologik faktorlar
  • Axmamat jumayev, surayyo sharipova




    Download 464,23 Kb.
    bet76/118
    Sana03.02.2024
    Hajmi464,23 Kb.
    #151051
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118
    Bog'liq
    Axmamat jumayev, surayyo sharipova

    Kriminal xatti-harakat – bu jinoiy javobgarchilikka tortilishga yoshi yetgan shaxslarning huquqlariga zid harakatlari bo‘lib, ular ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent harakatlar asos yaratadi.
    Deviant xatti-harakatlarni keltirib chiqaradigan sabablarni bir, ikkita muammoga bog‘lash noto‘g‘ridir. Bu xatti-harakatlarning ildizlari nihoyatda sertarmoq iqtisoddan tortib tarbiyagacha, madaniyatdan to dingacha, oilaviy muhitdan, ota-onaning o‘zaro munosabatlari, axloqiy harakatlariga bog‘liq. Ijtimoiy pedagogika fanini o‘rganar ekanmiz, deviant xatti-harakatlar bir-biri bilan bog‘lanib ketgan holatlar natijasi ekanligining (avloddan avlodga o‘tadigan nasliy (genetik) xususiyatlar (qiziqqonlik, yengiltaklik, “o‘ta aqllilik”, xudbinlik, vazminlik...), kishi yashab o‘sgan va tarbiyalangan muhit, deviant xatti-harakatni sodir etishi uchun mavjud vaziyatlar) guvohi bo‘lamiz.
    Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga keltiruvchi qator faktorlar mavjud. Jumladan:
    1.Biologik faktorlar, ya’ni bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini murakkablashtiruvchi noxush fiziologik va anatomik holatlar: Ularga:-genetik (aqli o‘ta zaiflar, ko‘rlar, karlar va h.k.);
    -psixofiziologik (ya’ni inson organizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, somatik harakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k.), -fiziologik (atrofdagilarda noxush kayfiyat uyg‘otuvchi tashqi qiyofa, tilning duduqligi va h.k.);


    2.Psixologik faktorlar, ya’ni insondagi psixopotologik yoki aksentuant (haddan tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi kasalliklar va h.k.);
    3.Ijtimoiy-pedagogik faktorlar, ya’ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va jamoatchilik tarbiyasidagi nuqsonlar.


    4.Ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar, ya’ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir: jamiyatning boylar va kambag‘allar deb ajratilishi, xalqning ma’lum qismining qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining kamligi, ishsizlik, inflyasiya va h.k.


    Download 464,23 Kb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   118




    Download 464,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axmamat jumayev, surayyo sharipova

    Download 464,23 Kb.