|
Ma’naviy-axloqiy faktorlar
|
bet | 77/118 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 464,23 Kb. | | #151051 |
Bog'liq Axmamat jumayev, surayyo sharipova5.Ma’naviy-axloqiy faktorlar. Ularga birinchidan, jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma’naviy qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan, jamiyatning undagi ro‘y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik holatlari kiradi.
Deviant xulq atvorli bolalarni reabilitasiya qilish yo‘llari.
Tarbiyalovchi funksiya bolani atrof muhitga kirishishi ta’lim tarbiya jarayonida adaptasiya, ijtimoiylashtirish jarayonini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy reabilitasiya – bolalar uchun davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi.
Ijtimoiy-reabilitasion funksiya. Ruhiy jismoniy nuqsonga ega bolalar ta’lim-tarbiyasi maxsus pedagog tomonidan amalga oshiriladi.
7.3. Deviasiya va uning turlari. Jamiyat tomonidan qabul qilingan xatti-harakatlar, qoidalar va mye’yorlardan chekingan o‘smirlarni tarbiyasi qiyin yoki tarbiyasi og‘ir o‘smirlar deb atashadi. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar deganda turli xil sabablarga ko‘ra pedagogik ta’sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o‘rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni fanda deviasiya deb atashadi. Odatda, deviasiyalar o‘smirlik davrida yuzaga keladi. O‘smirlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni “o‘tish davri” ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o‘tish ro‘y beradi va bu jarayon o‘smir rivojlanishining barcha jihatlari - anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘smirlik davrida o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa o‘z, navbatida, ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarida yangi shakllarning paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi, unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi.
Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor me’yorlaridan chetga chiqqan o‘smirlarni “qiyin o‘smir” yoki “tarbiyasi og‘ir o‘smir” deyiladi. “Tarbiyalash og‘ir” deganda, pedagogik ta’sirga qarshilik ko‘rsatish tushuniladi. Tarbiyalash og‘ir, qabul qilingan me’yor va qoidalarga tarbiyalanuvchi tomonidan amal qilinmasligini fanda deviasiya (og‘ish) hodisasi orqali o‘rganiladi.
Deviasiya (og‘ish) ham insonga, ham uni o‘rab turgan olamga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada o‘zgaruvchanlik faoliyatga bog‘liq bo‘lib, insonning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatini aks ettiradigan xulq-atvorda o‘z ifodasini topadi. Avval aytib o‘tganimizdek, xulq-atvor me’yordan chetga chiqqan bo‘ladi. O‘smirning me’yordagi xulq-atvori uning ijtimoiylashuvi, rivojlanishi, ehtiyojlariga mos tushuvchi mikrososium bilan o‘zaro munosabatida aks etadi. Agar atrofdagilar o‘smirning u yoki bu xususiyatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratishsa, uning xulq-atvori doimo me’yorda bo‘ladi. Bunday me’yordan og‘ishgan xulq-atvor jamiyat tomonidan bola shaxsiyati xususiyatlarini inobatga olmaslik oqibatida kelib chiqadi, degan tushuncha paydobo‘ladi.
Aftidan, me’yordan og‘ishgan xulq-atvor ijtimoiy dezadaptasiya ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlar dezadaptasiyasi haqida gapirganda, bu jarayonga giriftor bo‘lgan bolalar toifalarini aniqlab olish lozim:
maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar;
yetim bolalar;
ijtimoiy yetimlar, ular tuzuk ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy, jinsiy qiynoqlarga duchor bo‘lishadi;
giyohvand va toksin moddalar iste’mol qiluvchi bolalar;
jinsiy intizomsiz bolalar;
g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan bolalar. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ularning soni kattalarga qaraganda ikki hissa tez oshmoqda.
Deviasiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat.
Deviant xulq-atvor-mikroijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo‘lgan ijtimoiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog‘liq me’yordan og‘uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Bu xulq-atvorni “g‘ayri intizomiy” deb atasak ham bo‘ladi. Deviant xulq-atvorning yorqin namoyon bo‘lishiga namoyish, agressiya, o‘qishdan qochish va daydilik, bolalar va o‘smirlar orasidagi aroqxo‘rlik, giyohvandlik va u bilan bog‘liq g‘ayriy ijtimoiy harakatlar, jinsiy tavsifdagi g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlar, o‘ziga suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak bo‘ladi.
Delikvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning takrorlanib turuvchi g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlari sifatida tavsiflanadi. Bu harakatlar huquqiy me’yorlarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi.
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:
agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o‘t qo‘yish kabilar kiradi;
g‘arazli xulq-atvor: kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarga ziyon yetkazish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar;
giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatishda ishtirok etish.
Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki - shaxsiy xulq-atvorda ham namoyon bo‘ladi. Bunda o‘smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o‘zgarishi ro‘y beradi.
Jinoiy xatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga ma’lum yoshga yetganda jinoiy ish qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar hisoblanadi.
Deviasiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo‘rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo‘ladi. Ular ichki muqobillashtirish tizimini barbod etishadi, uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi.
|
| |