|
Axmamat jumayev, surayyo sharipova
|
bet | 85/118 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 464,23 Kb. | | #151051 |
Bog'liq Axmamat jumayev, surayyo sharipovaInternet saytlari
10. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.
11. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi.
12.www.ziyonet.uz– O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali.
13.www.pedagog.uz - O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali
14.www.yedu.uz- O‘zbekiston Respublikasi ta’lim portali
8 – МАВЗУ: ГИЁҲВАНДЛИК, НАРКОМАНИЯ, ТОКСИКОМАНИЯ, ИЧКИЛИКБОЗЛИК – ДЕВИАНТ ХУЛҚНИНГ НАМОЁН – БЎЛИШ ШАКЛИ СИФАТИДА
333
Asosiy tayanch tushunchalar : O‘smirlik, deviasiya, giyohvandlik, narkomaniya, ichkilikbozlik, giyohvandlik tushunchasi, o‘smirlar orasidagi giyohvandlikning biologik, psixologik va ijtimoiy oqibatlari, bolalar ichkilikbozligining sabablari va salbiy oqibatlari, dyeviasiya konsepsiyasida reabilitasiya, profilaktika va korreksiya masalalari.
Режа
Гиёҳвандлик, наркомания, токсикомания, ичкиликбозлик тушунчалари ва келиб чиқиш сабаблари.
Ўсмирлар орасидаги гиёҳвандликнинг, наркоманиянинг, токсикомания ва алкоголизмнинг биологик, психологик ва ижтимоий оқибатлари.
Девиация концепциясида реабилитация, профилактика ва коррекция масалалари.
Giyohvandlik,_narkomaniya,_toksikomaniya,_ichkilikbozlik_tushunchalari_va_kelib_chiqish_sabablari.__Giyohvandlik'>8.1. Giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniya, ichkilikbozlik tushunchalari va kelib chiqish sabablari.
Giyohvandlik – bu eyforiya (ob’yektiv vaziyatga mos kelmaydigan kuchli xursandchilik kayfiyati, shodlik, xushvaqtlik holatini his etish) holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga havas qilib berilib ketishdir. Bu moddalar tarkibi bo‘yicha ham turlicha bo‘ladi. Ularni namoyon qilish insonning o‘ziga ham va umuman jamiyatga ham zarar keltiradi. Giyohvandlikning o‘sib borishi SPID muammosini keskinlashtiradi.
Giyohvandlik deganda narkotik moddalarni yoki ularga tenglashtiriladigan moddalarni tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish tushuniladi. “Psixologiya” lug‘atida (M., 1990) bu tushunchalarni shunday talqin qiladi: “Narkomaniya (yunoncha narke baholash, mania qattiq havas, ehtiros bilan berilish) kichik dozalarda iste’mol qilganda eyforiya, katta dozalarda esa garang, narkotik uyqu keltirib chiqaradigan narkotik moddalarni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan kasallikdir. Narkotik yo‘qotib bo‘lmaydigan berilib ketish xususiyatiga ega. Iste’mol qilinadigan dozalarini oshirish abstinent sindromi, psixik va jismoniy qaramlikni yuzaga kelishiga olib keladi”.
Ijtimoiy-tibbiy nuqtai nazardan narkomaniya tushunchasi narkotiklarni iste’mol qilish 2 turini o‘z ichiga oladi: 1) zararsiz (asoratlarsiz, yomon oqibatlarsiz). Narkotik iste’mol qiluvchi odam o‘z xohishi bilan narkotik iste’mol qilishini to‘xtatish imkoniyatiga ega. 2) zararli bunda narkoman narkotiklarni iste’mol qilishni o‘zi xohishi bilan to‘xtatishining iloji qolmagan. Zararsiz narkotiklarni iste’mol qilish ko‘pincha o‘zini yomon his etishlarga olib keladi: bosh aylanishi, ko‘ngil ozishi, quvvatsizlik, galyusinasiya, alahlash. Mana shu holatlar ba’zi bolalarni ularni yana iste’mol qilishdan saqlab qoladi. Narkotiklarni iste’mol qilishni davom ettirganlarda esa ularga o‘rganib qolish, berilib ketishiga olib keladi, bu holat fanda abstinensiya deb ataladi (narkotiklarga ehtiyoj, narkotikning yetishmasligi) va og‘ir ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarga, ko‘proq dozada va tez-tez iste’mol qilishni istab qolishiga olib keladi. Bu holat medisinada kasallik deb tushuntiriladi, bunda narkoman o‘z odatlarining quli bo‘lib qoladi va tibbiy yordamsiz deyarli hech kimga bu yomon odatni tashlashga erishib bo‘lmaydi. Narkomaniya–bu vujudga kelgan hayot tarzini majburiy buzish, aholini hayot faoliyati ijtimoiy sohalarini barbod etish, jamiyatda barqarorlikka zarar keltirish, chuqur ijtimoiy tabaqalashish, ommaviy kambag‘allik, ishsizlik, nazoratsizlik, foxishabozlik, jamiyatning ma’naviy asoslari qulashi va shaxsning inqirozidir. Dunyoda 500 dan ortiq narkotik moddalar ma’lum, ulardan narkotiklar va 50 psixotrop preparatlar xalqaro hujjatlarda qayd qilingan. Toksikomaniyada narkotiklar o‘rniga organizmga turli ximiyoviy moddalar yuboriladi shu jumladan, qon tomiri orqali yuborishiga mo‘ljallanmagan benzin, maishiy ximiya vositalari kabi boshqa moddalar ham yuboriladi. Toksikomanlar odatida 13-14 yoshli o‘smirlardir, ular o‘z organizmlarini zaharlashlari oqibatlarini tushunmaydilar. Toksikomaniyaning xavfliligi shundan iboratki organizmning intoksikasiyasi (zaharlanishi) natijasida bolalar yoki qurbon bo‘ladilar yoki ularni o‘limga olib keluvchi harakatlarni amalga oshiradilar. Lekin toksikoman o‘lmay qolsa, bola organizimiga zaharli moddalar ta’siri natijasida bir umr nogiron, aqli zaif, majruh bo‘lib qolishi mumkin. Toksikomaniyani 2 turga ajratish mumkin:
1) stimulyatorlarni ko‘p iste’mol qilish; 2) uchuvchan aromatik moddalar bilan muntazam nafas olish.
Bugungi kunda bolalar alkogolizmi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolardan biridir.
Alkogolizmning bir necha belgilari mavjud. Tibbiy nuqtai nazardan alkogolizm surunkali kasallik bulib, davolanishi zarur. Ijtimoiy jihatdan alkogolizm-shaxsni deviant (xulqiy og‘ishganlik) xulq-atvorining shakli bo‘lib, shaxsni ijtimoiy degradasiyalash, spirtli ichimlikka qarshi davolash patologiyasi bilan xarakterlanadi.
Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Chunki, birinchidan, u aniq ijtimoiy psixologik sabablar tufayli kelib chiqadi, ikkinchidan, deviant xulq-atvor kabi g‘ayriijtimoiy xislatlarning kelib chiqishiga olib keladi.
Ichkilikbozlik namoyon bo‘lishining ijtimoiy psixologik omillari bir xil emas. Ular ichida mikroijtimoiy va shaxsiy omillarni ajratish mumkin. Shaxsiy omillar vazifasini shaxsiy va tavsifiy xususiyatlar bajarishi mumkin. Mikroijtimoiy omillarga alkogollashuv ko‘rsatkichlari (ichkilik iste’mol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik belgilar kiradi.
Ijtimoiy-psixologik omillar shartli ravishda ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatar ekan, ular yaxlit va majmuaviy tarzda o‘rganilishi lozim.
Bolalar ichkilikbozligi bir qator o‘ziga xosliklarga ega:
spirtli ichimliklarga tez moslashish;
ichkilikbozlikning tez rivojlanishi;
davolashning samaradorligi;
organizmning tez buzilishi.
Bolalarning spirtli ichimliklarga moslashishlari asosan 3 davrda: bolalikning ilk davri, maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, o‘smirlik davrida jadal kechadi.
Birinchi davr bolalikning ilk davri bo‘lib, unda bolalarning alkogollashuvi ixtiyorsiz tavsifga ega. Bu bir necha sabablarga ko‘ra ro‘y beradi: homiladorlik va emizish davrida spirtli ichimlik iste’mol qilish, mast holatda homilador bo‘lish. Ichki organ va a’zolarning jadal shakllanishi jarayoni kechayotganda, homilaning zaharlanishi rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi: oyoq va qo‘llarning rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib ketishi, jinsiy a’zolardagi nuqsonlar, bosh hajmining kichiklashishi va boshqalar.
Homila alkogol oldida himoyasiz bo‘lgani sababli, u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va buning natijasida aqli noraso bo‘lib tug‘ilishi mumkin. Bunday bolalar, garchi bolaliklarida hayot bilan vidolashmasalar ham, butun umr aqli noraso bo‘lib o‘tadilar.
|
| |