|
O‘smirlik davrida deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi
|
Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #105183 |
Bog'liq 2-seminar
O‘smirlik davrida deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishi
O‘smirlik yoshida deviasiya namoyon bo‘lishining tinimsiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida ular bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularni faoliyatga tatbiq etish vazifasini qo‘yadi. Ilmiy nazariya va amaliyotda ikki asosiy texnologiya profilaktika hamda reabilitasiya keng tarqalgan
Profilaktika o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy me'yorlardan og‘ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U, asosan, bolani o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq buladi. “Profilaktika” atamasi uzi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish ma'nosini bildiradi
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda, ijtimoiy pedagog quyidagi qoidalarga tayanadi:
1. Ijtimoiy-madaniy me'yorni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Inson qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramziy tizimlar majmuasini o‘zlashtirmay, jamiyatning to‘la qonli a'zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy me'yorning muxolifi bolalarning ijtimoiy-madaniy va pedagogik qarovsizligi bulib, u nafaqat bola rivojining gayrime'yoriy alomati, balki uning zimmasiga anomal ijgimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy me'yordan, balki muayyan sharoitda yashashga majbur bulgan boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitasiyasini amalga oshiruvchi faoliyat sub'ekti, ijtimoiy sub'ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak
Ijtimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan kelib chiqishini inobatga olib, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta turlarini ajratsa buladi:
— neytrallashtiruvchi;
— o‘rnini to‘ldiruvchi;
— ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan ogohlantiruvchi;
— bu holatlarni bartaraf etuvchi;
— o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
|
| |