|
Axmamat jumayev, surayyo sharipova
|
bet | 95/118 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 464,23 Kb. | | #151051 |
Bog'liq Axmamat jumayev, surayyo sharipovaKeys topshirig‘i
“Giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniya, ichkilikbozlik-deviant xulqning namoyon-bo‘lish shakli sifatida” mavzusi yuzasidan deviant xulqni keltirib chiqaruvchi tushunchalarni aniqlang.
Deviant xulq-atvor
|
Bolalar ichkilikbozligi.
|
Giyohvandlik-deviant xulqning namoyon bo‘lish shakli sifatida.
|
Narkomaniya.
|
Toksikomaniya.
|
Spirtli ichimliklarga tez o‘rganib qolish.
|
O‘smirlarning istagan bo‘lar-bo‘lmas sabablar tufayli ichishni me’yoriy odat qilib olishi.
|
Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar:
“Giyohvandlik, narkomaniya, toksikomaniya, ichkilikbozlik” – eng jiddiy ijtimoiy pedagogik muammolardan biridir. Bu psixik sog‘lom shaxslar tomonidan me’yoriy qoidalarni buzish hollaridir; Narkomaniya – bu vujudga kelgan hayot tarzini majburiy buzish, aholini hayot faoliyati ijtimoiy sohalarini barbod etish, jamiyatda barqarorlikka zarar keltirish. Toksikomaniya narkotiklar o‘rniga organizmga turli kimyoviy moddalarni yuborib, o‘z-o‘zini zaharlash. Ichkilikbozlik bu o‘smirlar istagan bo‘lar-bo‘lmas sabablar tufayli ichishni me’yoriy odat qilib oladilar, to‘liq mastlik holatigacha ichishga intiladilar.
Keys tahlili
O‘z mohiyatiga ko‘ra, mutaxassislar yuqoridagi illatlarning, narkomaniyaning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uchta turdagi oqibatlarini ko‘rsatadilar: biologik, ijtimoiy, psixologik va kriminal.
Ijtimoiy-psixologik oqibatlari – bu bola shaxsiy ma’naviy-axloqiy buzilishi. Narkotiklarga bo‘lgan talabdan boshqa hamma talablari, qiziqishlari avval pasayadi, keyin esa butunlay qadr-qimmatini yo‘qotadi. Jamiyat bilan ijtimoiy-foydali aloqalari uzilishi sodir bo‘ladi. Befarq, loqaydlik holatiga tushadi, o‘rtoqlaridan ajraladi, o‘qishni hohlamaydi va o‘qiy olmaydi, oxir-oqibatda deviant xulqli tekinxo‘r kimsaga aylanadi.
|
| |