Axmedov Jaloliddin
Mavzu:Kompyuterni tashkil etish evolyutsiyasi tarixi
Kompyuter (Computer) inglizchadan o‘zbekchaga o‘girilganda “hisob- lovchi” ma'nosini bildiradi, ya'ni hisoblash ishlarini bajaruvchi qurilmadir. Inson ongli faoliyati davomida o‘zining jismoniy ishlarini bajaradigan har xil texnik qurilmalar, asbob - uskunalar yaratishga harakat qilgan. Shu jumladan, aqliy faoliyatning ishlarini ham bajaradigan, asosan hisob
kitob ishlarini bajaradigan texnik qurilmalar yaratishga harakat qilgan. Eng qadimgi hisob asboblardan biri schyotdir.
1642-yilda fransuz olimi Blez Paskal qo‘shish va ayirish amallarini bajaradigan mexanik qurilma ixtiro qildi.
1673-yilda nemis olimi Vilgelm Leybnits to‘rt arifmetik amallarni bajaradigan mexanik arifmometrni yaratdi.
asrda arifmometr juda keng tarqaldi. Uni hatto eng murakkab hisob ishlariga ham qo‘llay boshlandi. Bunday hollarda oldin qilinadigan ishlarning bajarilish ketma - ketlik qo‘llanmasi to‘liq yozilib olinar va shu asosda ish bajarilar edi. Odatda bu qo‘llanmani bajariladigan ishning dasturi deyiladi.
1834-yili angliyalik olim Ch. Bebbidj analitik mashina ixtiro qildi. Bu mashina dastur asosida ishlaydigan birinchi hisoblash mashinasining loyihasi edi.
Keyinchalik 1883-yili Ch.Bebbidj hozirgi zamondagi hisoblash mashi- nasining g‘oyasini va loyihasini yaratdi, ammo o‘sha davr texnika dara- jasi bunday mashinalarni yaratish imkonini bermas edi. Uning fikriga ko‘ra bu qurilma hamma hisoblash ishlarini odamning ishtirokisiz o‘zi avtomatik ravishda bajarishi kerak edi. Buning uchun u qurilma hisoblash ishining dasturini tushunib, shu dastur asosida hamma ishlarni bajara olishi kerak edi.
Sonli hisoblash mashinasi tuzilishining asosiy prinsiplarini amerikalik matematik Djon fon Neman, G. Goldsteyn va A. Berks ishlab chiqdilar. Ularning va Ch.Bebbidj g‘oyasi bo‘yicha hisoblash mashinalarining ishlashi ikki prinsipga asoslanishi kerak:
Masalani odamning ishtirokisiz yechish dastur asosida olib borilishi¿
Masalani yechish uchun kerak bo‘ladigan hamma boshlang‘ich va oraliq ma'lumotlar hamda masalani yechish dasturlarini saqlab turishi.
Buning uchun yaratilajak hisoblash mashinasi quyidagi qurilmalardan iborat bo‘lishi lozim edi:
Boshlang‘ich ma'lumotlarni, oraliq qiymatlarni hamda masalani ye- chish dasturini saqlab turadigan qurilma. Hozirda bunday qurilma xotira deb yuritiladi¿
Ish bajaradigan qurilma. Odatda uni arifmetik - mantiqiy qurilma deyiladi¿
Dastur bo‘yicha ish bajaradigan va qurilmalarning ishlashini odam- ning ishtirokisiz boshqarib boradigan qurilma. Uni boshqarish qurilmasi deyiladi. Hozirgi paytda arifmetik - mantiqiy qurilma va boshqarish quril- masini birgalikda protsessor yoki markaziy protsessor deb yuritiladi¿
Boshlang‘ich ma'lumotlarni va ishlash dasturini xotiraga kiritadigan va ish natijasini tashqariga chiqarib beradigan qurilma. Uni kiritish va chiqarish qurilmasi deb yuritiladi.
asr boshlariga kelib angliyalik olim A. Yyuring va amerikalik olim E.Post hisoblash mashinasining nazariy asosini yaratgandan keyin hisoblash mashinasi asri boshlandi.
1930-yili amerikalik olimlar X. Atanasov va K. Berrilar elektron xotira, qo‘shish va ayirish qurilmalaridan iborat elektron hisoblash mashi- nasini yaratdilar.
1937-yili X. Atanasov hisoblash mashinasi sanoq tizimi uchun ikkilik sanoq tizimini ishlatish g‘oyasini berdi va bu yo‘nalishda bir-necha pa- tentlar ham oldi.
1941-yilda Ch.Bebbidj g‘oyasi bo‘yicha nemis muhandisi K.Suze birinchi hisoblash mashinasini yaratdi.
1943-yilda Ch.Bebbidj g‘oyasi bo‘yicha amerikalik G.Ayken elektro- mexanik relelar yordamida “MARK-1” nomli analitik hisoblash mashi- nasini yaratdi. 1943-yildan boshlab Amerikada bir guruh mutaxassislar shu g‘oya bo‘yicha relelar o‘rniga elektr lampalardan foydalanib hisob- lash mashinasini yaratishga kirishishdi. Ularning yaratgan mashinalari “MARK-1” mashinasidan ming martacha tez ishlar edi.
XX asr 50-yillariga kelib Amerika, Angliya, Germaniya va sobiq SSSRda birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratila boshlandi.
1945-yili Germaniyada K.Suze tomonidan “S-4”, 1949—51-yillarda sobiq SSSR da S.Lebedev rahbarligida “MESM” va 1950-yili Angliyada “AKE” kompyuteri yaratildi.
Hisoblash mashinasi - kompyuterlarning ishlash prinsipini umumiy holda tushunarli va sodda qilib bergan amerika olimi (asli Vengriyalik) mashhur Djon fon Neymandir. Bu prinsipni odatda fon Neyman prinsipi deb ham yuritiladi. U ikki prinsipdan iborat:
Hamma kerakli ma'lumotlarni va masalani yechish dasturlarini yago- na xotirada saqlab turish¿
Kompyuterni dastur yordamida boshqarish.
Hozirgi zamon kompyuterlarining tuzilishi boshqacharoq bo‘lib, arifme- tik-mantiqiy qurilma bilan boshqarish qurilmalari birgalikda markaziy protsessor qurilmasi deb yuritiladi. Ishlash prinsipida ham farqi bo‘lib, bir nechta protsessorlar bilan bir vaqtda bir qancha ma'lumotlarni parallel qayta ishlash mumkin. Dastur bilan ishlash davomida zarur bo‘lganda uning ishini to‘xtatib turib, zarur ishni bajarib, yana oldingi dastur ishini davom ettirish mumkin.
Kompyuter avlodlari. Kompyuterlar o‘zining elementlar bazalari bo‘yicha avlodlarga ajratilgan.
I avlod (1945—1956) kompyuterlari elementlar bazalari elektron lam- palar ekanligi bilan harakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallarni egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr energiya sarf qilar va tonnalab og‘irlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining hajmi 1-2 ming so‘zni(ma'lumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalari-
ga “Ural-1”,”Ural-2", “BESM-1”, “BESM-2”,”M-1",”M-2",”M -20" kabi
mashinalarni misol qilib keltirish mumkin.
avlod (1957—1968) kompyuterlari elementlar bazalari tranzistorlar- dan iborat edi, tezkorligi sekundiga 10-20 ming amal bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming so‘zni saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod kompyuterlari hisoblash ishidan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, iqtisodiy masala- larni yechish, harflar bilan ishlay olish “qobiliyati”ga ham ega bo‘ldi. Bu avlod mashinalariga “BESM-3”,”BESM-4", “Ural-16”, “Minsk-22”, “IBM
-608”, “BESM-6” mashinalarini misol qilib keltirish mumkin.
avlod (1969—1980) kompyuterlarining elementlar bazalari integ- ral sxemalardan iborat bo‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan boshlab, shu avlodning eng oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal bajarishgacha yetdi. Xotirasining hajmi ham 8-10 ming baytdan( bu avlod xotira o‘lchami xalqaro o‘lcham baytlarda beriladigan bo‘lgan) 8 million baytlargacha yetdi. Bu avlod mashinalariga YES (yagona seriya) kompyuterlari - “EC1010”,”EC-1020", “EC-1030”,”EC-1035", “EC-1050”,”EC-1060",”EC-
66" larni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
IV- avlod (1981—1990) kompyuterlarning elementlar bazalari katta integral sxemalar (KIS)dan iborat. Ularning tezkorligi sekundiga 6,5 mil- lion amal bajarishgacha yetdi, xotirasinig hajmi 64M baytgacha kengay- di. Bu avlod mashinalariga Super EHMlar, “Elbrus” 1-KB,”IBM PC” kabi kompyuterlarni ko‘rsatish mumkin.
1990-yillardan boshlab kompyuterlarning elementlar bazalarini o‘ta katta integral sxemalar (UKIS) tashkil qiladi. Bu avlod kompyuterlari hozir keng qo‘llaniladi. Ular elektron va yorug‘lik nurlari energiyasidan foydalanishga, tuzilishi esa lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga asos- langan. Amal bajarish tezligi sekundiga bir necha milliardgacha, doimiy xotirasinig hajmi 10-100 gb gacha kengaydi.
Shaxsiy kompyuterlarining yaratilishi texnikada inqilobiy maqomga ega bo‘ldiki, ular ommabop hisoblash mashinalariga aylanib qoldi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish va kundalik hayotda dunyoda 100 millionlab shaxsiy kompyuterlar ishlatilayapti.
Respublikamizga hisoblash texnikasining kirib kelishi va rivojlanish tarixi quyidagicha:
1956-yilda akademik M.Y. O‘rozboyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I. Romanovskiy nomli Matematika insti- tuti qoshida Hisoblash texnikasi bo‘limi ochilib, unga akademik V.Q.Qobulov rahbar etib tayinlanadi va 1958-yilda respublikamizda ilk bor “Ural-1” tipidagi EHM o‘rnatiladi.
1966-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining hisob- lash markaziga ega bo‘lgan Kibernetika instituti, 1978-yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan. Hozirgi kunda bu birlashma «Zamonaviy axborot texnologiyalari» ilmiy- texnik markazi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalq xo‘jaligidagi turli vazifalarni hal etishda algoritmlashtirish naza- riyasini rivojlantirgan akademik V.Q.Qobulov boshchiligidagi birlashmaning yetakchi olimlari O‘zbekistonda kibernetikaning tarkib topishi va rivojla- nishiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Obrazlarni tekshirib bilish va sun‘iy intellekt, matematik modellash va hisoblash eksperimenti, matematik va fizik murakkab vazifalarini hal etishning miqdoriy-tahliliy usullari va axborotni qayta ishlash bo‘yicha akademiklar F.B. Abutaliyev, B.A. Bondarenko, Y. Bo‘riyev, M.M.Komilov, Y.F.Bekmurodov, D.A. Abdullayev, kibernetika fanining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar o‘zagini yaratgan professorlar
Y.A. Valiyev, Z.Y. Odilova, O.M. Nabiyev, S.S. Qosimov, R.S. Sadul- layev, Z.M. Solixov, F.Y. Odilova, N.A. Mo‘minov, M.M. Aripov va boshqalarning katta xizmatlarini ta'kidlash lozim.
O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish korxo- nalari va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta'minoti, axborot tizimlari bo‘yicha malakali kadrlar ishlamoqda.
Zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi va vazifalari
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar quyidagi uchta asosiy qismdan tashkil topgan:
- sistemalar bloki (systex block); monitor yoki displey (xonitor); klaviatura (keyboard).
istemalar bloki (2.l-rasm). Bu blok quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: mikroprotsessor yoki protsessor¿ sooprotsessor¿ operativ xotira¿ qattiq disk (vinchester)¿ diskovodlar (magnit disklardan o‘quvchi yoki ularga yozuvchi qurilmalar)¿ kontrollyorlar¿ adapterlar¿ shinalar¿ ta'minlash bloki.
Mikroprotsessor (xicroprocessor) - barcha arifmetik mantiqiy amal- larni bajaruvchi hamda kompyuter boshqa qurilmalarining ishlashini na- zorat qiluvchi va boshqaruvchi qurilma. Kompyuterning eng asosiy quril- malaridan biri bo‘lgani uchun kompyuter markasi aynan shu kompyuter- ga o‘rnatilgan mikroprotsessor markasi bilan ataladi
Mikroprotsessorlarning quvvati 1 sekundda bajarilishi mumkin bo‘lgan elementar amallar soni – “takt chastotalari” bilan o‘lchanadi. O‘lchov birligi – megagers (MGs).
2.l-rasm.
Hozirgi paytgacha ishlab chiqarilgan mikroprotsessorlarning turlari (markalari) 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval
№
|
Kompyetr markasi
|
Yezkor xotirasi (MB)
|
Yakt chastotasi (MG)
|
Ishlab chiqilgan vaqti
|
Doimiy xotira hajmi(GB)
|
Ishlab chiq- qan firma
|
1.
|
Pentium-I
|
32
|
100 va undan ortiq
|
1993-yildan boshlab
|
1,7-3
|
Intel
|
2.
|
Pentium-II
|
64
|
450-650
|
1996
|
3.5-10
|
Intel
|
3.
|
Pentium-III
|
128
|
750
|
2000
|
10-20
|
Intel
|
4.
|
Pentium-IV
|
256
|
1.7 GGs
|
2002
|
20-80
|
Intel
|
Oxirgi vaqtlarda ishlab chiqarilayotgan Pentium-IV kompyuterlarida tezkor xotira 512 MB va undan yuqori, tatk chastotasi 2.4 yoki 2.6 GB va undan yuqori, doimiy xotirasi 80 GB va undan yuqori.
Diskovodlar (driver)–qattiq (vinchester) yoki yumshoq (disketa) disk- lardagi ma'lumotlarni o‘qishga hamda ma'lumotlarni shu disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilmalar.
Hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarda qo‘llanilayotgan yumshoq magnit disklar (diskette yoki Jloppy disk) 1.44 MB hajmga ega.
Kontrollyorlar (controller) – kompyuterning va unga ulangan quril- malarning ishlash faoliyatini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi elektron
sxema. Ular klaviaturani, diskovodlar hamda qo‘shimcha qurilmalarni nazorat qiluvchi va boshqaruvchi kontrollyorlarga bo‘linadi.
Adapterlar (adapter) – kompyuterni qo‘shimcha qurilmalar bilan bog‘lashga hamda ularning ishlashini bir-biriga moslashtirishga xizmat qiluvchi aloqa qurilmasi.
Adapterlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Parallel portlar (parallel port) adapterlari. Bu portlarga odatda printerlar ulanadi. Portlarning nomlari LPYl, LPY2, LPY3 va LPY4¿
Asinxron ketma-ket portlar (serial port) adapterlari. Bu portlarga asosan “sichqoncha”, modemlar ulanadi. Portlarning nomlari COMl, COM2 va COM3.
Kompyuter o‘yinlari uchun ajratilgan port (gaxe port) adapteri. Bu portga o‘yinlarni boshqaruvchi qurilma – joystik ulanadi.
hinalar (bus) – kontrollyorlar va adapterlarni mikroprotsessor ham- da operativ xotira bilan bog‘lovchi aloqa uzatish magistrali. Asosan IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan I A, MCA, EI A, VE A hamda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilayotgan PCI shinalari qo‘llaniladi.
Ya’minlash bloki (power supply unit) – o‘zgaruvchan elektr tokini kerakli kuchlanishdagi o‘zgarmas tokga aylantirib, elektron sxemalarga uzatuvchi qurilma.
Monitor (displey)lar (2.2 – rasm). Monitor (displey)lar matnli va grafik ma'lumotlarni ekranda aks ettirishga xizmat qiladi. Oq-qora tasvirli(monoxrom) hamda rangli monitorlarga bo‘linadi. Ekranining standart kattaligi–diago- nalining uzunligi 14 dyum(«l4»). Lekin ekranining diagonali 18 dyum («l8») va 21 dyum («21») bo‘lgan monitorlar ham ishlab chiqilgan.
Klaviatura. Klaviatura - ma'lumotlarni kompyuterga kiritishga xiz- mat qiluvchi qurilma bo‘lib, 83 tugmachali ( 83-keyboard ) va 101 tug-
2.2-rasm.
machali (l0l-keyboard) klaviaturalarga bo‘linadi. 83 tugmachali klavia- turalar asosan portativ kompyuterlarda ishlatiladi.
Klaviatura tugmachalari o‘z vazifalariga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi: Junksional, raqaxlar va belgilar, harJlar, kursorni boshqaruvchi, tah- rir qiluvchi, xaxsus axallarni bajaruvchi. Bu guruhlardagi tugmacha- larning vazifalari quyida keltirilgan:
Funksional tugxachalar guruhi:
F1, F2, …, F10
- maxsus funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, vazifalari ayni paytda kompyuterda baja- rilayotgan dasturda belgi- langan bo‘ladi¿
Raqaxlar va belgilar guruhi:
! 1
“ 2
) 0
- pastgi qatordagi raqamlarni yoki ustgi qatordagi belgilarni (agar
{ hift} bilan birgalikda bosilsa) kiritishga xizmat qiladi¿
Q É
W Ö
?
/
HarJlar guruhi:
lotin yoki rus alfaviti harflarini bosh (agar { hift} bilan birgalik- da bosilsa yoki {Caps Lock} tug- machasi bosilib, so‘ngra harflar bosilsa) yoki kichik harflar bilan kiritishga hizmat qiladi¿
Kursorni boshqaruvchi tugxachalar guruhi:
□ , □ ,
□ , □
ekrandagi kursorni mos tomon- ga siljitishga xizmat qiladi¿
Home
End
kursorni mos ravishda sahifa boshiga yoki oxiriga olib bo- rishga xizmat qiladi¿
PgUp
PgDn
kursorni mos ravishda oldingi sahifaga yoki keyingi sahifaga o‘tkazishga xizmat qiladi¿
Tahrir qiluvchi tugxachalar guruhi:
Backspase
□
yoki - kursordan chapda turgan belgini o‘chiradi¿
Enter
satrni tugallaydi, uni kompyuter xotirasiga yozadi va kursorni keyingi satrning boshiga olib boradi¿
Insert
“surib yozish”(agar bosilmasa) yoki “o‘chirib yozish” (agar bosilsa) holatlariga o‘tkazadi¿
Tab
□
□
- kursorni keyingi jumlaning boshiga “sakratib” o‘tkazadi.
Maxsus axallarni bajaruvchi tugxachalar guruhi:
Esc
voz kechish tugmasi. Berilgan buyruqni inkor qilish, ayrim hollarda esa bajarilayotgan dasturdan chiqish uchun xizmat qiladi¿
Caps Lock
bosh harflarni yoki raqamlar va belgilar guruhi tugmachalaridagi belgilarni kiritishga xizmat qiladi¿
Num Lock
kursorni boshqaruvchi tugmachalar orqali raqamlarni kiritishga xizmat qiladi¿
Print Screen
monitor ekranidagi ma'lumotlarni printer orqali bosmaga chiqarishga xizmat qiladi¿
Shift
Ctrl
Alt
- yolg‘iz o‘zlari hech qanday amalni bajarmaydi, faqat boshqa tugmachalar bilan birgalikda bosilib, ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan dasturda
belgilangan amallarni bajaradi¿
Pause/Break
ma'lumotlarning ekranga chiqarilishini yoki dasturning bajarilishini vaqtincha (agar
bir marta bosilsa) yoki butunlay (agar ikkinchi marta bosilsa) to‘xtatadi.
Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalari
Printer (printer) – kompyuterdagi ma'lumotlarni qog‘ozga bosib chiqa- rishga xizmat qiluvchi qurilma. Yor va keng o‘lchamli printerlar ishlab chiqilmoqda. Yor o‘lchamli printerlar ma'lumotlarni faqat A4 formatli (210 x 297 mm) qog‘ozga bosib chiqarsa, keng o‘lchamli printerlar ma'lumotlarni A3 formatli ( 297 x 400 mm) hamda A4 formatli qog‘ozlarga bosib chiqarishga mo‘ljallangan. Bulardan tashqari, printerlarning ayrim- lari faqat matnli ma'lumotlarnigina bosmaga chiqarsa, ayrimlari grafik ma'lumotlarni, rasmlarni, chizmalarni har xil ranglarda bosmaga chiqa- rish imkoniyatiga ega.
Yasvirlarni qog‘ozga bosib chiqarish usuliga ko‘ra printerlar xatritsali, sepuvchi, lazerli,nur-diodli, terxoprinterlar kabi turlarga bo‘linadi. Bular- dan eng ko‘p tarqalganlari matritsali, sepuvchi va lazerli printerlardir.
Matritsali printer (xatrix printer). Bu turdagi printerlarda tasvirlar matritsa ko‘rinishida joylashgan metall sterjenlarning bo‘yovchi tasma orqali qog‘ozga urilishidan hosil bo‘ladi. Sterjenlari soni 9, 12, 24, va 48 bo‘lgan (ya'ni 9 pin, l2 pin, 24 pin, 48 pin) printerlar ishlab chiqilmoqda.
epuvchi printer (ink-jet printer). Bu turdagi printerlarda tasvirlar maxsus bo‘yoq mikrozarrachalarining naychalar orqali qog‘ozga purkash (sepish) yo‘li bilan hosil qilinadi. Zamonaviy printerlarda mikrozarrachalarning zichligi 1 dyum(25,4 mm) masofada 600 nuqtagacha (600 dpi) boradi.
Lazerli printer (laser printer). Bu turdagi printerlarda tasvirlar lazer yordamida elektrlangan barabanning maxsus bo‘yoq zarrachalarini o‘ziga tortib olib, so‘ngra bu zarrachalarni qog‘ozga bosish orqali hosil qilinadi (ya'ni kserokopiya usulida hosil qilinadi). Bo‘yoq zarrachalarining zich- ligi 1 dyum masofada 300 dan 600 gacha boradi (300 – 600 dpi).
kaner (scanner) – qog‘ozdagi matnli va grafik ma'lumotlarni, tas- virlarni, har xil rasmlarni qo‘yib kompyuterga kirituvchi qurilma. Ularning rangli va oq-qora (monoxrom) tasvirlarni kirituvchi, stol ustiga qo‘yiladigan, qo‘l bilan tasvirlar bo‘ylab yurgiziladigan turlari ishlab chiqilmoqda.
Kompakt disk diskovodlari (CD – ROM)- kompakt disklarga yozil- gan ma'lumotlarni o‘qib, kompyuterga kirituvchi qurilma. Keyingi payt- larda bunday diskovodlarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Chunki, ko‘pgina amaliy dasturlar (OC Novell; Windows NY; Borland C ++ kompilyatori¿ Corel Draw grafik paketi) kompakt disklarga yozilgan holda sotilmoqda. Bunga kompakt disklarning quyidagi qulayliklari sabab bo‘ldi:
ma'lumotlar juda ishonchli holda saqlanadi¿
bitta kompakt diskga juda katta hajmdagi (700 Mb gacha) ma'lumotlarni sig‘dirish mumkin¿
- diskovoddagi ma'lumotlarni o‘qib, kompyuterga kiritish tezligi an- cha yuqori (500 Kb/sek. gacha).
Magnitooptik diskovod - ma'lumotlarni 3,5 va 5,25 dyumlik magni- tooptik disklaridan o‘qib, kompyuterga kiritishga hamda kompyuterdagi ma'lumotlarni shunday disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilma. Mag- nit disklardagi ma'lumotlarni o‘qish va ularga yozish lazer nuri yordami- da amalga oshiriladi.
trimer(streaxing) - kompyuterdagi ma'lumotlarni magnit lentali kassetalarga yozishga hamda shunday kassetalardagi ma'lumotlarni o‘qib, kompyuterga kiritishga xizmat qiluvchi qurilma. Strimerlar oddiy magni- tafon hamda videomagnitafonlarnikiga o‘xshash kassetalarga mo‘ljallangan strimerlarga bo‘linadi.
“ ichqoncha “ (xouse) – kompyuterga har-xil ma'lumotlarni, buyruq- larni kiritishni qulaylashtirish, yengillashtirishga xizmat qiluvchi qurilma. Ikki va uch tugmachali sichqonchalar ishlab chiqilmoqda. Agar kom- pyuterga “sichqoncha “ ulangan bo‘lsa, monitor ekranida ko‘rsatgich ( ) paydo bo‘ladi. “ Sichqoncha” ni stol ustida siljitib, ko‘rsatgichni ekran- ning istalgan joyida joylashgan buyruqqa olib borish va shu buyruqni ishga tushirish (chap tugmachani bosib) yoki inkor qilish (o‘ng tugma- chani bosib) mumkin.
Modem (xodex) – telefon kanali orqali kompyuterlar o‘rtasida ma'lumot almashishga imkon beruvchi qurilma. U ichki (sistemalar bloki- ning ichiga joylashtiriluvchi) va tashqi (kompyuter bilan asinxron portlar orqali bog‘lanuvchi) modemlarga bo‘linadi. Ma'lumot uzatish tezligi turiga qarab 1200, 2400, 4800, 9600 bod (1 bod = 1 bit/sek)¿
Faks – modem (Jax – xodex) – faks hamda modemlarning vazi- falarini birgalikda bajaruvchi qurilma.
Plotter (plotter) – har xil chizmalarni qog‘ozga bosib chiqaruvchi qurilma. Baraban tipidagi(chizmalarni o‘ram shaklidagi qog‘ozga chiqaruv- chi) va planshet tipidagi (chizmalarni maxsus stol ustiga qo‘yilgan tekis qog‘ozga chiqaruvchi) plotterlar ishlab chiqilmoqda. Asosan loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi sistemalarda ishlatiladi¿
Grafik planshet (graphics pad) – murakkab chizmalarni o‘qib, kom- pyuterga kirituvchi qurilma¿
Kompyuterlar to‘ri adapteri (network adapter) - kompyuterlarni va uning qurilmalarini lokal kompyuter to‘riga ulashga hamda ularning fao- liyatini bir-biriga moslashga xizmat qiluvchi qurilma¿
Audioplata (audiokard) – turli musiqalarni, tovushlarni kompyuter tomonidan ijro etilishiga xizmat qiluvchi qurilma. Odatda ovoz kolonkalari va mikrofoni bo‘ladi¿
|