|
Toshkent kimyo-texnologiya instituti «yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi» fakulteti
|
Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 51,5 Kb. | | #150710 |
Bog'liq Fakultet va kafedra bayonnomasi 3
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI» FAKULTETI
« GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI » KAFEDRASINING
7-sonli MAJLIS BAYONIDAN KO‘CHIRMA
Toshkent shahri. 07.12.2023 yil
QATNASHDILAR: Kafedra mudiri dots.Sh.Sh.Mengliyev, professorlar X.I.Qodirov, T.B.Toʻrayev, F.I.Xudoyberdiyev, dotsentlar N.A.Igamkulova, B.M.Ismailov, Sh.T.G’ulomov, G.M.Absalyamova, katta oʻqituvchi M.A.Mirzaaxmedova, stajyor o’qituvchilar J.R.Ergashev, Sh.A.Omonov, I.B.Bozorov, X.B.Abdumalikova.
KUN TARTIBI: Stajyor-tadqiqotchilikka talabgor Bozorova Gavharoy Tolib qizining ilmiy tadqiqot ishining ixtisosligi, mavzusi va rahbarini tayinlash to’g’risida.
ESHITILDI: Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri Sh.Sh.Mengliev so’zga chiqib, institut rektorining 2023-yil 4-dekabrdagi №7/68 buyrug’iga asoslanib kafedra Stajyor-tadqiqotchilikka talabgor Bozorova Gavharoy Tolib qizining 02.00.08 –“Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” ixtisosligi bo’yicha mavzusi va rahbarini tayinlash haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Bozorova Gavharoy Tolib qizining 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha stajyor tadqiqotchilikka dissertatsiya mavzusini “Tabiiy gazni tozalashda va quritishda ishlatilgan kimyoviy reagentlarni tozalash hamda sanoatda qayta qo‘llash” (“Очистка и промышленное повторное использование химических реагентов, используемых при очистке и осушке природного газа.”), (“Cleaning and industrial reuse of chemical reagents used in natural gas cleaning and drying”) mavzusini tasdiqlashni va ilmiy rahbar etib k.f.d., prof. Qodirov Hasan Irgashevichni tayinlash soʻraldi. Kafedra a’zolari ham bu fikrlarni qo’llab quvvatladilar.
MUHOKAMA: Kengash a’zolaridan dotsent N.Igamqulova so’zga chiqib, Stajyor-tadqiqotchilikka talabgor Bozorova Gavharoy Tolib qizini ilmiy tadqiqot ishining ixtisosligi, mavzusi va rahbarini tayinlash kafedra professor-o’qituvchilariga atroflicha tushuntirib, ulardan bu masalada qo’llab quvvatlashlarini so’radi.
QAROR QILINDI: Stajyor-tadqiqotchi Bozorova Gavharoy Tolib qizining 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha stajyor tadqiqotchilikka dissertatsiya mavzusini “Tabiiy gazni tozalashda va quritishda ishlatilgan kimyoviy reagentlarni tozalash hamda sanoatda qayta qo‘llash” (“Очистка и промышленное повторное использование химических реагентов, используемых при очистке и осушке природного газа.”), (“Cleaning and industrial reuse of chemical reagents used in natural gas cleaning and drying”) deb tasdiqlansin va ilmiy rahbar etib k.f.d., prof.Qodirov Hasan Irgashevich tayinlansin.
Rais: dots. Sh.Sh.Mengliyev
Kotib: J.R.Ergashev
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
« YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI » FAKULTETI ILMIY-USLUBIY KENGASHINING
__SON MAJLIS BAYONNOMASIDAN
KO’CHIRMA
Toshkent sh. “_” _____2023 y
Qatnashganlar:
Kun tartibi:
Eshitildi:
Muhokamada:
|
«Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi » fakulteti Ilmiy–uslubiy Kengashi a’zolari jami 31 a’zosi va fakultet professor- o’qituvchilari (ro’yhat ilova qilinadi)
«Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi» kafedra stajyor-tadqiqotchilikka talabgor Bozorova Gavharoy Tolib qizining ilmiy tadqiqot ishining ixtisosligi, mavzusi va rahbarini tayinlash to’g’risida.
Kengash raisi t.f.d. L.A.Yusupova kun tartibidagi turli masalalar bilan tanishtirib, «Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi» kafedra Stajyor-tadqiqotchilikka talabgor Bozorova Gavharoy Tolib qizining ilmiy tadqiqot ishining ixtisosligi, mavzusi va rahbarini tayinlash to’g’risida kafedra bayonnomasi bilan tanishtirib, kengash a’zolarining muhokamasiga qo’ydi.
«Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi» kafedra mudiri, dotsent Sh.Sh.Mengliev so’zga chiqib, Bozorova Gavharoyning shu institutni bitirib, o‘zini tanlagan ilmiy mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotganligi, magistrlik dissertatsiyasi ham shu mavzu bo‘yicha olib borilganligi, ilmiy tadqiqot ishining ixtisosligi, mavzusi va rahbarini tayinlash xaqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. «Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi stajyor-tadqiqotchi Bozorova Gavharoy Tolib qizini qo’llab quvvatlashini bildirdi. Boshqa kengash a’zolari ham bu fikrlarni qo’llab quvvatladilar. So’ngra majlis raisi, t.f.d. L.A.Yusupova so’zga chiqib, ushbu masala bo’yicha ochiq ovoz berish yo’li bilan ovoz berishlarini so’rab, yig‘ilish muhokamasiga qo’ydi. Bir ovozdan ma’qullandi.
|
Qaror qilindi:
|
stajyor-tadqiqotchi Bozorova Gavharoy Tolib qizining 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha stajyor tadqiqotchilikka dissertatsiya mavzusini “Tabiiy gazni tozalashda va quritishda ishlatilgan kimyoviy reagentlarni tozalash hamda sanoatda qayta qo‘llash” (“Очистка и промышленное повторное использование химических реагентов, используемых при очистке и осушке природного газа.”), (“Cleaning and industrial reuse of chemical reagents used in natural gas cleaning and drying”) deb tasdiqlansin va ilmiy rahbar etib k.f.d., prof.Qodirov Hasan Irgashevich tayinlansin. Ushbu masala TKTI Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etilsin.
|
Rais: L.A. Yusupova
Kotiba: N.Sh.Jovliyeva
|
| |