|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 229-235Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
20-to’plam iyul 2023
230
barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun hukumatlar va siyosatchilar uchun
asosiy ustuvor vazifalardandir. Investitsiyalar biznesning kengayishiga, ish o'rinlari
yaratilishiga, yangi texnologiyalarning o'zlashtirilishiga va turmush darajasini butunlay
yaxshilashga yordam beradi. Ushbu maqolada mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish uchun mamlakatlar tomonidan qo'llaniladigan turli usullar va strategiyalar
o'rganiladi va ularni samarali boshqarish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. Ushbu
yondashuvlarni tushunish orqali siyosatchilar samarali siyosatni ishlab chiqishlari va
investitsiyalar oqimini rag'batlantirish va ularning iqtisodiy o'sish va rivojlanishga
ta'sirini optimallashtirish uchun qulay muhitni yaratishlari mumkin.
Investitsion faoliyat strategiyasining uzoq davr uchun amal qilishi, investitsion
resurslarning umumiyligi, tarmoq va korxona doirasida investitsiyalarni joylashtirishning
davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladigan ta’sir yetuvchi usullar, vositalar
va ta’sir kuchlariga qarab o‘zgarib boradi. U jarayonning tarkibiy yo‘nalishi quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi:
- investitsion faoliyat strategiyasining taktik va strategik boshqaruv mezonlariga
muvofiqligi;
- investitsion faoliyat boshqaruv omillarining maqsadga erishish uchun amalga
oshiriladigan turli elementlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq;
- menejment resurslari, tanlangan boshqaruv uslubi qo‘llanilgan va maqsadga
yerishilgan holda foydalaniladigan moddiy, texnik, moliyaviy, ijtimoiy, institutsional va
boshqa manbalar.
Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishni jadal sur’atlarini ta’minlash va
makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishda puxta o‘ylangan investitsiya siyosatini
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, investitsiyalar iqtisodiyot taraqqiyatning muhim omili
sifatida ishlab chiqarishni modernizatsiyalar, texnik va texnologik yangilanishlar va
innovatsiyalarni rahbatlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda korxonalar
daromadini oshirishni ta’minlaydi.
|
| |