|
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillariBog'liq 229-235Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
20-to’plam iyul 2023
231
2022-yilning 12-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi
yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Mamlakatimizdagi barqarorlik va qulay investitsiya muhiti
natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. 2021-yilda jami 10 milliard
dollardan ortiq, jumladan, 8 milliard 100 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiya o‘zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy
loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etilgan. Yangi korxonalar
jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish
imkoniyatiga ega. Albatta, koronavirus pandemiyasi hali-hamon iqtisodiy jarayonlarga
jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Shunga qaramay, eksportda izchil o‘sishga erishilmoqda.
Xususan, 2020-yilda mamlakatimizda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan
bo‘lsa, 2021-yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E’tiborlisi, bunda tayyor va yarim
tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko‘paygan. Eksport hajmini 14 mlrd. doll.ga yetkazish
hisob-kitob qilingan. Yig‘ilishda mutasaddilar ushbu ko‘rsatkichlarni tarmoq va hududlar
kesimida ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berdi. Davlatimiz rahbari har bir
investitsiya loyihasini doimiy nazoratga olib, tashabbuskorlarga ko‘maklashish va o‘z
vaqtida ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Investitsiyalarni jalb qilishdagi ta’sir etuvchi bir qancha omillar borki, ularni
yaratmasa hech bir mamlakat o‘ziga investitsiya jalb qila olmaydi. Investitsiyalarni jalb
qiluvchi mamlakatlarga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha ta’kidlash mumkin:
siyosiy ahvoli;
iqtisodiy barqarorligi va mavjud boyliklari;
ijtimoiy ahvoli;
iste’mol quvvati;
huquqiy holati-qonunlarni amal qilishligi;
yaratilib berilayotgan shart-sharoit darajasi;
ishchi kuchining mavjudlik darajasi;
soliq imtiyozlari va preferensiyalarning mavjudligi va h.o.
|
| |