• Ishtirokchilar
  • Shulardan kelib chiqib: YIG‘ILISH QAROR QILADI: 1.
  • Yig‘ilish raisi: leytenant
  • B a yonnomas I




    Download 0.69 Mb.
    Sana29.04.2023
    Hajmi0.69 Mb.
    #54855
    Bog'liq
    internetdan samarali foydalanish
    Saylov



    Buxoro davlat Pedagogika instituti
    Harbiy ta’lim fakulteti 4-bosqich
    talabalari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish
    B A YO N N O M A S I
    Buxoro shahar 2023-yil 10-mart


    Qatnashdilar:
    Raislik qiluvchi: kurs boshlig‘i leytenant A.M.Uzoqov.
    Kotib: 43-guruh murabbiyi leytenant T.Nazarov.
    Ishtirokchilar: leytenant F.Raximov, kapitan K.Hamroyev, podpolkovnik A.Valiyev hamda 4-bosqich talabalari.
    KUN TARTIBI:
    Harbiy ta’lim fakulteti 4-bosqich talabalari bilan Internet va undan foydala-nish madaniyati” mavzusidagi yig‘ilish to‘g‘risida.
    Eshitildi:
    Kun tartibi masalasi bo‘yicha kurs boshlig‘i leytenant A.M.Uzoqov so‘zga chiqib, Inernet bu – hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog‘i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir. Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangi-liklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz xizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo‘lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda.


    Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o‘smir yoshlar ham yo‘q emas. Bu borada mutaxassislarning so‘zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog‘idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog‘liq muhim aniq dalillarga ega bo‘lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma’lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlaridir. Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushohada, tahlil qilish qobilyati va xotiraning o‘tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo‘lmagan va insonning o‘z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo‘lishi kerakligi hamda undagi me’yor talablari, ya’ni Internet tarmog‘idan axborotlarni to‘g‘ri tanlash har jihatdan o‘rinlidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o‘z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko‘p ekanligi gohida o‘zimizga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham q iyinchilik tug‘dirmoqda.
    Har xil qimor o‘yinlar internetda tarqalib ketmoqda. Juda bo‘lmag‘ur o‘yin. Birinchidan harom (shuni o‘zi yetarli bo‘lmaganlar uchun bitta telegram kanaldan “uxlatilgan” postni taqdim etaman)
    «Swipe qil va pul ishla», «siz pul yutib oldingiz», «ставки на спорт? —1xbet!» kabi Instagramda video-reklama yoki internet banner-larni ko‘rgansiz. «Ichida puli bor Qiwi hamyon sotib ol» degan reklamani ko‘rib kulaverib charchab ketdim. Xullas, bugun internet firibgarlari haqida gapirib bermoqchiman. Ha, to‘g‘ri. Pul tikib ancha-muncha yutib olganlar bor. Va bu soha — azartdir. Inson psixologiya va xarakteri turlicha bo‘lishini inobatga olsak, kimdir o‘zini vaqtida to‘xtatib biladi kimdir esa o‘zini tutib turolmaydi. U yanada ko‘proq yutishni istaydi va natijada boridan ayiriladi.
    Pornografiya mahsuloti - badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video tasvirini yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va narsalar. Pornografik video yoki rasmlarni tayyorlagan, O‘zbekiston hududiga olib kirgan, reklama qilgan, namoyish etgan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

    Kurs boshlig`i letenent A.Uzoqov talabalarga yuqorida aytib o`tilgan og`ir oqibatlarga olib keluvchi taqiqlangan programma va saytlardan foydalanmaslik va boshqalarga tavsiya qilmaslikni tinglovchilar tushuntirib buday harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida suhbat olib bordilar


    Shulardan kelib chiqib:
    YIG‘ILISH QAROR QILADI:
    1. Kurs boshlig‘i leytenant A.M.Uzoqov bergan ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.
    2. 4-bosqich talabalari bilan Internet va undan foydalanish madaniyati” mavzu-sidagi yig‘ilish har bir guruhlarda alohida targ‘ib etib borilsin.
    3. Qaror tegishli shaxslarga yetkazilsin.
    Yig‘ilish raisi: leytenant A.M.Uzoqov
    Yig‘ilish kotibi: leytenant T.T.Nazarov
    Download 0.69 Mb.




    Download 0.69 Mb.